1-mavzu: Psixik rivojlanish va ta’limning o’zaro munosabati


O`zaro raqobatni ehtiyotkorlik bilan boshqarib boring



Yüklə 263,5 Kb.
səhifə21/27
tarix30.04.2023
ölçüsü263,5 Kb.
#105114
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
1-mavzu Psixik rivojlanish va ta’limning o’zaro munosabati

O`zaro raqobatni ehtiyotkorlik bilan boshqarib boring. Inson – har doim raqobat bilan yashaydigan mavjudot, bu haqiqatdan ko`z yumib bo`lmaydi. Zamon kishidan toblangan bo`lishni, raqiblar bilan kurashga bardosh bera oladigan bo`lishni talab etadi. Maktab o`zaro raqobatni rag`batlantirish kerakmi va qay darajada rag`batlantirish kerak?- degan savolga qat’iy javob topilganicha yo`q. Ammo chet el, ayniqsa, Amerika maktab ta’limi tajribasida o`zaro raqobatni rag`batlantirish kerak deb hisoblashadi va undan faol xatti-harakatga chorlovchi stimul sifatida foydalanishadi. Maktabda o`zaro raqobat metodidan foydalanish bo`lajak hayotiy vaziyatlarni engib o`tishnigina emas, balki mag`lubiyatni ham mag`rur qarshi olish, yutuqlardan shodlana olish sifatlarini shakllantirishga yordam beradi.
Bu stimulni qo`llashga chog`langan pedagog hamma narsani obdon taroziga solib ko`rishi kerak bo`ladi. Mag`lubiyatga uchraganlar samarasiz holatga tushib qolishi va ularning obro`-e’tibori pasayishi mumkin. Ularda ishonchsizlik, yo`l topolmay qolish, o`zining imkoniyatlariga nisbatan shubha lanish hissi, alohida mushkul holatlarda esa, hatto, vayrona hissiy holat – stress holati yuz berishi mumkin.
Shuning uchun ham o`quvchilar orasidagi o`zaro raqobat sport musobaqalaridagi raqobatga o`xshasin – bunda kimdir g`olib bo`lsa, kimdir mag`lub bo`ladi, ammo ishqibozlik so`nmaydi. Mayli, shunday qilingki, musobaqada ishtirok etayotgan guruhlarning g`alabaga erishish imkoniyatlari bir xil bo`lsin. Agar musobaqa jarayonida ishtirokchilardan birortasining me’yoridan ortiqcha hissiy zo`riqishi kuzatilsa, uni ustalik bilan keyingi jarayonlarda ishtirok etishdan ozod qilib, masalan, uni orbitr yoki topshiriqlarni, shart-sharoitlarni hozirlashda mas’ul etib qo`yish mumkin.
O`quvchini maqtang. Bir bir qarashda oddiy stimulga o`xshab ko`rinsa-da, aslida uni qo`llab, muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagilarni e’tiborga olish kerak bo`ladi:

  • Maqtov tasodifiy, vaziyatli bo`lishi kerak, uni oldindan rejalashtirib yoki jadval asosida tayinlab bo`lmaydi.

  • Uncha ko`ngildagidek bajarilmagan, ayniqsa, yomon bajarilgan ishni ko`kka ko`tarib maqtamang.

  • Maqtov ochiq va aniq yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Minnatdorchilik qabul qilish har doim kishi uchun yoqimli, ammo umumiy, aniq shaxsga yo`naltirilmagan qolip-andaza shakldagi yuzlab minnatdorchilik bildirilganda ham, baribir ataylab, aniq bir kishi uchun qo`lda yozilgan bir og`iz iliq so`zning o`rnini bosa olmaydi. Aynan, qaysi ishi uchun “rahmat” aytayotganligingizni, aynan qaysi xatti-harakati sizga ma’qul bo`lganligini aniq ko`rsating.

  • Shunday maqtangki, maqtovingiz chin dildan va ishonchli bo`lsin. Bu o`rinda mimika va qo`l harakatlari ifodasidan o`rinli va mohirona foydalanish juda muhimdir. Agar o`qituvchi yozilgan insho unga ma’qul bo`lganligini aytsayu, qosh-qovog`i uyulgan, xo`mraygan bo`lsa, o`quvchi uning gapiga ishonmaydi.


Yüklə 263,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin