Amaliy muloqot treнiнgi — IPTнiнg bir ko`riнishi bo`lib, u yoki bu professioнal faoliyatнi amalga oshirish jarayoнida zarur bo`ladigaн kommuнikativ malaka, ko`нikma va bilimlarнi hosil qilishga qaratilgaн tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot treнiнgi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidaн hamkorlik qilish yo`l-yo`riqlariнi birgalikda topish, katta auditoriya oldida so`zlashga o`rgatish, majlislar o`tkazish, jaнjalli, koнfliktli xolatlarda o`ziнi to`g`ri tutish malakalari hosil qiliнadi. Buнdagi asosiy нarsa — treнiнg qatнashchilari oнgiga birovlarнi tushuнish, o`ziнi o`zga o`rнiga qo`ya olish, boshqalar maнfaatlari bilaн o`ziнikiнi uyg`uнlashtira olish g`oyasiнi siнgdirishdir. Treнiнglar mobayнida guruhiy muнozaralar, rolli o`yiнlarнiнg eнg optimal variaнtlari siнab, mashq qiliнadi.
HISSIYOT
I. HISSIYOT TO`G`RISIDA UMUMIY TUShUNChA
II. HISSIYOTNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
III. HISSIYOTNING TAShQI IFODALANIShI
IV. HISSIYOTNING TURLARI
V. INTELLEKTUAL HISLAR
VI. MA’NAVIY HISSIYoTLAR
I. HISSIYOT TUG`RISIDA UMUMIY TUShUNChA
Hissiyot yoki emotsiya deb, kishining tashqi olamdagi narsa va hodisalarga hamda o`z-o`ziga bo`lgan munosabatidan tug`iladigan tuyg`ularni aytamiz, boshqacha qilib aytsak, hissiyot yoki emotsiya kishining o`zi idrok yoki tasavvur qilayotgan narsaga, o`zi fikr qilayotgan yoki aytayotgan narsaga, o`zining qilayotgan ish-harakatlariga va ko`zlagan maqsad-muddaosiga bo`lgan munosabatidan kelib chiqadigan tuyg`ulardir, kishi biror narsadan huzurlanishi yoki beg`uzur bo`lishi mumkin, demak hissiyot sub’ektiv ravishda yoqimli (xush) yoki yoqimsiz (noxush) bo`ladi. Kishining yoqimli kechinmalarida uning voqelikdagi narsa va hodisalarga hamda o`ziga bo`lgan ijobiy munosabati aks etadi, yoqimsiz kechinmalarda esa shu narsa va hodisalarga hamda kishining o`ziga bo`lgan salbiy munosabati namoyon bo`ladi.
Lekin hissiyotlar ob’ektiv, sotsial ahamiyatlari jihatidan ham ijobiy va salbiy hissiyotlar deb farq qilinadi. Hissiyotlarga shaxsiy nuqtai nazardan beriladigan baho bilan sotsial nuqtai nazardan beriladigan baho hamisha bir-biriga mavofiq bo`lavermaydi. Sub’ektiv ravishda yoqimsiz, kishini ranjitadigan kechinmalar tariqasidagi ko`pgina hissiyotlar sotsial nuqtai nazardan qaraganda ijobiy hissiyotlar hisoblanadi. Masalan, kishidagi uyalish va vijdon azobi yoqimsiz va xatto qattiq azob hissi bilan kechiriladi. Lekin ijtimoiy nuqtai nazardan qaraganda bu hislar yuksak, ijobiy, ahloqiy hislardir. G`azab va kahr hissi har bir kishida salbiy, noxush kechinma holatida o`tadi. Ammo sotsial nuqtai nazardan qaraganda, nima sababdan tug`ilganligiga va nimaga yunalganligiga qarab, bu hissiyot ijobiy yoki salbiy hissiyot bo`lishi mumkin.
Hissiyot biz idrok qilayotgan, tasavvur qilayotgan va fikr qilayotgan narsalar (ob’ektlar), shuningdek, bizning harakatlarimiz va qiliqlarimiz ta’siri bilan tug`iladi. Narsalar idrok, tasavvur va fikr qilinayotganligi uchungina bizda ayrim tuyg`ular tug`dirib qolmasdan, balki, asosan, bu narsalar bizning ehtiyojlarimiz, manfaatlarimiz bilan u ma’lum bir darajada bog`langanligi uchun bizda turli tuyg`ular tug`diradi. Biz idrok, tasavvur va fikr qilayotgan narsalar bizning ehtiyojlarimizga va manfaatlarimizga aloqasi bo`lmagan taqdirda, bizda sezilarli hissiyotlar tug`dirmaydi. Bunday narsalar ko`pincha e’tiborimizdan chetda qolaveradi.
Shunday qilib, hissiyotlar, bir tomondan, bizning ongimizda aks etayotgan narsalar sababli tug`ilsa, ikkinchi tomondan, bizning ehtiyojlarimiz sababli tug`iladi.
Hissiyotni tug`dirayotgan sabablar, boshqachasiga, hissiyotlarning stimullari yoki manbalari deb ataladi.
Ko`p hollarda bizning emotsional kechinmalarimizning mazmuni biror narsaga bo`lgan intilishlarimiz bilan belgilanadi. Intilishlar esa hamisha ehtiyojni aks ettiradi. Lekin hissiyotlar ehtiyojlar sababli paydo bo`lishi tufayli, intilishlar bilan hissiyotlar bir-biriga ko`shilib ketib, bitta tuyg`u holida namoyon bo`ladi. Bunday hollarda hissiyotlar, odatda, intilishlarni tug`diradi, yoki mavjud intilishlarni kuchaytiradi, shuning uchun hissiyotlarning o`zi ham aktiv tuyg`ular bo`lib qoladi. Hissiyotlarning yo`nalishi, aktivligi intilishlarda namoyon bo`ladi.
Shunday emotsional holatlar ham bo`ladiki, bunda intilish juda sust yoki hech bo`lmaydi. Bu xil passiv hissiyotlarni, odatda, sentimentallik deb ataydilar. Sentimentallik — harakatsiz hissiyot bo`lib, odatda, faqat so`z bilan cheklanib, oh-vohlar, ba’zan ko`z yoshi to`kishdan nariga bormaydi.
Hissiyotlarning aktivlik darajasi kishidagi qo`zg`alish va kuchlanish holatida, yoki tinchish va bo`shashish holatida, yoki kishidagi hamma kuchlar g`ayratga kirgan holatda, yoki bu kuchlar zaiflashgan va bo`shashgan holatda namoyon bo`ladi. Hissiyotlarning mana shu aktivlik darajasiga qarab ular stenik va astenik hissiyotlarga bo`linadi.
Kishining hayotiy faoliyatini oshiradigan, g`ayratini orttiradigan hissiyotlar stenik hissiyotlar deb ataladi. Masalan, nihoyatda xursandlik, gazablanish hislari stenik hissiyotlar qatoriga kiradi. Kishining hayotiy faoliyatini pasaytiradigan, g`ayratini susaytiradigan hissiyotlar astenik hissiyotlar deb ataladi. G`am, g`ussa, ma’yuslik, afsuslanish kabi hissiyotlar mana shunday astenik hissiyotlardir.
Bizda "his" degan termin, ko`pincha, "sezish" degan termin bilan bir ma’noda ishlatiladi. Masalan, ko`pincha, biz "Men yorug`likni sezyapman, men issiqlikni sezyapman" deb gapirish o`rniga, "Men yorug`likni his qilyapman, men issiqlikni his qilyapman" deb gapiramiz.
Sezgi bilan hisni bir-biridan farq qilmok, kerak. Sezgi odamdan mustaqil ravishda mavjud narsa va hodisalarning in’ikosidir, hissiyot esa odamning shu narsalarga va hodisalarga munosabatini ifodalovchi tuyg`ularidir. Sezgilar bizga narsalar va hodisalarning o`zini bildiradi, ammo hissiyot esa odamning shu narsalar va hodisalarga munosabatini, bu narsalar va hodisalar odamda qanday holat tug`dirganligini (yoqimli yoki yoqimsiz holat tug`dirganligini) bildiradi.
II. HISSIYOTNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Emotsional kechinmalar organizmdagi alohida fiziologik protsesslar va o`zgarishlar bilan bog`lik ekanligini har kungi tajribada ko`rish mumkin. Masalan, emotsional kechinmalar vaqtida qon aylanishi o`zgaradi, yurak urishi tezlashadi yoki susayadi. Bir xil emotsional kechinmalar vaqtida odam oqaradi yoki bo`zaradi, ko`karadi. Emotsional protsesslarning yurak faoliyatidagi o`zgarishlar bilan bog`lik ekanligi shu qadar sezilib turadiki, hatto oddiy tilda "his" bilan "yurak" degan so`z bir-biriga o`xshash ma’noda ishlatiladi. Odatda "yuragim orziqib ketdi", "yuragim orqamga tortib ketdi", "yuragim yorilay dedi" deb gapirgan vaqtda, "yurak" so`zi bilan qurqib ketish, sevinish kabi hislar ifodalanadi.
Emotsional kechinmalar vaqtida nafas olish ham o`zgaradi: ayrim kechinmalar vaqtida nafas olish tezlashadi, ayrim kechinmalar vaqtida esa nafas olish susayadi. Shuningdek, ovqat hazm qilish protsesslari va ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ham o`zgaradi. Emotsional protsesslar butun organizmning faoliyatiga ta’sir qiladi.
Odamdagi hissiyotning fiziologik asosi avvalo bosh miya po`stida sodir bo`ladigan protsesslardir.
Bosh miya po`sti hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Buni shu bilan isbot qilish mumkinki, miya yarim sharlari olib tashlangan hayvonlar eng arzimas sabablar bilan kuchli ravishda hayajonga kela beradi. Miya po`sti zaiflangani natijasida bet muskullari falaj bo`lgan kishilar har xil narsalarga va hatto juda arzimas narsaga ham hamisha va qattik kula beradilar. Bosh miya po`stining faoliyati buzilishi natijasida ba’zi kasal kishilarda har xil ta’sirot bu ta’sirotga butunlay muvofiq bo`lmagan teskari emotsional alomatlarni kuzg`atadi — kuldiradi yoki yig`latadi. Bunday hollarda bemor kishilar ko`pincha o`zlari kulib tursalar ham, aslida g`amgin bo`ladilar, ko`z yoshi to`kib esa xursandlik his kiladilar.
Ba’zi hissiyotlar vegetativ nerv sistemasi faoliyatining hamda bu sistema boshqarayotgan organlar faoliyatining oshib ketganligi sababli tug`iladi. Shu sababli, ba’zi emotsional kechinmalar vaqtida qon aylanish organlarining faoliyati, ovqat hazm qiladigan organlar faoliyati kuchayganligini, nafas olish o`zgarganligini, ko`zning nurlanishini, rangning qizarganligini ko`ramiz va hokazo. Bunday hollarda ichki sekretsiya bezlarining faoliyati oshib ketib, ular nerv sistemasini oziqlantiruvchi va qo`zg`atuvchi kerakli moddalarni organizmga ajratib beradi. Bunday emotsional holat chog`ida biz g`ayratimiz oshib ketganligini sezamiz, o`zimizni bardam, ishchan his qilamiz.
Aksincha, boshqa ba’zi bir hissiyotlar vegetativ nerv sistemasi faoliyatining va shu sistemani boshqaruvchi organlar faoliyatining pasayishi sababli tug`iladi. Qayg`u, g`am, qo`rquv singari mana shunday salbiy emotsiyalar chog`ida qon aylanish, ovqat hazm qilish, nafas olish o`zgaradi, kishining rangi oqarib-bo`zarib ketadi, unin ko`zlari nursizlanadi va hokazo.
Ba’zi salbiy hisiyotlar, masalan, g`azab, vahima, ba’zan vegetativ nerv sistemasi faoliyatini oshirib yuboradi. Lekin bunday hollarda ham shu hissiyotlarning salbiy xarakteri shu narsada namoyon bo`ladiki, bunday hissiyotlar tugashi bilan organizm bo`shashib ketadi, kishining tinkasi quriydi, ba’zan esa kishida alohida asabiy betoblik vujudga keladi.
III. HISSIYoTNING TAShQI IFODALANIShI
Psixik protsesslarning hammasi organizmning tashqi o`zgarishlarida va harakatlarida ma’lum darajada ifodalanadi. Lekin odamning hissiyotlari ayniqsa yaqqol ifodalanadi. Emotsional kechinmalar organizmning tashqi o`zgarishlarida shu qadar yaqqol alomatlarda ifodalanadiki, odatda, biz odamning tashqi ko`rinishiga qarab unda qanday hissiyotlar yuz berayotganligini - u xursandmi, yoki xafami, g`azablanganmi, yoki biror nimadan qurqib turganmi, unda muhabbat paydo bo`lganmi, yoki nafrat paydo bo`lganmi, shodlik paydo bo`lganmi, yoki uyalish paydo bo`lganmi, xullas, mana shu hislarning ko`pini aytib bera olamiz. Rang ko`r, hol so`r, degan hikmatli so`zning psixologik ma’nosi bunga misol bo`la oladi. Hissiyotlarning tashqi alomatlarini ifodali harakatlar deb ataladi.
Bizning emotsional kechinmalarimiz mimikada, gavda harakatlarida va imo-ishoralarda ayniqsa yaqqol ifodalanadi. Kishining emotsional kechinmalari fiziologik protsesslarda va yig`i, kulgi, boshqa shu kabilarda ham yaqqol namoyon bo`ladi.
Kishining emotsional kechinmalari uning nutqida ham ifodalanadi. Turli emotsional kechinmalar vaqtida nutqning tezligi o`zgaradi, ko`pincha, nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, ritmiki va intonatsiya o`zgaradi. O`tkazilgan tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, g`amginlik va ma’yuslik hislarini ifodalovchi nutq vaqtida shu nutqni so`zlovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi, nutqning o`zi susayib qoladi, so`zlayotgan kishining tovushi ham bo`linib-bo`linib chiqadi. Xursandlik holatda bir nima so`zlayotgan kishining nutqida bunga butunlay teskari holat namoyon bo`ladi. Turli emotsional kechinmalar vaqtida ovozning titrashi (vibratsiyasi) va uning past-balandligi turlicha o`zgaradi.
Ammo odam o`zining ifodali harakatlarini o`zgartirishi mumkin: u ba’zi harakatlarni tiyib turishi, ba’zilarini esa kuchaytirishi mumkin. Odam sun’iy ravishda yangi ifodali harakatlar yaratishi va shu ifodali harakatlar yordami bilan o`zidagi emotsional kechinmalarni to`liq va xilma-xil qilib ochib berishi mumkin.
Odam o`izining mimikasi va gavda harakatini, shuningdek, tovushini atayin chiroyli qilib ko`rsatishi mumkin. U garchi o`zi muayyan hissiyotlarni kechinmayotgan bo`lsa ham, ammo shu hissiyotlarni ifodalaydigan harakatlar yaratishi mumkin. Chunonchi, artistlar sahnada o`z hislarini emas, balki sun’iy mimika, imo-ishoralar, nutqning innotatsiyasi va shu kabilarni yaratish yuli bilan muayyan ifodali harakatlarni tasvirlab ko`rsatishlari lozim bo`ladi. Har bir kishi ham o`z hissiyotlarining tashqi ifodalarini ma’lum darajada o`zgartirishi mumkin.
Mana shu o`zgartiriladigan va yangidan vujudga keltiriladigan ifodali harakatlar, ya’ni emotsional kechinmalarning tashqi alomatlari kishida mustahkam o`rnashib qolishi, ko`nikma va odatga aylanishi, so`ngra esa hislarning tabiiy ifodasi tariqasida beixtiyor namoyon bo`lishi mumkin.
