25
4. Metodika
– p
edagogika fani sohasida ma’lum o‘quv fanini
o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi,
matematika metodikasi, tarbiyaviy ishlar metodikasi va shu kabilar.
5. Pedagogika tarixi
– turli tarixiy davrlarda pedagogik
g‘oyalarning va tarbiyaning taraqqiyotini o‘rganadi.
6. Ijtimoiy pedagogika
– ijtimoiy munosabatlar jarayonlarida
pedagogik g‘oyalarning tutgan o‘rni va roli, shaxsni ijtimoiy faoliyatga
yo‘naltirish muammolarini o‘rganadi.
7. Qiyosiy pedagogika
– turli mamlakatlarning ta’lim-tarbiya
tizimini, maorif taraqqiyotini taqqoslashni o‘rganuvchi pedagogikaning
mustaqil sohasidir.
Dostları ilə paylaş: