33
Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro,
Bahouddin Naqshband va boshqalar. Dunyoviy-falsafiy ta’limot
asoschilari al-Xorazmiy, al-Farobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib,
Umar az-Zamaxshariylarning pedagogik g‘oyalarida amaliy-axloqiy
faoliyat ustivorligi fikrlari ilgari suriladi. Sharq faylasuflari inson aql
zakovati va qobiliyati taraqqiyotning bosh omili hisoblanadi deb bilib,
aqlni yuksakka ko‘tardi va qobiliyatga ishondi. Barkamol avlodni ya’ni
orif inson, fozil inson va komil inson tarbiyalash ularning yorqin orzusi
bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida,
jamiyatda kim bo‘lmayin, mansabi, mavqei, tutgan o‘rnidan qati nazar
fozil kishi bo‘lmog‘i darkor, zero, bunday fuqaro o‘z davlatining barcha
qonun-qoidalarini yaxshi biladigan, unga to‘la to‘kis amal qiladigan,
fikrlaydigan, o‘z kasbining mahoratini egasi, kerak bo‘lganda xalq,
Vatan uchun jon fido qilishga tayyor shaxs bo‘ladi deb bilgan. Biroq
dunyo olimlari, xalqlarining barchasi ham shunday o‘ylayvermagan,
bunga faqat madaniyatga, ma’rifatga, ma’naviyatga ega bo‘lgan
ziyolilar, hukmdorlargina bunday donishmand fikr yurita olganlar.
Fozillar shahrining axolisi o‘rtasida o‘zaro hurmat, ota-onalar va
keksalar e’zozlash, sharqona mehr, shafqat, nazokat va ehtirom
bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: