Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o’rganuvchi sohalar. yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o’rganadi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo’linadi.
patopsixologiya- miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o’rganadi.
Inson va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari. 1. Ijtimoiy psixologiya – uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o’zaro taьsir jarayonida paydo bo’ladigan psixologik hodisalarni o’rganadi.
2. Differentsial psixologiya – shaxs shakllanishining individual psixologik yo’naltirilganligi kabi xususiyatlarni o’rganadi.
3. Din psixologiyasi – inson ongiga diniy qarashlarning taьsiri masalalarini o’rganadi.
4. Etnopsixologiya – inson psixologiyasining etnik xususiyatlari, milliy xarakter, milliy tuyg’u, milliy g’oya, o’z-o’zini anglash, etnik stereotip, ularning qonuniyatlari va vujudga kelish xususiyatlarini o’rganadi.
5. Boshqaruv psixologiyasi – bu psixologiya fanining shunday sohasiki, unda inson tomonidan – boshqarishning psixologik tomonlarini o’rganadi.
Shu bilan birga psixologiyaning bir qator tadbiqiy sohalari ham mavjud.
Eksperimental psixologiya – eksperimental metodlar yordamida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida, eksperimental tadqiqotlar o’tkazishda asosiy rolь o’ynagan.
Ekstremal psixologiya – insonnning o’zgargan muhit shart-sharoitlarida psixik faoliyatning kechishi qonuniyatlarini o’rganadigan psixologiya sohasi.
Psixofiziologiya – odamlarning individual psixologik va psixofizio-logik farqlarini tadqiq qiluvchi, psixologiya sohasi.
Siyosiy psixologiya – jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta’sirchanlik va ta’sir ko’rsatish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Oila psixologiyasi – oila psixologiyasini o’rganuvchi, fanlararo tadqiqot qilishga yo’nalgan psixologiya sohasi.
Parapsixologiya – hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, tushuntirish qiyin bo’lgan psixik hodisalarni o’rganadi. Fan rivojlanib, taraqqiy etib borishi jarayonida uning sohalari ham kengayib bormoqda.