188
Har bir fan bo‘yicha talabalarning o‘quv faoliyatini nazorat
qilish va baholash muntazam ravishda olib boriladi.
Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida talabalar tomonidan o‘quv
dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha
bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu
nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilib, talabalarning bilim darajasini
aniqlash fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib
borishni nazarda tutadi.
Oraliq nazorat o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining
muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma
va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Dostları ilə paylaş: