Uchinchi bosqich
da Markaziy Osiyoda ijtimoiy hayotning
yuksalishi uchun madaniyat, ta’lim-tarbiya, maktablarni rivojlantirish
taraqqiyotning bosh omili sifatida e’tirof e’tildi. Amir Temur, Mirzo
Ulug‘beklar mamlakatni ma’rifat, ma’naviyatda deb bilib maktablar
ochdilar, darsliklar yaratishni yo‘lga qo‘ydilar. Maktab va
madrasalarda Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Kamoliddin
Behzod, Husayn Voiz Koshifiy, Jaloliddin Davoniy, Zahiriddin
Muhammad Boburning pedagogik g‘oyalari, ayniqsa, insonparvarlik,
adolatparvarlik, elsevarlik g‘oyasi va nazariyasi keng targ‘ib etiladi.
Shuningdek, bu bosqichda “Kalila va Dimna” “Qobusnoma”
“Nasihatnoma”, Firdavsiyning “Shohnoma”, Abdurahmon Jomiyning
“Bo‘ston” va “Guliston”, Alisher Navoiyning “Maxbub- ul qulub”,
Voiz Koshifiyning “Axloqi Muxsiniy”, Jaloliddin Davoniyning
“Tariqayi tarbiyat ul-avlod”, “Axloqi Jaloliy “ kabi asarlarda axloqiy
tarbiya usullari to‘g‘risida ilg‘or pedagogik g‘oyalar, qarashlar
ifodalangan ular bugungi kun tarbiyashunosligi, aniqroq aytadigan
bo‘lsak pedagogika fanining puxta zamin hisoblanadi.
34
G‘arbda Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari,
Pestalotsining rivojlantiruvchi ta’lim, Adolf Disterveg, Jan-Jak
Russoning erkin ta’lim va tarbiya g‘oyalari, K.D Ushinskiyning
“Pedagogik antropologiya” asarlarining yaratilishi pedagogika fanining
mustaqil fan bo‘lib rivojlanishini ta’minladi.
To‘rtinchi bosqich
- Chor Rossiyasi va sobiq sho‘rolar davri
Turkistonda madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at, pedagogik fikr,
maktab, ta’lim sohasidagi ishlarga o‘z siyosatini o‘tkazgan, milliy
madaniyat, ma’rifat, pedagogik fikrlarni tazyiq ostiga olgan davrlarni
o‘z ichiga oladi.
Chor mustamlakachilari XIX asrning ikkinchi yarmidan, sho‘rolar
hukumati XX asrning 20-yillaridan to XX-asrning 90-yillariga qadar
o‘lka madaniyati, ta’lim, fan, san’at, pedagogik g‘oyalari va turmush
tarzini yevropacha qurishga intildilar va bunga ma’lum darajada
erishdilar ham. Shunga qaramay o‘lkaning ilg‘or kishilari,
ma’rifatparvarlari o‘zlaridan oldin o‘tgan ajdodlarining insonparvarlik,
adolatparvarlik, pedagogik g‘oyalarni davom ettirdilar. Natijada XX-
asrning boshlarida “Usuli jadid”, “Usuli savtiya” nomlari bilan yangi
maktablar tashkil etildi. Bu maktablar uchun darsliklar yaratildi, ta’lim
tarbiyani tashkil etish bo‘yicha pedagogik asarlar yozildi. Bular Ahmad
Donish,
Dilshod
Otin,
Abdurauf
Fitrat,
Munavvarqori
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy,
Ishoqxon Ibrat, Abduqodir Shakuriy, Said Ahmad Siddiqiy va
boshqalar edilar. Ayniqsa, Ahmad Donishning “Navodir-ul vaqoi”,
Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq”, Dilshod Otinning
“Tarixi muhojiron”, Fitratning “O‘quv”, “Ona tili” darsliklari,
Munavvarqori Abdurashidxonovning “Adibi avval”, “Adibi soniy”
kitoblari, Hamzaning “Yengil adabiyot”, “O‘qish kitobi” kabi
darsliklari, Ishoqxon Ibratning “Lug‘ati Sitta-al Sina”, “San’ati Ibrat
qalami”, “Mirrajab Bandiy” o‘quv qo‘llanmalari, Abduqodir
Shakuriyning “Jomi’ ul-hikoyat”, “Zubdat ul-ash’or” o‘qish kitoblari
bu davr maorifi uchun muhim pedagogik asarlar sirasiga kiradi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Markaziy Osiyolik adabiyot
namoyandalarining asarlarida odob-axloq, ta’lim-tarbiya, ilm olishga
da’vatlar mavjud. Buni Furqat, Muqumiy, Avaz O‘tar, Zavqiy ijodida
kuzatish mumkin. Furqat o‘zining “Gimnaziya”, “Ilm xosiyati”,
“Vistavka xususida”, “Suvorov haqida” kabi asarlarida ilm
xususiyatlari, ta’lim-tarbiya to‘g‘risida pedagogik fikrlarni bayon
35
etgan. Avaz O‘tar “Til” nomli she’rida ona tilini egallash, uni bilishning
afzalikklari to‘g‘risida fikr yuritgan.
Xullas, o‘zbek pedagogikasining nazariyasi va tarixi shunday
xilma-xil jarayonlar, oqimlar bilan rivojlanib, shakllanib keldi.
To‘rtinchi bosqichning keyingi taraqiyoti sho‘rolar davri pedagogikasi
nazariyasining rivojlanishi bilan bog‘langan. Chunki XX asrning 90-
yillarigacha O‘zbekiston respublikasi sovet Ittifoqi degan davlat
tarkibida edi.
Beshinchi bosqich-bu bosqich pedagogika fanlari to‘g‘risida so‘z
yuritganda, uning yuksak ma’naviy yuksalishlar va umuminsoniy
qadriyatlar asosida mustaqil vatanimizning milliy asosda rivojlanishini
qamrab oladi.
Ma’lumki, mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatimizda
uzluksiz ta’limni milliy asosda qo‘rish uchun ikki marta (1992-yil 2-
iyul va 1997-yil 29-avgust) “Ta’lim to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi.
Uzluksiz ta’lim, uning mazmuni yo‘nalishlari tarkibi, 29-avgust 1997-
yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” asosida rivojlanmoqda. Chunki, bu qonunlar
jahon ta’limi yutuqlari va milliy tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish
asosida tuzilgan bo‘lib, ularning mazmuni mamlakatni ijtimiy-
iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiy ettirishni nazarda tutib, yuksak
ma’naviy axloqiy salohiyat, kasb-kor madaniyatiga ega bo‘lgan, ijodiy
va ijtimoiy faollikni o‘zida shakllantirgan, ijtimoiy siyosiy hayotda
to‘g‘ri yo‘lni tanlaydigan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-
ma’rifiy vazifalarni hal qilishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlashning
milliy tuzimini yaratishni nazarda tutilgan. Shunga asosan uzluksiz
ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatadigan pedagogik xodimlar ta’lim
tarbiya ishlarini islohot talabalari asosida tashkil qilishlari va ularga
mustaqil respublikadagi “Pedagogika” fanlari yaqindan ham ilmiy-
nazariy, ham amaliy jihatdan ko‘maklashishlari kerak. Shunga binoan
respublikamiz pedagog olimlari pedagogika fanining asosiy
kategoriyalari ta’lim-tarbiyaning O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga
yaratuvchanlik xususiyatini shakllantirish omillari ekanligini inobatga
olib pedagogika fanlari sohasi bo‘yicha darslik va qo‘llanmalar
yaratdilar. Shular jumlasiga “O‘zbek pedagogikasi antalogiyasi” (1995)
“Pedagogika tarixi”(1994) “O‘zbek pedagogikasi tarixi”(1997)
“Pedagogika kursi” (1997) “O‘rta Osiyoda pedagogik fikr
taraqiyotidan lavhalar” “Mustaqillik ma’naviyati va yoshlar tarbiyasi”
36
(1995) “An’anaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” “O‘quvchilar
axloqiy madaniyatini shakllantirish muammolari ”, “Milliy tarbiya”,
“Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash”,
“Didaktika” (1997; 2016), “Oila pedagogikasi” (2007) “Oliy maktab
pedagogikasi” (2008), “Pedagogika” (2010) “Pedagoglarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish” “Pedagogika nazariyasi va tarixi”
(2011) “Maktabgacha pedagogika” va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
“Talim ro‘g‘risida”gi Qonun vazifalarini bajarish “Pedagogika”
fanlari oldida turgan muhim hodisa bo‘ldi. Zero, ilm fan, texnikaning
tez rivojlanib borishi, yangi ijtimoiy ma’rifiy zaruriyatlarni paydo qildi.
Natijada moddiy ishlab chiqarish, xom ashyoni qayta ishlash sohalari
(qishloq xo‘jaligi, sanoat transport, maishiy xizmat ko‘rsatish va
boshqalar)da mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga
nisbatan texnologik yondashuv an’anasi yuzaga keldi, natijada hayot
surati shiddatligida, axborotlar oqimi kengaydi. Bu hol axborotlarni
tezkor sur’atga qabul qilib olish, ularni tahlil qilish, qayta ishlash,
nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o‘quvchiga
yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim oldida turgan dolzarb
muammolardan hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik
texnologiyalarni tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni
ijobiy hal etishga xizmat qiladi. Buni chuqur anglagan respublika
pedagog olimlari ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim tarbiya
jarayoniga tadbiq etishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritish
bo‘yicha monografiya, o‘quv qo‘llanmalarini yozdilar va nashr
etirdilar. Bularga M. Ochilovning “Yangi pedagogik texnologiyalar”
(2000), N. Saidahmedovning “Yangi pedagogik texnologiyalar:
nazariya va amaliyot” (2003), Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M.
“Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot” (2005), Yo‘ldoshev
J.G‘., Usmonov S.A. “Pedagogika texnologiya asoslari” (2004),
Xo‘jayev B.Q., Olimov Sh.Sh. “Yangi pedagogik texnologiyalar”
(2004), Avliyoqulov N.H. “Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari”
(2001), Ziyomuhammedov B., Abdullayeva Sh. “Ilg‘or pedagogik
texnologiyalar: nazariya va amaliyot” va hokazolarni ko‘rsatish
mumkin.
Ko‘rib o‘tganimizdek pedagogika fan sifatida besh bosqich asosida
rivojlanib bordi. Barcha bosqichda pedagogikaning markazida inson va
uning ta’lim tarbiyasi, shaxs sifatida shakllanishning muhim jihatlarini
ko‘rsatib turibdi. Ma’lumki, har bir davlat o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy,
37
ma’naviy-siyosiy taraqqiyotning kelajagini belgilar ekan, u, avvalo
ma’naviy-axloqiy salohiyati yuksak, malakasi yuqori, har qanday
qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan kadrlarni tayyorlashni bosh
maqsad qilib oladi va uning markaziga shaxsni hamda uning ma’naviy-
axloqiy kamolotini qo‘yadi. Uning bunday yuksalishini uzluksiz ta’lim
asosida birinchilardan bo‘lib ta’minlash lozimligi belgilangan.
Uzluksiz ta’limning muvaffaqiyatini ta’minlashda pedagogikaning ham
o‘quv predmeti, ham o‘quv fani sifatida roli ortdi. Bu fan hozirgi kunda
ilmiy-amaliy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, tabiatni asrab-avaylash,
kabi his-tuyg‘ularni insonlarda, avvalombor yoshlarga singdiruvchi
tarbiya fani tarzida e’tirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: |