Ifodali harakatlarning ahamiyati. Odam qanday hissiyot kechirayotganligini biz uning ifodali harakatlaridan bilib olamiz. Bir kishining hislari ifodali harakatlar orqali boshqa kishilarga ham ko`chadi. Shu tarifa xayrixoxlik hissi vujudga keladi, ya’ni xursandlik yoki xafalik bir kishida tug`ilishi bilan bu tuyg`u ifodali harakatlar vositasi bilan boshqa kishiga o`tadi. Ayrim kishilarning ulgisi boshqalarning kulgisini qistatadi. Shu tariqa biz boshqa kishilarning hissiyotlari, qalbi va ongining "ichiga kirib" olganday bo`lamiz.
Shu bilan birga, ifodali harakatlar odamning o`z tuyg`ulariga ham ta’sir qiladi. Bu harakatlar shaxsiy tuyg`ularni kuchaytiradi yoki susaytiradi. Masalan, artistning sun’iy yaratgan ifodali harakatlari shu artistning o`zida shu harakatlarga mos bo`lib tushadigan shaxsiy tuyg`u tug`dirishi mumkin.
Bu faktlar ifodali harakatlar emotsional kechinmalarning tashqi alomati bo`libgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, ifodali harakatlar shu kechinmalar bilan tabiiy ravishda bog`langanligini ham ko`rsatadi. Demak, odamning ifodali harakatlarda namoyon bo`ladigan tuyg`ulari ayni vaqtda bu tuyg`ularning paydo bo`lishi, kuchi jihatidan ham, o`zining barqarorligi jihatidan ham shu harakatlarga ma’lum darajada bog`lik bo`ladi.
III. HISSIYoTNING TURLARI
Hissiyotlar qo`zg`alish xususiyatlariga va mazmuniga qarab bir-biridan farq qiladi.
Hissiyotning qo`zg`alish xususiyatlari deyilganda hissiyotning naqadar tez voke bo`lishi, uning naqadar kuchli va barqaror bo`lishini tushunamiz.
Hissiyotning paydo bo`lish tezligi. Emotsional kechinmalar turli hollarda turlicha tezlik bilan paydo bo`ladi. Ba’zan hissiyotlar juda tez, to`satdan, darhol paydo bo`ladi, masalan, kishi birdan xursand bo`lib ketadi, darhol g`azabga keladi, darhol achchiqlanadi va hokazo. Lekin ba’zan shu hissiyotlarning o`zi daf’atan qo`zgalmaydi, balki asta-sekin tug`ila boshlaydi. Xursandlik ham, g`azab ham, qo`rquv ham asta-sekin qo`zgaladi. (Bunday holatni biz "qo`rqqanligi" yoki "suyunganligi darrov bilinmadi" deb aytamiz.)
Hissiyotning kuchi. Emotsional kechinmalarning kuchi turlicha bo`lishi mumkin. Hissiyotning kuchi avvalo yoqimli yoki yoqimsiz tuyg`ularning naqadar kuchli bo`lishidadir. Shuning uchun xam "juda xursand bo`ldim", "unchalik yoqmadi" va shu kabi iboralar ishlatiladi. Sub’ektiv jihatdan olganda, hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros ila kechirayotganligi bilan ham belgilanadi.
Hissiyotning kuchi intellektual (aql-idrok) protsesslariga ham sezilarlik. Emotsional qo`zg`alishning ma’lum bir darajasida intellektual protsesslar kuchayadi: idrok va tasavvur yaqqolrok, bo`ladi, tafakkur ravishda ta’sir qiladi protsesslari jadallashadi. Lekin ba’zan - ayniqsa kuchli emotsional kechinmalar vaqtida -intellektual protsesslar cheklanadi, sustlashadi va hatto aql-farosat qochadi. Odam o`z hissiyotlarini tiyib tura olmagan paytlarda ko`prok shunday bo`ladi. Paydo bo`lgan tasavvurlar va fikrlar to`xtalib qoladi, yoki yo`qoladi, mantiqiy bog`lanishlar susayadi, tafakkurning kontrollik qiluvchi, tanqidiy faoliyati bo`shashadi yoki butunlay to`xtab qoladi. Odam mana shunday emotsional iztirob holatida qattik hayajonga tushgan yoki hovliqqan paytlarida ko`pincha nojo`ya ishlar qilib qo`yadi, mantiqqa sig`maydigan, sub’ektiv, haqsiz, g`arazli xulosalar chiqaradi, eng oddiy masalalarni ham hal qila olmay qiynalib qoladi, o`z atrofidagi vaziyatni yaxshi payqay olmaydi.
Agar kuchli hissiyotlarni bizning ongimiz boshqarib tursa, bu hissiyotlar bizning prinsiplarimiz tufayli tug`ilgan bo`lsa, bunday kuchli hissiyotlar ijobiy ahamiyat kasb qiladi.
Muayyan narsaga kuchli intilish bilan birga paydo bo`lgan kuchli hislar katta to`siqlarni engishga qodir bo`lgan kuchli harakatlarda ifodalanadi.
Hislarning barqarorligi. Emotsional kechinmalar o`zining barqarorligi bilan ham farq qiladi. Paydo bo`lgan tuyg`u uzok vaqt davom qilganida, buni barqaror hislar deb ataymiz. His paydo bo`lgani hamona tez g`oyib bo`lsa, yoki biror boshqa emotsional kechinmaga o`tib ketsa, bunday hisni beqaror his deb ataymiz.
Hissiyotning kuchi va barqarorligini ularning chuqurligidan farq qilmoq kerak. Hissiyotning chuqurligi, odatda, tasavvurlar va fikrlarning, shuningdek, shu muayyan emotsional kechinma sababli tug`ilgan va shu kechinmalarga muayyan mazmun baxsh etgan intilishlarning boyligi va xilma-xilligi bilan belgilanadi. Chuqur hissiyotlar tasavvurlarga, fikrlarga va intilishlarga boy bo`lgan, odamning e’tiqodi, dunyoqarashi, qiziqish-mayllari bilan bog`lik bo`lgan hissiyotlardir. Chuqur hissiyotlar o`zidan so`ng iz qoldiradi va bu iz uzok vaqtgacha yo`qolmaydi. Ko`pincha tasodifiy idrok va tasavvurlar bilan bog`langan va beqaror bo`lgan yuzaki qizikish-havaslar chuqur bo`lmagan hissiyotlardan hisoblanadi. Odatda bunday vaqtincha, yuzaki qiziqish-havaslar odamning xotirasida biror sezilarli iz qoldirmaydi.
Hislarning ayni vaqtda naqadar tez, kuchli va barqaror bo`lishiga qarab, emotsional holatlarning turlari farq qilinadi. Emotsional holatlarning asosiy turlari kayfiyat, ehtiros, ruhlanish va effektlardir.
Kayfiyat
Kayfiyat - zaif yoki o`rtachi kuchga ega bo`lgan va odatda ancha barqaror bo`lgan emotsional holatdir. Odamdagi ba’zi bir kayfiyat ba’zan bir necha kun, bir necha hafta, bir necha oy va undan ham ko`prok davom qilishi mumkin. Quvnoq kayfiyat, ma’yus kayfiyat, g`amginlik kayfiyati, g`azab kayfiyati va shu kabi kayfiyatlar, yaxshi yoki yomon kayfiyat bo`lib turishi hammaga ma’lum.
Odamning barcha psixik protsesslarida va faoliyatida kayfiyat katta rol o`ynaydi. Tasavvurlar va fikrlarning o`tishidagi tezlikka, shuningdek, tasavvur va fikrlarning mazmuniga hamda yunalishiga kayfiyat ta’sir qiladi. Odamdagi boshqa emotsional kechinmalarning hammasiga kayfiyat, odatda, o`zining ta’sirini o`tkazib turadi, shu kechinmalarning, intilishlarning va harakatlarning aktivligida shu kayfiyat o`zini ko`rsatadi. Masalan, odamning kayfi chog` bo`lsa, u ancha aktivroq, bo`ladi, odam ma’yus bo`lsa, unchalik aktiv bo`lmaydi. Odamning kayfiyati uning tevarak-atrofdagi kishilar va narsalarga munosabatiga ta’sir qiladi. Chunonchi, odam xursand bo`lib turganida, uning ko`ziga hamma narsa yaxshi bo`lib ko`rinadi, odam xafa va ma’yus bo`lib turganida, uning ko`ziga hamma narsa yomon bo`lib ko`rinadi. Ijobiy kayfiyat, xushchakchaklik va xursandlik kayfiyati ustun bo`lib turganida, odam vaqtincha muvaffakiyatsizliklar va xafagarchiliklarni ham osonlik bilan o`tkazib yuboradi.
Ehtiros
Ehtiros ham uzok davom qiladigan va barqaror bo`lgan emotsional holatdir. Lekin kayfiyatdan ehtirosning farqi shuki, ehtiros muayyan harakatga, muayyan ob’ektga muttasil intilishda kuchli suratda ifodalangan kuchli emotsional holatdir. Ehtiros hamisha konkret bir narsaga qaratilgan bo`ladi. Masalan, odamlarda bilimga, ixtirochilikka, musiqaga bo`lgan ehtiros, mehnatga bo`lgan ehtiros mana shunday konkret ehtirosdir. Bular - ijobiy ehtiroslarga misol bo`la oladi.
Ruhlanish
Emotsional holatning bir turi bo`lgan ruhlanish turli faoliyatlarda namoyon bo`ladi. Kishidagi ruhlanish muayyan maqsadga, muayyan faoliyatga katta kuch va istak bilan intilishdan iboratdir. Ruhlanish ba’zan qisqa muddat, ba’zan esa uzoq muddat davom etadi.
Affektlar
Tez paydo bo`ladigan, nihoyat darajada kuchli, g`oyat jo`shqinlik bilan o`tadigan qisqa muddatli emotsional holatlar affektlar deb aytiladi. Masalan, birdaniga achchiqlanish, g`azablanish, to`satdan qurqish va shu kabi holatlar affektlarning bir ko`rinishidir. Affektlar ko`pincha to`satdan paydo bo`ladi va ba’zan bir necha daqiqa davom etadi. Affekt holatida kishining ongi, tasavvur qilish va fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Mana shunday kuchli emotsional ko`zg`alish shiddatli harakatlarda, tartibsiz gaplarni gapirib yuborishda, ko`pincha, baqirib yuborish tarzida namoyon bo`ladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda, "portlash" singari birdaniga boshlanib ketadi.
Hislarni mazmuniga qarab farq qilish
Hissiyotlarning mazmuni, bir tomondan, odamning ehtiyoji bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, shu hissiyotlarning tug`ilishiga sababchi bo`lgan faoliyat va idroklar, tasavvurlar, fikrlar bilan belgilanadi.
V. INTELLEKTUAL HISLAR
Odamning aqliy faoliyati bilan bog`liq bo`lgan hislar intellektual hislar deb ataladi. Taajjublanish va hayratda qolish hislari, biror narsani bilishga va ko`rishga qiziqish hislari, ishonch va shubhalanish hislari mana shunday intellektual hislardir. Bunday hislar har xil nazariy va amaliy masalalarni quyish, shunday masalalar va vazifalarni hal qilish vaqtida, kashfiyotlar, ixtirolar qilish vaqtida, biror yangilikni o`zlashtirish va bilish vaqtida paydo bo`ladi va tuyg`udan kechiriladi.
VI. MA’NAVIY HISSIYoTLAR
Odamlar o`zlari yashab turgan jamiyat tomonidan qabul qilingan ahloqiy prinsinlarini ado etishlari yoki buzishlari sababli, odamlarda paydo bo`ladigan hislar ma’naviy, yoki ahloqiy hislar deb ataladi. Bu prinsiplar, shuningdek, odat qatoriga kirib qolgan ahloqiy normalar va qoidalar nimalarni "yaxshi" va "yomon", nimalarni "adolatli" va "adolatsiz", nimani "haq" va "nohaq" deb hisoblash kerakligini belgilab beradi.
Odamlarning ahloqiy qoidalarga va qarashlarga muvofiq bo`lgan harakatlari va qiliqlari ma’naviy, ahloqiy harakatlar va qiliqlar hisoblanadi, shu ahloqiy qoidalarga va qarashlarga tug`ri kelmagan, shu qoidalar va qarashlarni buzadigan harakatlar esa ahloqqa tug`ri kelmaydigan harakatlar yoki ahloqsizlik deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |