1-mavzu Psixologiya fanining predmeti, maqsad va hozirgi kundagi dolzarb vazifalari
S p o r t psixologiyasining mavzu bahsi sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlarini ularni psixologik jihatdan tayyorlashning shart-sharoitlari va vositalarini, sportchilarning qanchalik mashq qilganliklari va o’zlarini safarbar qilishga qanchalik tayyor ekanliklarini ko’rsatuvchi psixologik o’lchovlarni, sport musobaqalarini tashkil qilish va o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan sharoitlarni hamda fizkultura va sport ta’limining psixologik asoslarini va yoshlarda sport malakalarini egallash qonuniyatlarini o’rganishdan iborat.
Psixologiya tarmoqlari orasida s a n ‘ a t psixologiyasining alohida ahamiyati bor. Bu soha shaxsning san’atga munosabat yo’llarini, san’at asarlarini to’g’ri idrok qilish qonuniyatlarini, san’at asarlaridan turlicha zavq-shavq olish sabablarini hamda san’at asarlari ta’sirida odamda turli kechinmalarning manbalarini o’rganadi.
Mamlakatimizda so’nggi yillarda chet ellar bilan savdo-sotiq ishlari keng yo’lga qo’yilyapti. Qo’shma korxonalar hayotimiz uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda jonbozlik ko’rsata boshladi. Buning natijasida psixologiya fanlari tizimida savdo psixologiyasiga ehtiyoj vujudga keldi. Savdo psixologiyasi savdo xodimi va xaridor o’rtasidagi munosabatning psixologik asoslarini, xaridorga madaniy xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini, oluvchi va sotuvchining yosh va individual xususiyatlarini, modalar va reklamalar ta’sirining psixologik sharoitlari mavzusida bahs etadi.
Ijtimoiy psixologiyaning muhim bir sohasi sh a x s psixologiyasi deb yuritiladi. Bu tarmoq inson shaxsining individual xususiyatlarini - xarakteri, temperamenti, qobiliyati, xulq-atvorining yetakchi omillari, kasb-hunarga moyilligi, ko’nikmalari va odatlarini o’rganadi. Shaxs psixologiyasining xarakteriologiya, individual psixologik ayirmalar tipologiyasi, professiografiya (shaxsning u yoki bu kasbga yaroqli, qobiliyatli ekanini aniqlovchi soha) kabi bo’limlari ham bor.
Hozirgi psixologiyaning nisbatan yangi sohalaridan biri