Psixologiyaning tarmoqlari Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi. Bu sohalar o’ziga xos ob’ektga ega bo’lib, bir-biridan farq qiladi. Shu bois fan sohalarini o’rganish qulay bo’lishi uchun tarmoqlarni ma’lum tizimga keltirish maqsadida ma’lum guruhlarga tasniflash joriy qilingan. Bu borada professor A.V.Petrovskiy psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi:
Aniq faoliyat turlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari.
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari.
Shaxs va jamiyatga bo’lgan munosabatni o’rganuvchi psixologiya sohalari.
Aniq faoliyat turiga ko’ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud:
mehnat psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o’rganadi. Mehnat psixologiyasining bir nechta bo’limlari mavjud;
muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o’rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o’rganadi;
aviatsiya psixologiyasi- uchishga o’rganish jarayoni va uchish moslamalarini boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o’rganadi;
kosmik psixologiya - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga juda ko’p ortiqcha ta’sirlar yuklangan paytda asab va ruhiy zo’r berish bilan bog’liq bo’lgan alohida holatlar tug’ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o’rganadi.
Pedagogik psixologiya-uning predmeti o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganish, o’quvchilar tafakkurini taraqqiy topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o’zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o’rganadi. Pedagogik psixologiya bo’limlari quyidagilardir:
ta’lim psixologiyasi;
tarbiya psixologiyasi;
v) o’qituvchi psixologiyasi;
Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud:
neyropsixologiya — psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o’rtasidagi nisbatni o’rganadi;
psixofarmakalogiya — dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta’sirini o’rganadi;
v) psixoterapiya — bemorni davolash uchun ruhiy ta’sir vositalarini o’rganadi;
Yuridik psixologiya-xuquq tizimi bilan bog’liq bo’lgan psixologik masalalarni o’rganadi. Uning quyidagi tarmoqlari mavjud.
sud psixologiyasi - jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy xususiyatlarini tahlil qiladi;
kriminal psixologiya - jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga doir psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug’ullanadi.
Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori bilan bog’liq hodisalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini, psixologik targ’ibot metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini o’rganadi.
Sport psixologiyasi - sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, ularning psixologik jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq psixologik omillarni o’rganadi.
Savdo psixologiyasi – asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo’lib, kishilar ruhiyatiga tijorat ta’sirini psixologik shart-sharoitini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Modalar psixologiyasini tadqiq qiladi.
San’at psixologiyasi — san’at asarlarining yaratilishida faoliyat-ning psixologik tomonlarini, inson tomonidan badiiy asarlarni idrok etilishi, turli hodisalarni paydo bo’lishi va estetik tarbiya muammolari, musiqaviy, badiiy, adabiy qobiliyatlarni shakllantirish va tarbiyalash muammolarini o’rganadi.
Ilmiy ijodiyot psixologiyasi ilmiy faoliyatning psixologik xususiyatlari, ijodiyotda intuitsiya va ilhomni tadqiq qiladi.