№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Yosh pedagogikasi
– turli yoshdagi bolalarni o‘qitish va 
tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Maktabgacha 
pedagogika, maktab pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi, katta 
yoshdagilar pedagogikasi (andragogika)ga bo‘linadi.
Yozma tekshirish
– talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini 
nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, 
ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi.
O‘qitish sifatini nazorat qilish
— talabaning bilim saviyasini 
tekshirish va uning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash. 
O‘qitishning me’yoriy muddati
— ta’lim oluvchilar tomonidan 
o‘quv rejalari va fanlar dasturi o‘zlashtirilishi uchun belgilangan 
muddat. 
O‘quv fani dasturi
— ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan 
o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan 
normativ hujjat. 
O‘quv fani
— ta’lim muassasasida o‘rganish uchun fan, texnika, 
san’at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab 
olingan bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalar tizimi. 
O‘quv fanlari bloki
— o‘quv rejalari va fanlar dasturlarining 
kadrlar tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish 
uchun muayyan bilim sohasi yoki faoliyatning o‘zlashtirilishini 
ta’minlaydigan o‘quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi. 
O‘quv rejasi
— oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati 
turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning 
izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat. 
O‘quv semestri
— oliy ta’lim muassasasida o‘quv yilining 
yarmini tashkil etuvchi o‘zaro bog‘langan fanlarning ma’lum majmuini 


315 
o‘zlashtirishga mo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy nazorat bilan 
tugallanadigan qismi. 
O‘quv yili
— oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini 
yakunlashga mo‘ljallangan o‘quv faoliyati davri. O‘quv yili ikki 
kalendar yil bilan belgilanadi, masalan, 20191-2020 o‘quv yili. 
O

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin