Pedagogik
fanlarni
o‘qitish metodikasi fan sifatida
rivojlanishining asosiy bosqichlari.
Pedagogika fanining rivojlanishi,
shakllanishi kishilik jamiyatining shakllanishi va taraqqiyot tarixi bilan
uzviy bog‘liq. Tarixni inson yaratdi u yaratganning inomi, talabalarning
oliy mahsuli, siymosi, aql zakovat egasi sifatida tarixni yaratish,
jamiyatni rivojlantirish ishlarining asoschisi va davomchisi bo‘lib
qoldi. Bu zot yaratgandan so‘ng tabiat hodisalari tarqalish jarayonini
o‘rganish, ulardan o‘z hayoti, turmushida oqilona foydalanishni
o‘rgandi. Natijada inson asta-sekinlik bilan madaniylashdi,
ijtimoiylashdi va o‘zining ma’naviy qadriyatlarini vujudga keltirib
avloddan-avlodga, nasldan-naslga qoldirdi.
Mana shunday zotni hayotga tarbiyalash, yo‘naltirish va ijtimoiy
taraqqiyotga munosib hissa qo‘shgan shaxs qilib tayyorlash maqsadida
“Pedagogika” fani maydonga keldi. Dastlab, ibtidoiy jamiyatda kattalar
o‘z farzandlarini o‘zlari bilan ergashtirib yurib, tabiat inomlarini
yig‘ish, birga ov qilish, keyinchalik dehqonchilik bilan shug‘ullanish
kabi ishlarni o‘rgatishi bilan shug‘ullandilar. So‘ngra bolalarga qabila
boshliqlari va keksalar tomonidan turli tabiiy ofatlaridan himoyalanish,
dehqonchilik qilish uchun tog‘onlar qurib suv jamg‘armalarini hosil
qilish, kasalliklarni davolash, o‘z turmush tarzini yangilash, hayot
kechirish uchun oziq ovqatlarning sarasini tanlash, chaylalar qurishga
bo‘lgan hayotiy ehtiyoj o‘sib kelayotgan yosh avlodga keksalarning o‘z
tajribalarini o‘rgatish zaruriyatini tug‘diradi.
Hayotiy ehtiyoj o‘sib kelayotgan yosh avlodga keksalarning o‘z
tajribalarini o‘rgatish zaruriyatini tug‘dirdi, bu zaruriyat keksalar bilan
yoshlarning bevosita mehnat faoliyatlari jarayonida amalga oshirila
bordi. Shu tariqa pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaruidan biri
tarbiya va ularni yoshlarga tarkib toptiruvchi tarbiyachilar etishib
chiqdi. Bu antik davrda ota-onalar va qabilaning keksa kishilari edi.
Ular asosan yoshlarni tabiat inomlaridan foydalanish, tabiat injiqliklari
bilan kurashish uy ro‘zg‘or ishlarini bajarish kishilar o‘rtasida axloq
odonb munosabati o‘rgatish kabi sifatlarni ado etishga yo‘naltiradigan
insonlar edilar. Shunday qilib tabiatga, o‘zaro munosabatlarga, o‘zini
o‘rab turgan muhitga, qabila kishilariga elatga axloq-odob doirasida
30
muomalada bo‘lishni tushuntiruvchi bilimlar majmuasi donishmandlik
pedagogikasi shakllandi. Bu pedagogika bolalarda elsevarlik,
xalqparvarlik, mehnatsevarlik kabi ma’naviy-axloqiy sifatlarni o‘zaro
uyg‘un holda amalga oshirishda katta xizmat qildi.
Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha dastlabki pedagogik qarashlar
va ularni yoshlarga yetkazuvchi manbalar-maktablar tashkil etila
boshlandi. Bu qadimgi sharqning Vavilon, Misr, Hindiston, g‘arbning
Sparta, Afina shaharlarida paydo bo‘lib, insonlarda saxiylik, sofdillik,
rostgo‘ylik, adolat kabi fazilatlarni shakllantirish uchun xizmat qildi.
Bular mashhur “Avesto” (er. avval VII asr) va qadimgi Xitoyning Daoe
maktabi (er.avval III asr), Qadimgi Gretsiyaning “Sparta ” “Afina ”
(er.avvalgi III-II-asr)edi.
Shunga asosan “Pedagogika” so‘zi o‘z lug‘aviy ma’nosini
yunoncha “payc”-bola, -“agogoc”- yetaklash aynan so‘zma-so‘z
tarjimada “Paydagogoc” –ya’ni bola yetaklovchi ma’nosini anglatadi.
Keyinchalik “Pedagogika” so‘zi kengroq va ilmiyroq ma’noda ya’ni
“bolani hayotga yetaklash, tarbiyalash, o‘qitish, ma’lumotli qilish” fani
sifatida yuritib, u tarbiya fani deb yuritila boshlandi. Shunga binoan
pedagogika fanining predmeti qilib yosh avlodni tarbiya, ta’lim,
ma’lumot sharoitida rivojlantirishi va shaxsiy sifatlarni shakllantirishga
yo‘naltirilgan yaxlit pedagogik jarayon deb qabul qilindi.
Ma’lumki, barcha ilmiy-nazariy sanalar hayot taqozosi bilan
vujudga keladi. Ta’lim, tarbiya ma’lumot kishilar hayotida katta
ahamyat kasb etish vaqti keldi. Endi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotda tez yoki tez rivojlanishi yosh avlodning tarbiya qay
darajada qo‘yiganiga bog‘liq bo‘lmoqda. Shunga binoan, tarbiyaning
jamiyat hayoti va taraqqiyoti katta ahamyat kasb etar ekan pedagogika
fanining taraqqiyot bosqichlarini bilib olish juda muhim hisoblanadi.
Buni quyidagi jadvalda kuzatish mumkin.
|