8. Xalq pedagogikasi – turli xalq, millat va elatlarning xalq
og‘zaki ijodidagi ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi pedagogik g‘oyalarning
mohiyatini,
mazmunini
o‘rganuvchi pedagogikaning mustaqil
sohasidir.
9. Pedagogik mahorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning shaxsiy va
kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini
o‘rganadi.
Hozirgi davrda fanlar integratsiyasi jarayonida paydo bo‘lgan
pedagogikaning zamonaviy tarmoqlari ham shakllanib, rivojlanib
bormoqda.
Pedagogik aksiologiya -
pedagogik
yangiliklar,
innovatsiyalarning pedagogik jamoatchilik tomonidan o‘zlashtirilish
darajasini baholash, idrok etish haqidagi nazariy bilimlar.
Pedagogik akmeologiya – o‘qituvchining kasbiy faoliyatining eng
yuksak bosqichiga etish muammolarini o‘rganuvchi fan.
Pedagogik riskologiya – pedagogik vaziyatlarda eng muhim
qarorlar qabul qilish jarayonida tavakkalchilik xususiyatlarini
o‘rganadi.
Pedagogik kvalimetriya – pedagogning faoliyat jarayonida
erishadigan sifat va samaradorlik darajalarining o‘lchovi va mezonini
o‘rganadi.
Neyropedagogika - inson miyasining ijodiy imkoniyatlarini
aniqlash va amaliy (funktsional) rivojlantirish, shaxsda faoliyatga
nisbatan faol, ongli munosabatni qaror toptirish, ijtimoiy xulq-atvorni
psixologik korrektsiyalash, bolalar ruhiy rivojlanishni tashxislash va
bashoratlashning yangi ilmiy dasturlari, samarali shakl va metodlarini,
yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tadqiq etadi.
26
Badiiy pedagogika -
pedagogika va adabiyotni birlashtirishga
asoslangan pedagogika fanining sohasi, ta’lim va inson taraqqiyoti
qonunlarini badiiy adabiyot orqali o‘rganish.