№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining obyekti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining obyekti
o`qituvchi (talaba) va o`quvchilarning birgalikdagi faoliyati bilan 
ifodalanadigan o`quv jarayoni bo`lib, uning davomida o`quv 
jarayonining o`zaro bog`liq ko`plab funksiyalari amalga 
oshiriladi. 
Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining predmeti 
pedagogika o`qitish qonuniyatlari va tamoyillarini asoslash, 
shuningdek, o`qitishning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakllari 
va usullari, o`qituvchi va o`quvchilar faoliyatining birligidir. 


12 
kerak, chunki ular pedagogika fanidagi ilmiy kashfiyotlar va amaliyot 
ehtiyojlari bilan bog'liq. 
Shunday qilib, biz pedagogika o‘qitishning prinsipial yangicha 
yondashuvi bo‘lgan pedagogika o‘qitish metodikasining metodologik 
asoslarini ko‘rib chiqdik va bularning barchasi pedagogika kursining 
tuzilishi va mazmunini tavsiflashga o‘tishga imkon beradi. Bu keyingi 
bo'limda muhokama qilinadi.Shunday qilib, bu vazifalarni amalga 
oshirish orqali pedagogik fanlarni o‘qitishi metodikasi, bo‘lajak 
o‘qituvchi-tarbiyachilarda pedagogika nazariyasi va amalyotini puxta 
egallash, boy tarixiy-tarbiyaviy tajribalarni o‘rganib, o‘zlarida 
zamonaviy kasbiy, ma’naviy axloqiy, ijodiy-mahsuliy fazilatlarni 
shakllantirishga amaliy yordam ko‘rsatadi. 
1.3. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining boshqa 
fanlar bilan o‘zaro aloqasi 
Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fan sifatida boshqa 
fanlarning nazariyalaridan ijodiy qo‘llash natijasida rivojlanadi. 
Pedagogik hodisa va jarayonlarni bilish va tadqiq qilishning umumiy 
yondashuvlarini falsafa ko‘rsatib beradi. Pedagogika sohasidagi 
tadqiqotchilar ta’lim va tarbiya mazmunini ishlab chiqishda, maqsadni 
belgilashda, uning metodologiyasini aniqlashda falsafiy bilimlar 
tizimiga tayanadilar.
Fiziologiya, anatomiya, psixologiya kabi inson to‘g‘risidagi fanlar 
inson shaxsini shakllanishi, qonuniyati va mohiyatini har tomonlama 
chuqur o‘rganishda yordam beradi. Pedagogika psixologik bilimlar 
asosida samarali o‘quv-tarbiyaviy tizimni yaratadi. Pedagogika va 
psixologiya fanlarining integratsiyalashuvi pedagogik psixologiya 
fanining paydo bo‘lishiga olib keldi. Pedagogika mustaqil, yetarli 
darajada rivojlangan, o‘zining alohida tadqiqot sohasiga ega bo‘lishiga 
qaramasdan boshqa fanlar bilan aloqada bo‘lmasdan mavjud bo‘la 
olmaydi. Tarbiyaviy faoliyat obyekti o‘suvchi, rivojlanuvchi inson 
bo‘lganligi sababli pedagogika birinchi navbatda insonni o‘rganuvchi 
fanlar bilan aloqada bo‘ladi. Insonni jamiyat a’zosi sifatida ijtimoiy 
fanlar, biologik evolutsiya natijasi sifatida tabiiy fanlar, ongli, 
fikrlovchi mavjudot sifatida psixologik fanlar o‘rganadi.
Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanini ijtimoiy fanlar bilan 
aloqasini ko‘rib chiqamiz. Ijtimoiy fanlar tarbiya maqsadini va 
mohiyatini aniqlashga yordam beradi. Pedagogika ijtimoiy fanlardan 


13 
falsafa bilan uzviy bog‘liq. Falsafiy ta’limotlar pedagogikaning 
metodologik asosi hisoblanib, ta’lim va tarbiya maqsadini anglashga 
yordam beradi. Falsafiy qarashlar tizimidan (materialistik, ekzistensial, 
pragmatik, neopozitivistik v.b..) pedagogika tadqiqotchilari tayangan 
holda pedagogik izlanish yo‘nalishlarini belgilab, ta’lim jarayonini 
texnologik xususiyatlarini, maqsadini, mohiyatini aniqlaydilar. 
Pedagogika va falsafaga tegishli qator umumiy savol va muammolar 
mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: 
– tarbiya maqsadi muammosi;
– dunyoqarashni shakllanishi muammosi;
– jamoa va shaxs aloqadorligi;
– bilish nazariyasi bilan bog‘liq gnoseologik muammolar.
Pedagogika shu bilan birgalikda falsafaning mustaqil sohalari etika 
va estetika bilan ham uzviy bog‘liqlikda rivojlanadi. Ular axloqiy, 
estetik tarbiya hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish kabi 
pedagogik vazifalarni hal etishda yordam beradi. Pedagogika aholining 
turli guruh va qatlamlari rivojlanishining asosiy tendensiyalarini, 
ijtimoiylashuv qonuniyatlarini, ijtimoiy muhitning insonga ta’sirini, 
shaxsning turli ijtimoiy institutlardagi tarbiyasini tadqiq qiluvchi 
sotsiologiya bilan uzviy bog‘liq. Pedagogika biologik fanlar bilan ham 
uzviy bog‘liq. Ular pedagogika va psixologiyaning tabiiy-ilmiy 
tayanchi hisoblanadi. Pedagogika rus fiziologlari I.M.Sechenov, 
I.P.Pavlovlarning birinchi va ikkinchi signallar tizimi, insonni ruhan 
rivojlanishi, tabiati, sezgi organlarining rivojlanishi va funksiyalari 
to‘g‘risidagi fundamental ishlariga tayanadi. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya 
masalalarini hal etish, mehnat qilish va dam olish tartibini ishlab chiqish 
inson organizmi funksiyalari va xususiyatlari to‘g‘risidagi yosh 
fiziologiya, maktabdagi turli mashg‘ulotlarni tashkil etishning 
gigiyenik masalalarini o‘rganuvchi maktab gigiyenasi muhim rol 
o‘ynaydi.
Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi fani didaktika
bilan bevosita aloqador. Didaktika va metodikaning umumiy tadqiqot 
obyekti – bu o'quv-tarbiya jarayonidir. Faqatgina farqi shundaki, 
didaktika bu jarayonni yaxlit o'rganadi va metodologiya - ma'lum bir 
ilmiy mavzuga bog'liq bo‘ladi. Bu fanlar o‘rtasidagi aloqaning 
xususiyatini umumiy nazariyaning aniq predmet materiali bo‘yicha 
amalga oshirishning muayyan shakliga aloqadorligi sifatida belgilash 
mumkin. Bu bog'liqlik har ikkala fanning kontseptual qismini tashkil 


14 
etuvchi asosiy kategoriyalarning umumiyligida namoyon bo'ladi, 
shuningdek asosiy o‘qitish tamoyillarida ham kuzatilishi mumkin.
Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan 
aloqalari tahlil natijasida quyidagi bir-birini to‘ldirish shakllarini 
ifodalashimiz mumkin: boshqa fanlar tomonidan umumlashtirilgan
asosiy nazariya va g‘oyalardan pedagogikada ijodiy qo‘llash va 
foydalanish; 
boshqa 
fanlarda 
qo‘llaniladigan 
ilmiy 
tadqiqot 
metodlaridan 
(matematik 
modellashtirish, 
sotsiologik 
so‘rov) 
foydalanish; psixologiya, fiziologiya, sotsiologya va boshqa fanlarda 
olingan aniq natijalarni pedagogikada qo‘llash; kompleks tadqiqotlarda 
ishtirok etish.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin