№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Umumiy pedagogika
– ta’lim va tarbiyaning asosiy 
qonuniyatlarini tadqiq qiladi. 
2.
Yosh pedagogikasi
– turli yoshdagi bolalarni o‘qitish va 
tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Maktabgacha 
pedagogika, maktab pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi, katta 
yoshdagilar pedagogikasi (andragogika)ga bo‘linadi.
3.
Maxsus pedagogika (defektologiya)
-
aqliy, ruhiy, jismoniy 
rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash 
qonuniyatlarini, prinsiplarini, maqsadini, mazmunini, metod va 
vositalarini hamda shaklini o‘rganuvchi fandir. Bu o‘z navbatida to‘rt 
yo‘nalishga bo‘linadi:
a) surdopedagogika 
– kar va soqov bolalarning ta’lim va tarbiyasi 
bilan shug‘ullanadi. 
b) tiflopedagogika
– ko‘zi ojizlarni bolalarning ta’lim va tarbiyasi 
bilan shug‘ullanadi. 
s) oligofpenopedagogika 
– aqliy jihatdan zaif bolalarning ta’lim va 
tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. 
d) logopediya
– nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalarning ta’lim va 
tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. 


25 
4. Metodika
– p
edagogika fani sohasida ma’lum o‘quv fanini 
o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, 
matematika metodikasi, tarbiyaviy ishlar metodikasi va shu kabilar. 
5. Pedagogika tarixi 
– turli tarixiy davrlarda pedagogik 
g‘oyalarning va tarbiyaning taraqqiyotini o‘rganadi. 
6. Ijtimoiy pedagogika
– ijtimoiy munosabatlar jarayonlarida 
pedagogik g‘oyalarning tutgan o‘rni va roli, shaxsni ijtimoiy faoliyatga 
yo‘naltirish muammolarini o‘rganadi. 
7. Qiyosiy pedagogika
– turli mamlakatlarning ta’lim-tarbiya 
tizimini, maorif taraqqiyotini taqqoslashni o‘rganuvchi pedagogikaning 
mustaqil sohasidir.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin