№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


 “B.B.B.(Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim.)” usuli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

24. “B.B.B.(Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim.)” usuli. 
Mazkur usul pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasini fani 
bo‘yicha egallagan bilimlar darajasini aniqlash imkonini beradi. Bunda 
o‘quvchilar guruh bo‘lib yoki jamoada ishlashlari mumkin. Buning 
uchun yozuv taxtasida uchta chizma aks ettiriladi. 
Masalan: 
Taxminan 
bilaman 
Bilishni 
xohlayman 
Bilib oldim 
1. 
2. 
3. 
1. 
2. 
3. 
1. 
2. 
3. 
Usuldan foydalanish uch bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab 
talabalar didaktik o‘yin asosida guruhlarni tashkil etadilar. 
O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha har bir guruh o‘zaro hamkorlikda 
“Taxminan nimani bilamiz” ustunini to‘ldiradilar. Bu ustunga butun 
jamoaning javoblari mavzu mazmuni bo‘yicha mantiqiy ketma-ketlikda 
jamlanadi. Masalan, “Umumiy pedagogika fanidan ta’lim mazmuni” 
mavzusi o‘rganilayotgan ta’lim mazmunini belgilovchi hujjatlar ta’lim 
mazmunini ijtimoiy ehtiyojlar davlatning o‘quv yurti oldiga qo‘yilgan 
talablari orqali belgilanadi, ularni o‘quv reja, o‘quv dasturi va o‘quv 


269 
qo‘llanmalariga oid tushunchalar, ma’lumotlar yoziladi, so‘ngra guruh 
a’zolari muayyan ketma-ketlikda mavzu bo‘yicha o‘zi qiziqtirgan 
savollarni’ ehtiyojlarini “Bilishni xohlayman” ustuniga yozib 
chiqadilar. So‘ngra talabalarga mavzu yuzasidan ma’ruza matni yoki 
qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. 
Savollarga topilgan aniq javoblar uchun “Bilib oldim” ustuniga 
joylashtiriladi. Mobodo talabarni qiziqtirgan savollarga javob topilmay 
qolsa unga javob toppish uchun talabalarga qo‘shimcha aniq 
ma’lumotlar tvsiya etiladi, yoki o‘qituvchining o‘zi javobni to‘ldirishi 
ham mumkin.(Izoh:Bu usuldan foydalanishning tavsiloti to‘liq holda 
amaliy mashg‘ulotning texnologik xaritasi, yani dars ishlanmasidan 
keltiriladi.) 
Biz yuqorida mamlakatimiz pedagog olimlarining ilmiy-nazariy va 
amaliy xulosalariga tayanib, uzluksiz ta’lim tizimida, jumladan oliy 
ta’lim maktablarining ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan va 
qo‘llanilayotgan zamonaviy o‘qitish jarayonining interfaol usullarining 
ayrimlari xususida fikr yuritib, ularni oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan 
pedagogik turkum fanlarini o‘qitish jarayonida qo‘llash xususida fikr 
yuritildi. Mazkur interfaol usullarning tarmog‘i keng foydalanish 
mavqei chegarasiz. Biz tasniflab o‘tgan va oliy ta’limning nazariy va 
amaliy mashg‘ulotlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan interfaol 
metodlar haqida turli manbalardan ma’lumot olish mumkin. Ular 
talabalar faolligini oshirish, o‘quv tarbiya jarayonini jadallashtirish, 
mustaqil ijodiy fikrlashni o‘stirish bilan birga bo‘lajak tarbiyachi-
o‘qituvchilarga yuksak kasbiy mahorat, ma’naviy-axloqiy salohiyat va 
ilmiy dunyoqarashning rivojlanishiga katta yordam beradi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin