№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Artpedagogika - 
san’at pedagogikasi bo‘lib nazariya va 
amaliyotni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi, badiiy rivojlanish 
jarayonining nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishni, badiiy-ijodiy va 
ijodiy faoliyat orqali individual madaniyatning asosini tashkil etadi. 
San’atni rivojlantirish orqali shaxslarni tarbiyalash, tayyorlash va 
rivojlantirish; badiiy madaniyatning asoslarini shakllantirish va turli xil 
badiiy faoliyat turlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish.
Musiqiy pedagogika
-
musiqiy ta’lim va tarbiyaning samarali 
usullarini, shakllarini o‘rganish va rivojlantirish, shuningdek musiqa 
sohasida turli yo‘nalishlarda ijodiy ko‘nikmalarni, tajriba va amaliy 
malakalarni shakllantirish va rivojlantirishni o‘z ichiga olgan 
pedagogika fanining sohasi. 
Harbiy pedagogika
- harbiy pedagogik jarayonning qonuniyatlari, 
harbiy kadrlar va harbiy guruhlarni o‘qitish usullari, ularni 
muvaffaqiyatli jangovar operatsiyalar va harbiy-kasbiy faoliyat uchun 
tayyorlashga qaratilgan pedagogika fanining bir bo‘limi. 
Mehnat pedagogikasi-
a
sosan axloq tuzatish muassasalarida 
jinoyatchilarni tarbiyalash va qayta tarbiyalashning shart-sharoitlari va 
xususiyatlarini o‘rganadigan pedagogikaning sohasi.
Teatr pedagogikasi
-
zamonaviy pedagogikaning amaliy jihati 
bo‘lib, ta’lim jarayonida voqelik, yashash, shaxsiy ijodiy harakatlar va 
improvizatsiya tamoyillarini tatbiq etuvchi, intellektual, hissiy 
tuyg‘ularni aks ettiradigan fan. 
Muzey pedagogikasi -
muzeylarning madaniy va ma’rifiy 
faoliyatining xususiyatlari, ularning turli toifalari bo‘yicha shaxsga 
ta’sir o‘tkazish usullari, muzeylarning ta’lim muassasalari bilan o‘zaro 
munosabatini o‘rganadigan fan. 
Turizm pedagogikasi
- bu turizmning gumanitar va ijtimoiy 
funksiyalari kontekstida shaxsning tarbiyasi, ta’limi va rivojlanish 
jarayonlarini o‘rganadigan fan. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin