prinsipi
muhim ahamyat kasb etadi. Zero, bu pedagogika nazariyasidan
egallagan bilimlari, amaliyotga tadbiq etish bilan bog‘liq holda olib
borilishini ta’minlaydi. “Fan-ta’lim-ishlab chiqarish” kesimida yo‘lga
qo‘yilishini talab etadi. Shu bilan birga bu prinsip pedagogika
fanlaridan o‘zlashtirilgan bilimlarni shaxsiy qarashlari asosida
voqelikdagi voqealarni tahlil qilishni nmazarda tutadi. Bu esa bilimlarni
hayotga tadbiq etishda talablarning amaliy faoliyati mehnatini
birlashtiradi hamda nazariy bilimini amaliy faoliyati uzviyligini
ta’minlaydi.
Nazariya bilan amaliyotnig birligi g‘oyasi metodika fanining
muhim xususiyatlaridan biri. Chunki bunda talabalar pedagogika
fanlari nazariy ma’lumotlarini o‘quv tarbiya muassasalarida
qo‘llashning mazmuni, metod va usullarini o‘rganib oladilar. Buni jonli
amalga oshirish uchun talabalar maktabgacha ta’lim o‘quv yurtlariga,
maktablarga, o‘rta maxsus va kasb hunar bilim yurtlariga ekskursiya
uyshtiradilar, u yerlardagi mehnat jarayoni bilan tanishadilar va o‘zlari
egallagan bilimlarni amaliy hodisalar bilan solishtiradi. Bunda nazariy
malumotlar ifodalangan adabiyotlar bilan talabalarni takroriy
tanishtirish mashg‘ulotlari muhim metodik ahamyat kasb etadi.
Shuning nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligini ta’minlashda ilg‘or
17
pedagogik tajribalar yoritilgan audio, video ma’lumotlar ham shu
natijaga erishishni ta’minlaydi.
Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv predmetining
zamonaviylik prinsipi talabalarga bayon etilayotgan ma’lumotlar
zamonaviy va milliy asosda bo‘lishini ta’minlaydi.
Ma’lumki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi
munosabati bilan mamlakatda ta’lim tizimi jahon talablariga mos
andoza va milliy asosda qurildi. Ta’lim muassasalarining uzluksizligi
amalga oshirilishi natijasida, ularning moddiy texnika bazasi, o‘quv
tarbiya jarayonlarining yuqori sifati o‘quv adabiyotlari va ilg‘or
pedagogik texnologiya ta’minlandi. Endi bunday o‘quv yurtlarida
ishlaydigan kadrlar zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishlari lozim.
Shuningdek maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi uchun tayyorlangan o‘quv fanlarining mazmuni
milliy asosda ko‘rildi. Shunga asosan pedagogika va psixologiyada
o‘qitiladigan pedagogika fanlarining mazmunidagi malumotlarni milliy
xususiyatlar asosida aks ettirishda davr talabi bo‘lib qoldi. Bu esa o‘z
navbatida mazkur fanni o‘qitishni milliy asosda qurishni taqozo qiladi.
Zamonaviy va milliylik ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi
zamonaviy texnik qurilmalar, vositalar, o‘quv adabiyotlaridan o‘rinli
maxsulli foydalanish taqdirdagina yuksak ma’naviy-axloqiy salohiyat
va yuqori malakali insonlar bo‘lishini anglatadi. Pedagogik fanlarni
o‘qitish
metodikasining
muhim
prinsiplaridan
yana
biri
ma’lumotlarning tushunarliligi, ularni bayon etishning izchilligi va
tuzimliligidir.
Asosan
tushunarlilik
ta’lim
beruvchidan
ma’lumotlarning hajmi qiyinlik darajasi ta’lim oluvchilarning yoshi,
real o‘quv imkoniyati, individual xususiyatlarigha muvofiq bo‘lishi
lozimligini uqtiradi. Prinsipga amal qilish jarayonida ta’lim beruvchi
mavzu bo‘lim, savollarni o‘rganish vaqtini belgilashni yoddan
chiqarmasligi zarur. Shunindek tushunarlilik prinsipi yangi tushuncha,
darliklardagi hozirgi zamon fan, texnika yutuqlarini, terminlar hajmini,
o‘rganayotgan muammoning o‘quv dasturidagi o‘rnini, o‘qitish
metodlari va usullarini o‘qituvchi tomonidan aniq belgilanishi
lozimligini talab qiladi.
O‘qitish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan individual
xususiyatlarga o‘quvchilarning qiziqishlari, rivojlanish darajasi, his
tuyg‘ulari, temperamenti, xarakter xususiyatlari, qobiliyati, mayli,
turmush tarsi kiradi. Tushunarlilik prinsipi izchillik va tizimlilik
18
prinsipi bilan o‘zaro aloqadorlik tarzida qo‘llanilib, bunda masalalarni
o‘rganishda a) ma’lumdan nomalumga; b) oddiydan murakkabga; v)
aniqdan noaniqqa g) osondan qiyiga d) umumiydan xususiyga
qoidalariga amal qilish asosida olib boriladi. Ta’limning izchillik
prinsipiga Y.A.Komenskiy asos solgan, so‘ngra bu prinsiplar rus
pedagogi K.D.Ushinskiy tomonidan rivojlantirilgan. Tajribaning
ko‘rsatishicha izchil va tizimni bayon etilgan malumotlar ongli
o‘zlashtiriladi, uzoq vaqt xotirada saqlanadi. Parcha-qism asosida
bayon etilgan ma’lumotlarni o‘zlashtirish qiyin. Shuning uchun
bilimlar izchilk muayyan tizim asosida bayon etilsa ular o‘zaro
bog‘lanadi va ikkinchisi birinchisini to‘ldiradi. Shunga asosan
bilimlarni o‘zaro bog‘liqlikda yaxlit muayyan izchillik, tizimlilik
yo‘nalishida o‘rganish mukammal takomillashib boruvchi shaxsning
shakllanishini amalga oshiradi. Izchillik va tizimlilik butun o‘quv
tarbiya jarayonini aniq rejalashtirish darslarning ma’lumotlarini
ratsional ta’minlashga yordam beradi, bilimlar tushunarli
o‘zlashtiriladi, mantiqiy tafakkur rivojlanadi.
Pedagogik ma’lumotlarni o‘zlashtirishda talabalarning ijodiy
faolligi mustaqilligi va tashabbuskorligi prinsipi fanda muhim ahamyat
kasb etib gullab, xosilni ko‘p beruvchi daraxtga o‘xshaydi. Talaba
pedagogika fanlari materiallarini ijodiy o‘zlashtirsa qo‘shimcha
adabiyotlardan bilimlarni mustaqil to‘ldirsa albatta bu tashabbus
ko‘rsatib mehnat qiladigan shaxs bo‘ladi. “kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”da ham nazarda tutilgan masalalardan biri talabalarda ijodiy
faollikni mustaqillikni, tashabbuskorlikni shakllantirishi orqali
malakali, maxoratli kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Mustaqillik o‘z
yo‘nalishida
ijodiy
faollikni
tarbiyalaydi,
ijodiy
faollik
tashabbuskorlikka undaydi. Bular o‘zaro sabab va natija shaklida
bog‘langan pedagogik hodisadir. Zero, “Haqiqiy mustaqillikga
erishmagan joyda talabalarning ijodiy faollikni ” tashabbuskorligi
to‘g‘risida gapirib bo‘lmaganidek, pedagogik fanlarni o‘qitishda
metodika fani o‘z ta’lim oluvchilarida mustaqillikni ta’minlamay turib
pedagogik bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish faol va tashabbuskor bo‘lishni
tarbiyalash murakkabdir. Darhaqiqat mustaqillik prinsipi davr ijtimoiy-
iqtisodiy taraqiyot talab etayotgan prinsip hisoblanadi. Chunki,
mustaqillik talabalarda erkin fikrlashni, ijodiy qobiliyatni, aqlan
teranlilikni shakllantiradi.
19
Shuni ta’kidlash joizki, har qanday mustaqillik, mustaqil bilim
olish aqliy faoliyatni shakllantiradi. Faollik shaxsiy intellektual faoliyat
belgisi tarzida mustaqil bilim olishni o‘rgatadi. Shu jihatdan bu ikki
prinsip pedagogika fanlari mazmunidagi ma’lumotlarni qo‘shimcha
adabiyotlarda seminar mashg‘ulotlariga tayyorlanish, mustaqil ish
bajarish, referat yozish, testlar tuzishda qo‘l keladi va ijodiy aqliy
faoliyatning rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Pedagogik fanlar ko‘p qirrali bo‘lib, ular yoshlarga ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyotda shaxsiy kamolot, aqliy yetuklik, jismoniy barkamollik
kabi ta’lim-tarbiya ma’lumotlaridan xabar beradi. Shu bois pedagogik
fanlarni o‘qitish metodikasi ko‘proq ta’lim-tarbiyaning uzviy
bog‘liqligiga e’tibor qaratib, pedagogik bilimlarni o‘rganish uchun
ta’lim va tarbiya mazmunining o‘zaro bog‘liqligi prinsipiga amal
qiladi. Chunonchi, bu prinsip talabalarga bilim berish, ularda ilmiy
dunyoqarash, siyosiy ongliligini ijyimoiy faoliyatini, ma’naviy
yetuklikni tarbiyalashdan iborat prinsip hisoblanib, bunda egallangan
pedagogik bilim konikma, malakalarni ijtimoiy hayotda qo‘llashni
o‘rgatadi va ta’lim oluvchilarning ham intellektual, ham jismoniy, ham
ma’naviy jihatdan rivojlanishini ta’minlaydi.
Ta’lim va tarbiya uyg‘unligi o‘zaro bog‘liqligida, voqelikda,
ayniqsa pedagogik voqelikdagi qonuniyatlarni o‘rganish hamda uning
amaliy jihatlarini tarkib toptirishda namoyon bo‘ladi. Shu bois aytish
mumkinki, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib
bo‘lmaydi. Ular o‘zaro uzviy bog‘langan pedagogik hodisalardir.
Pedagogikada tarbiyalovchi ta’lim, rivojlantiruvchi tarbiya degan
ibora ko‘p ishlatiladi. Buning mohiyati shundan iboratki har qanday
ta’lim oluvchilarda axloqiy, estetik, jismoniy, mehnat ko‘nikmalarini,
ilmiy dunyoqarash asoslarini tarbiyalash barobarinda, ularda aqliy
qobiliyat, diqqat, xotira, tasavvur ijodiy tafakkurni rivojlantiradi va
shaxsni har tomonlama kamol topgan inson bo‘lishini ta’minlaydi.
Ana shu bilish qobiliyatlarini rivojlantirish pedagogika va
psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi
o‘quv predmetining mashg‘ulotlarida ham amalga oshiriladi. Ko‘pgina
mavzular va bo‘limlarni masalan, shaxs, ta’lim va tarbiya, ta’limning
psixologik, fiziologik asoslari, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi,
o‘qitish uslublari, oila pedagogikasining nazariy, milliy va ilmiy
asoslari, oilada bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijtimoiy
pedagogning oila bilan olib boradigan faoliyati, maktabgacha yoshdagi
20
bolaning sotsiumda rivojlanishi va shunga o‘xshash mavzularni
o‘rganishda shaxs va uning rivojhlanishi milliy va ilmiy asoslar
vatanparvarlik, ijtimoiy muhit, sotsium kabi termin hamda so‘z
birliklarning mazmun-mohiyatini tushunishda talabalarda nutq boyligi,
mantiqiy tafakkur, idrok, tasvvur, diqqatni ta’minlash kabi bilish
jarayonlari rivojlanadi.
Shunday qilib tarbiyalovchi ta’lim va rivojlantiruvchi tarbiya
talabalarga o‘quv mashg‘ulotlarini taqdim etish bilan birga ularning
rivojlanishlari, shaxs bo‘lib shakllanishlarini ham takomillashtiradi.
O‘qitish talaba shaxsini har tomonlama tarbiyalaydi: dunyoqarash
ilmiylashadi, siyosiy onglilik, ijtimoiy faollik rivojlanadi, ma’naviy-
axloqiy sifatlar ijtimoiylashadi bunda tarbiyalovchi ta’lim va
rivojlantiruvchi tarbiya, o‘quv-tarbiyaning vazifalari mazmuni
metodlari tashkil etilishida ta’lim beruvchining shaxsiy namunasi,
bilimdonligi, o‘z kasbiga muhabbati, pedagogik mohirligi ma’naviy-
axloqiy fazilatlari, ta’lim-tarbiya jarayoniga ijodiy yondashish va h.k.
kasbiy xususiyatlari orqali hal etilishini yoddan chiqarmaslik kerak.
Ta’lim jarayonida o‘quvchi-ta’lablarning idroki va tasavvuriga,
xotirasiga, ko‘rish orqali tafakkuriga his-tuyg‘usiga ta’sir ko‘rsatib,
voqea va obektlar haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lishga yordam
beradigan ijodiy qobiliyatlarini mukammallashtiradi, bilim, ko‘nikma,
malakalarini
rivojlantirib,
ularda
tadqiqotlik
ehtiyojlarini
shakllanishiga yordam beradigan didaktik qurol mavjud buni
pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv fanida, bularni
o‘qitishning didaktik vositalar majmui prinsipi deb yuritiladi.
Dahaqiqat, “Didaktik vositalar majmui-bu o‘qish, o‘qitish,
tarbiyalashning ma’lum tartib muayyan yo‘nalish va bir butunlikni
tashkil etgan o‘qyuv-tarbiya qurollarining yig‘indisi, jamlanmasi degan
manoni anglatadi”. Ush bu prinsip didaktika fanida ko‘rgazmalilik
prinsipi deb yuritiladi va ular o‘quv ma’lumotlarini bevosita idrok etish,
eshitgan fikrlarini obrazlarda ko‘rish, ularni ongli idrok etish uchun
xizmat qiladi.
Shuni e’tirof etib o‘tish joizki, ta’limda didaktik vositalardan
foydalanish o‘qish, o‘qitishni jadallashtiradi. Chunki bunda eshitish
katalizatorlari bilan ko‘rish ham ishtirok etadi, shuning uchun
pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonida qo‘llanadigan didaktik vositalar
o‘quvchi-talabalarning
bilim
olish
darajasini
yuksaltirish
ma’lumotlarni oson o‘zlashtirish mustaqil ijodiy o‘rganishni amalga
21
oshirish va ular tarbiyalanganligini takomillashtirish uchun katta
imkoniyatlar manbai bo‘lib xizmat qilad. Didaktik vositalar majmuini
ta’lim vositalari kontestida izohlagan pedagoglar A.Zunnunov,
U.Mahkamovlar ta’lim vositalari o‘quvchilar uchun ta’lim jarayonida
atrof muhitni chuqur anglashga yordam beradi. O‘quvchi uchun
axborot negizi sifatida, ta’lim jarayonini tashkil qilishda va bilimni
nazorat qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi
1
, deb ta’kidlaydilar.
O‘qitishning didaktik vositalari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning
uzluksiz ta’lim oldiga qo‘ygan ijtimoiy pedagogik talablarni hal
qilishga katta yordam bera oladi. Chunki ular o‘rganiladigan hodisa
yoki obyekt haqida to‘liq va aniq axborot berish, shu bilan ta’lim
sifatini oshirishga imkoniyat yaratish;
-
Talabalarning ma’lumotlar mazmunini mustaqil o‘zlashtirishiga
qiziqishini yuqori darajaga ko‘tarishga yordam berish;
-
Ta’limning ko‘rgazmaligini oshirish asosida o‘quvchilar uchun
qiyin bo‘lgan materialni tushunishni ta’minlash;
-
Talabalar mehnatini unumdor qilish, shu asosda o‘quv materialini
o‘rganishni jadallashtirish;
-
Darsda talabalarning mustaqil ta’lim olishning amalga oshirishga
erishishi masalalarni hal qilishga yaqindan yordam ko‘rsatadi.
O‘quv yurtlarida ta’limda pedagogik fanlarni o‘qitishda didaktik
vositalar majmui prinsipi quyidagi vositalardan qamrovli foydalanish
mumkinligini tavsiya qiladi.
A)
Didaktik vositalarning o‘quv va o‘quv-uslubiy turlari (tabiiy
ashyolar, kalma’ruzalar, fotografiya, ko‘rgazmali, plakatlar,
diagrammalar, jadvallar, o‘quv qo‘llanmalar, delubit ko‘rsatmalar va
h.k);
B)
O‘qitishning texnik vositalari (dianozitivlar, o‘quv radiosi,
o‘quv kinofilimlari elektron hisoblash mashinalari, o‘quv
televideniyasi, disk, multimedia, video va audio magnitafonlar va h.k);
C)
O‘qitishni zamonaviy axborot va kommunikativ vositalari
(kompyuter, skaner, kserkislar, dasturli internet texnologiyasi, virtual
stenular, ta’lim beruvchi dasturlar o‘quv qo‘llanmalar) elektron
kutubxona;
Shunday qilib, o‘qitishning didaktik vositalari majmui prinsipi,
talabalarning bilim faolligi, ijodiy qobiliyati, xotirasi, tafakkurini
1
Mahkamov U.I., Xo’jayev B.Q., Tilabova N., Didaktika vositalar majmui. Toshkent 2009, 9-bet
22
rivojlanishi tezlashtirishga ularni ma’naviy-axloqiy yuksaklikka va
texnik tafakkurining takomilashishini rivojlantiradi.
Pedagogik fanlarni o‘qitishda o‘quv jarayonini maqbullashtirish
prinsipi. Bu prinsip har bir oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan
pedagogika turlariga kiradigan fanlarning o‘zida xos tomonlarini
inobatga olib fanni o‘qitish ishlarini tashkil etishni talab etadi. Bunda
“Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Maktabgacha pedagogika”, “Oila
pedagogikasi”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Umumiy pedagogika” fanlar
mazmunidagi mavzularning mazmunan butunligi, yaxlitligi, birligi
ta’minlanadi.
Pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quv jarayonini
maqbullashtirish prinsipi, muayyan tizimga mansubligi “Tizimlilik”
tushunchasi bu o‘rinda ham ham ma’lum pedagogik turkum o‘quv
fanini o‘qitish jarayoniga, umumiy o‘quv jarayoniga, jamlikni
anglatadi. Bunda pedagogika fanlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlar,
pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishining negizidagi kerakli
ma’lumotlar (bilimlar)ga ega bo‘liksh uchun qulay sharoit yaratish
jarayoni yaratish sifatida e’tirof etiladi. Bu esa shu sohaning pedagogi
jihatlari bo‘yicha nazariy va amaliy axborotlarni egallash, tarbiyachilik
uchun xos faoliyatni bajarishga ham tturish, belgilangan vazifalarni o‘z
vaqtida aninq amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Ikkinchi jihati shundaki, pedagogika fanlari mavzularini bir-biriga
qiyoslash, o‘xshash, bir-birini to‘ldirishi tomonlarini anglab,
egallayotgan kasb uchun muhimligini o‘rgatish maqsadini ko‘zda
tutadi. Buni harbir talaba ongiga, shuuriga yetkazish oliy ta’lim
pedagogining bosh vazifalaridir.
Pedagogik fanlarni o‘qitishda qo‘shimcha ma’lumotlarni tanlash
prinsipi. Bu prinsip fanlar mazmunini chuqur egallagan bo‘lishi, bayon
etilayotgan mavzu bo‘yicha yangi ma’lumotlarning davr, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos yoki mos emasligini aniqlash va
ularni pedagogika fanlari yutuqlari, ilg‘or pedagogik talablar asosida
to‘ldirish lozimligini nazarda tutadi. Bunday yondashuv pedagogik
ta’lim samaradorligigga erishishi, o‘quv mashg‘ulotlari yangi
axborotlar bilan boyitib, talabalarga aniq yetkazish, uning faolligini
oshirish imkonini beradi.
Umumdidaktik qoidalar, tamoyillar nuqtai nazaridan pedagogik
fanlarni o‘qitishda qo‘shimcha ma’lumotlarni tanlash, avvalo ma’lumot
mazmundorligi ta’minlasa, ikkinchidan talabalar faolligini oshiradi,
23
pedagog va talabalarning mashg‘ulotda manbalar bilan ishlash
malakasini, tadqiqotchilik qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi.
Ta’lim maqsadi oshadi, yangi bilimlarni, yangi manbalar bilan ishlash
va qo‘shimcha ma’lumotlarni egallash ko‘nikmalari talabalarda tarkib
topadi.
Shunday qilib tahlil etilgan bu pritsiplar oliy o‘quv yurtlarida
pedagogik fanlarni o‘qitishni davr talablari asosida tashkillashtirishga,
talabalarning
pedagogik
savodxonligini
oshirishga,
erishilgan
yutuqlardan faxr va iftixor tuyg‘usini rivojlantirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |