sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi
(huquqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo
psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya,
sport psixologiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o’z
predmetiga ega bo’lib, amaliy sotsial psixolog, injener (muhandis) psixolog,
oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o’z
ichiga qamrab olgan.
Alohida takidlab o’tish kerakki, psixologiya fani ko’hna tarixga ega bo’lishga
qaramay,
u juda navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi
V.Vundt tomonidan 1879 yilda Leyptsig (Germaniya) universitetida asos
solingan birinchi eksperimental laboratoriya ochilishidan boshlanadi.
Shuning uchun refleksiyani (lotincha
reflexus
o’zining ruhiy holatini tahlil
qilish degani) ilmiy jihatdan o’rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga
kiritish davri (mavridi) keldi.
Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo’lgan
bo’lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi
aniqlangani yo’q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo’nalishdagi
sohalar bo’yicha to’plangan maъlumotlar,
qonuniyatlar birlashuvining
mahsuli deb atash mumkin. Ammo psixologiyaning tarkibida ham gumanitar,
ham ijtimoiy bilimlar mavjud bo’lishidan qatъi nazar, u alohida xususiyatga
ega bo’lgan mustaqil fandir. Chunki psixologiya fani yaqqol inson fazilati,
muayyan taraqqiyot xususiyatlari, mexanizmlari, qonuniyatlari, o’ziga xoslik,
alohidalik, yakkahollik tabiati yuzasidan bahs yuritiladi. Psixologiya fanini
tahlil qilishda uning qay fan sohasi bilan aloqasini aniqlashdan ko’ra ilmiy va
kundalik turmush psixologiyasi o’rtasidagi munosabat to’g’risida mulohaza
yuritish maqsadga muvofiqdir. Ma'lumki, har qanday fan negizida
odamlarning turmush va amaliy tajribasi muayyan darajada o’z aksini topgan
bo’ladi. Masalan, kimyo predmeti
moddalarning xususiyatlari, ularning
zichligi, og’irligi, o’zaro birikuvi to’g’risidagi kundalik turmush bilimlariga
suyanadi, matematika fani sonlar, miqdoriy munosabatlar, geometrik
shakllarning xossalari, trigonometrik funktsiyalar haqidagi inson tasavvurlari
asosiga quriladi. Lekin psixologiya yuzasidan ana shunday mulohazalar
yuritish yoki bildirish mumkin emas, chunki uning zamirida tubdan boshqacha
o’ziga xoslik yotadi. Har qaysi shaxs kundalik turmushning o’ziga xos
psixologik bilimlarini egallagan bo’lib, o’z
saviyasi, salohiyati bilan turlicha
kamolot ko’rsatkichiga egadir, hatto turmush tajribasida to’plangan bilimlar
ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq turishi ham mumkin (qari bilganni pari
bilmas). Chunki, yirik yozuvchilar (shaxslararo munosabat va muomala,
muloqot xususiyatlari yuzasidan kuzatuvchanlikka egadirlar), shifokorlar,
o’qituvchilar, ruhoniylar, savdogarlar uzluksiz ravishda kishilar bilan
muomalaga kirishishlari natijasida ularning ichki dunyosi va xulq-atvoriga oid
bilimlar bilan yuksak darajada qurollangandirlar. Har bir insonda ozmi yoki
ko’pmi
psixologik bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir -
birlarini tushunishlari, tasir o’tkazishlari, xulq-atvor oqibatini oldindan
bashorat qilish, kishining yakka xususiyatlarini hisobga olgan ho lda unga
yordam ko’rsatishni takidlab o’tishning o’zi kifoya.
«Psixologiya» so’zi ikkita grek so’zlaridan -
«psyche»
- jon, ruh va «
logos
»-
ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga
aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha
qilib aytganda, psixologiyaning predmeti har birimizning tashqi olamni va o’z-
o’zimizni bilishimizning
asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va
shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning
predmetini qisqacha qilib,
Dostları ilə paylaş: