194
O‘quvchilarda motivni shakllantirish.
Darsda vaqtdan ratsional foydalanish.
Dars tipologiyasi — ta'lim nazariyasining murakkab didaktik
vazifalaridan biridir. Zamonaviy didaktikada darslarni tasniflash uchun
bir nechta yondashuvlar mavjud, ularning har biri o'ziga xos
xususiyatga ega. M.A.Danilov, B.P.Yesipov, B.A.Onishuklar dars
tiplarini didaktik maqsadga ko‘ra asoslaganlar va quyidagi dars tiplarini
tasviya etganlar:
—
kirish darslari;
—
o‘quv materiali bilan tanishtirish darslari;
—
qonun, qoida, tushunchalarni o‘zlashtirish darslari;
—
o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash darslari;
—
malakalarni shakllantirish darslari;
—
takrorlash va umumlashtirish darslari;
—
nazorat darslari;
—
aralash darslar.
I.N.Kazansev darslarni ta'lim metodlarini qo‘llashga ko‘ra
tiplarga ajratadi.
—
ma'ruza-dars, suhbat-dars, ekskursiya-dars, kino-dars, mustaqil
ishlash darsi.
M.I.Maxmutov
1
quyidagi dars tiplarini tavsiya etgan:
—
Aralash dars;
—
Yangi materiallarni o‘rganish darsi;
—
Bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish darsi;
—
Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi;
—
Bilim, mahorat va ko‘nikmalarni nazorat qilish va tuzatish
darsiyangi materialni o‘rganish darsi.
O‘qituvchi dars tipi qanday bo‘lishidan qat'i nazar, dars samarali
bo‘lishi uchun uni tuzilishi haqida o‘ylashi zarur.
Dostları ilə paylaş: