1 - MAVZU. PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, MAQSADI VA
VAZIFALARI .
Reja:
1.
Psixologiya fanining predmeti va maqsadi.
2.
Psixologiyaning vazifalari.
3.
Psixologiyaning fanining rivojlanish tarixi.
1.
Psixologiya fanining predmeti va maqsadi.
Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga deyarli 160
yil bo’ldi. Shu davr ichida juda ko’plab ilmiy tadqiqot natijalarini o’z ichiga olgan
monografiyalar, darsliklar, qo’llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning jamiyat
hayotida tutgan o’rni juda oshib ketdi, deb bo’lmaydi. Sababi, psixologiya sohasida
faoliyat ko’rsatgan barcha olimlar ko’prok diqqatlarini mavxum shaxs va individual
psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat
taraqqiyyotiga bevosita ta’siri masalasi hozirgi davrga kelib, o’ta dolzarb va muhim
muammolar qatoridan joy oldi.
XX asrda insoniyat texnika, elektronika va boshqa shunga o’xshash murakkab
texnologiyalarni yaratgangani bilan xarakterlansa-da, vaqti kelganda, shunday
xolatga duch kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o’ta aqlli inson o’zi
va o’zi atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to’g’ri baholay olmasligi sababli,
o’zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotladi. XXI asrda juda
ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib o’rin olgan mustaqil
O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning
barchasi
inson omilini
har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarib, uning kuchi,
idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot,
rivojlanish va tsivilizatsiya bilan uzviy bog’ladi. Bundan inson va uning
mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida qayg’urishi
muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.
Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish,
har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga
psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y
berayotgan jarayonlarni ob’ektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish
muammosini ilgari surdi.
Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o’z ichki imkoniyatlarini adekvat
bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni
talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o’z davrida «O’z - o’zingni bil!» degan shiorni
o’rtacha tashlagan bo’lsa, yangi davr «o’z yoningdagilarni va ularning qilayotgan
ishlarini ham bil», degan shiorni har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Ayni shu
muammoni yechishda hozirgi zamon psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya
kattadir.
An’anaga aylanib qolgan hodisalardan biri shuki, psixologiya va u o’rganadigan
hodisalarni faqatgina ushbu fan bilan bevosita shug’ullanadigan kimsalar o’rganib
kelishgan, zero, psixologik hodisalar bilan har qanday inson ham tanish bo’lishi va u
inson hayotining asosini tashkil etishi kerak. Yangi davr va uning o’zgarishlarga boy
hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar qonuniyatlarini bilish va shunga mos
tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish zaruratini talab qilmoqda.
Psixologiyaning fan sifatida dunyoga kelishi va rivojlanishi ko’plab olimlarning
ilmiy adabiyot va darsliklarida bayon etilgan. Frantsiyalik olim J.Godfruaning
―Chto takoe psixologiya‖ nomli 2-jilddan iborat kitobida antik dunyodan boshlab
inson psixikasi, uning qalbi, hislari, xulqi masalalari diqqat markazda bo’lgan
ekanligi, psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida faylasuflarning qarashlari, tabiiy
fanlar rivoji, 17-asrdan boshlab falsafa fanidan turli fanlarning ajralib chiqishi, 18 va
19-asrlarda Kondilyak, Lokk, Yum yondashuvlari asoslab berilgan. Psixologiyaning
Fan sifatida rivojlanishida nemis psixologi va fiziologi Vilgelm Vundt (1832-
1920)ning xizmati, uning tomonidan maxsus tajribaviy sinov laboratoriyalarining
tashkil etilishi va mohiyati ochib berilgandir. Demak, psixologiya 1879-yilda
Leyptsig Universitetida nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundt tomonidan
birinchi psixologik laboratoriya tashkil etilib, unda ilmiy asosda turli tajribalar
o’tkazish boshlangandan keyin mustaqil fan sifatida tan olingan.
Psixologiyaning paydo bo’lishi va fan sifatida e’tirof etilishida biologik, ijtimoiy,
bixevior (xulqga ko’ra), kognitiv, psixoanalitik, gumanistik, sotsial-psixologik
yo’nalishlar va ularning asoschilari bayon etilgan. (Godfrua J. CHto takoe
psixologiya: V 2-x t. T.1. Per. s frants. M., Mir, 1992. -496 s. 57-80-b.)
Rossiyalik psixolog olim R.S.Nemov uch jilddan iborat ―Psixologiya‖ kitobida
psixologiya atamasi 16-asrda birinchi marta qo’llanilganligini, ong va o’zini kuzatish
tufayli inson o’zidagi psixik xolatlarni o’rgana borganligini, keyinchalik insonning
faoliyati sohasida shu psixik jarayonlarni o’rganish zarurati yetilganligini izohlab
bergan. (Nemov R.S. Psixologiya: Uchebnik dlya stud. Vuzov., Kn. 1.: 688 s. 8-12
b.)
O’zbek
psixolog
olimlari
E.G’oziyev,
M.Xolmuxamedov,
X.Ibrohimovlarning ―Psixologiya metodologiyasi‖ o’quv qo’llanmasida psixologiya
fanining falsafa va tabiatshunoslik fanlari negizida paydo bo’lganligi yetarlicha
dalillar vositasida ko’rsatib berilgan. E.G’oziyevning 2 jilddan iborat ―Umumiy
psixologiya‖ darsligida psixologiya fanining predmeti, bu fanning vujudga kelshi,
asosiy sohalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari, psixologiyaning metodologiyasi
va printsiplari, faoliyat, uning tuzilishi, shaxs va uning tuzilmasi, shaxs psixikasining
namoyon bo’lish shakllari, shaxsning psixologik xususiyatlaridan qobiliyat,
temperament, xarakter kabilar keng va batafsil yoritib berilgan. O’zbek
psixologiyasida shaxsning rivojlanishida faoliyat, faoliyat tuzilmasi, kasbiy faoliyat
xususiyatlari M.G.Davletshin tomonidan o’rganilgan. Shaxsning ijtimoiy ta’sirlar
mahsuli ekanligi, shaxs va jamiyat munosabatlarining o’ziga xos tomonlari,
jamiyatning bir bo’lagi sifatida oila institutining psixologiyasi masalalari
G’.B.SHoumarov, N.A.Sog’inov, B.M.Umarov ishlarida o’rganilgandir. Oila
maskanining milliy, xududiy, an’anaviy xususiyatlarini o’zbek, tojik, qirg’iz,
qoraqalpoq, rus oilalari misolida maxsus tadqiq etish, uning motivlari, shaxslararo
munosabatlari, nikoh qurish omillari jihatidan o’rganish ishlarini psixologlardan
M.Utepbergenov, R.Dushanov, Ye.Morshinina, Sh.Jo’rayevalarning ilmiy ishlaridan
ko’rinadi. Psixologiya fanida tafakkur xususiyatlarini maxsus o’rganish va tadqiq
etish ishlari R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova ilmiy ishlarida kuzatiladi. SHu o’quv
qo’llanmaning mualliflaridan biri V.M.Karimova o’zining bir qator kitoblarida
psixologiyaning ijtimoiy psixologiyaga aloqador muammolarini, chunonchi
rahbarlik, liderlik, muloqot, samarali ta’sir mexanizmlari, guruh va shaxs
psixologiyasi muammolarini; umumiy psixologiyaga aloqador tafakkur, uni
rivojlantirish usullarini, shaxsda mustaqil tafakkurni namoyon bo’lishi va uni
samaradorligiga oid masalalarni ko’rsatib bergan. Shuningdek, bu muallifning ilmiy
yo’nalishlari oila, yoshlarning oila to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlari muammolariga
qaratilgandir.
Dostları ilə paylaş: |