№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 Birinchi bosqich
da pedagogik g‘oyalar dastlab xalq pedagogikasi 
sifatida rivojlandi. Bu xalq tomonidan yaratilgan miflar (xayoliy 
tushunchalar)da, maqollarda qo‘shiq-kuylarda, ertaklarda, rivoyatlarda, 
asotirlarda, 
hikoyatlarda, 
masalalarda, 
dostonlarda 
keyichalik 
“Avesto”, “O‘rxun Enasoy”(Enisey) yodgorliklar mazmu-nida 
pedagogik g‘oyalar, qarashlar o‘z ifodasini topgan. Bu masalada 
yoshlarni hayotga tayyorlash, ularni mardlikka, jasoratga, kasb-hunar 
egallashga da’vat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, sharm-hayo, 
mehr-oqibat, or-nomus, poklik, halollik kabi tarbiyaviy pedagogik 
g‘oyalar ilgari suriladi. 
 Ikkinchi bosqich
da pedagogika faniga oid qarashlar, gaplar diniy-
falsafiy va falsafiy ta’limotda o‘z ifodasini topdi: “Quroni Karim”, 
“Hadislar”, Imom Ismoil Buxoriy, Muhammad Muso at-Termiziy 
asarlarida, tasavvuf ta’limoti namoyondalari Yusuf Hamadoniy, 


33 
Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, 
Bahouddin Naqshband va boshqalar. Dunyoviy-falsafiy ta’limot 
asoschilari al-Xorazmiy, al-Farobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, 
Umar az-Zamaxshariylarning pedagogik g‘oyalarida amaliy-axloqiy 
faoliyat ustivorligi fikrlari ilgari suriladi. Sharq faylasuflari inson aql 
zakovati va qobiliyati taraqqiyotning bosh omili hisoblanadi deb bilib, 
aqlni yuksakka ko‘tardi va qobiliyatga ishondi. Barkamol avlodni ya’ni 
orif inson, fozil inson va komil inson tarbiyalash ularning yorqin orzusi 
bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida, 
jamiyatda kim bo‘lmayin, mansabi, mavqei, tutgan o‘rnidan qati nazar 
fozil kishi bo‘lmog‘i darkor, zero, bunday fuqaro o‘z davlatining barcha 
qonun-qoidalarini yaxshi biladigan, unga to‘la to‘kis amal qiladigan, 
fikrlaydigan, o‘z kasbining mahoratini egasi, kerak bo‘lganda xalq, 
Vatan uchun jon fido qilishga tayyor shaxs bo‘ladi deb bilgan. Biroq 
dunyo olimlari, xalqlarining barchasi ham shunday o‘ylayvermagan, 
bunga faqat madaniyatga, ma’rifatga, ma’naviyatga ega bo‘lgan 
ziyolilar, hukmdorlargina bunday donishmand fikr yurita olganlar. 
Fozillar shahrining axolisi o‘rtasida o‘zaro hurmat, ota-onalar va 
keksalar e’zozlash, sharqona mehr, shafqat, nazokat va ehtirom 
bo‘lgan.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin