1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 467,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix20.11.2023
ölçüsü467,83 Kb.
#163961
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. R



1 - MAVZU. PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, MAQSADI VA 
VAZIFALARI . 
Reja: 
1.
Psixologiya fanining predmeti va maqsadi.
2.
Psixologiyaning vazifalari.
3.
Psixologiyaning fanining rivojlanish tarixi.
1.
Psixologiya fanining predmeti va maqsadi.
Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga deyarli 160 
yil bo’ldi. Shu davr ichida juda ko’plab ilmiy tadqiqot natijalarini o’z ichiga olgan 
monografiyalar, darsliklar, qo’llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning jamiyat 
hayotida tutgan o’rni juda oshib ketdi, deb bo’lmaydi. Sababi, psixologiya sohasida 
faoliyat ko’rsatgan barcha olimlar ko’prok diqqatlarini mavxum shaxs va individual 
psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat 
taraqqiyyotiga bevosita ta’siri masalasi hozirgi davrga kelib, o’ta dolzarb va muhim 
muammolar qatoridan joy oldi.
XX asrda insoniyat texnika, elektronika va boshqa shunga o’xshash murakkab 
texnologiyalarni yaratgangani bilan xarakterlansa-da, vaqti kelganda, shunday 
xolatga duch kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o’ta aqlli inson o’zi 
va o’zi atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to’g’ri baholay olmasligi sababli, 
o’zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotladi. XXI asrda juda 
ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib o’rin olgan mustaqil 
O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning 
barchasi 
inson omilini
har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarib, uning kuchi, 
idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, 
rivojlanish va tsivilizatsiya bilan uzviy bog’ladi. Bundan inson va uning 
mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida qayg’urishi 
muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.
Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, 
har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga 


psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y 
berayotgan jarayonlarni ob’ektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish 
muammosini ilgari surdi.
Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o’z ichki imkoniyatlarini adekvat 
bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni 
talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o’z davrida «O’z - o’zingni bil!» degan shiorni 
o’rtacha tashlagan bo’lsa, yangi davr «o’z yoningdagilarni va ularning qilayotgan 
ishlarini ham bil», degan shiorni har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Ayni shu 
muammoni yechishda hozirgi zamon psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya
kattadir.
An’anaga aylanib qolgan hodisalardan biri shuki, psixologiya va u o’rganadigan 
hodisalarni faqatgina ushbu fan bilan bevosita shug’ullanadigan kimsalar o’rganib 
kelishgan, zero, psixologik hodisalar bilan har qanday inson ham tanish bo’lishi va u 
inson hayotining asosini tashkil etishi kerak. Yangi davr va uning o’zgarishlarga boy 
hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar qonuniyatlarini bilish va shunga mos 
tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish zaruratini talab qilmoqda.
Psixologiyaning fan sifatida dunyoga kelishi va rivojlanishi ko’plab olimlarning 
ilmiy adabiyot va darsliklarida bayon etilgan. Frantsiyalik olim J.Godfruaning 
―Chto takoe psixologiya‖ nomli 2-jilddan iborat kitobida antik dunyodan boshlab 
inson psixikasi, uning qalbi, hislari, xulqi masalalari diqqat markazda bo’lgan 
ekanligi, psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida faylasuflarning qarashlari, tabiiy 
fanlar rivoji, 17-asrdan boshlab falsafa fanidan turli fanlarning ajralib chiqishi, 18 va 
19-asrlarda Kondilyak, Lokk, Yum yondashuvlari asoslab berilgan. Psixologiyaning 
Fan sifatida rivojlanishida nemis psixologi va fiziologi Vilgelm Vundt (1832-
1920)ning xizmati, uning tomonidan maxsus tajribaviy sinov laboratoriyalarining 
tashkil etilishi va mohiyati ochib berilgandir. Demak, psixologiya 1879-yilda 
Leyptsig Universitetida nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundt tomonidan 
birinchi psixologik laboratoriya tashkil etilib, unda ilmiy asosda turli tajribalar 
o’tkazish boshlangandan keyin mustaqil fan sifatida tan olingan.


Psixologiyaning paydo bo’lishi va fan sifatida e’tirof etilishida biologik, ijtimoiy, 
bixevior (xulqga ko’ra), kognitiv, psixoanalitik, gumanistik, sotsial-psixologik 
yo’nalishlar va ularning asoschilari bayon etilgan. (Godfrua J. CHto takoe 
psixologiya: V 2-x t. T.1. Per. s frants. M., Mir, 1992. -496 s. 57-80-b.)
Rossiyalik psixolog olim R.S.Nemov uch jilddan iborat ―Psixologiya‖ kitobida 
psixologiya atamasi 16-asrda birinchi marta qo’llanilganligini, ong va o’zini kuzatish 
tufayli inson o’zidagi psixik xolatlarni o’rgana borganligini, keyinchalik insonning 
faoliyati sohasida shu psixik jarayonlarni o’rganish zarurati yetilganligini izohlab 
bergan. (Nemov R.S. Psixologiya: Uchebnik dlya stud. Vuzov., Kn. 1.: 688 s. 8-12 
b.)
O’zbek
psixolog
olimlari
E.G’oziyev,
M.Xolmuxamedov, 
X.Ibrohimovlarning ―Psixologiya metodologiyasi‖ o’quv qo’llanmasida psixologiya 
fanining falsafa va tabiatshunoslik fanlari negizida paydo bo’lganligi yetarlicha 
dalillar vositasida ko’rsatib berilgan. E.G’oziyevning 2 jilddan iborat ―Umumiy 
psixologiya‖ darsligida psixologiya fanining predmeti, bu fanning vujudga kelshi, 
asosiy sohalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari, psixologiyaning metodologiyasi 
va printsiplari, faoliyat, uning tuzilishi, shaxs va uning tuzilmasi, shaxs psixikasining 
namoyon bo’lish shakllari, shaxsning psixologik xususiyatlaridan qobiliyat, 
temperament, xarakter kabilar keng va batafsil yoritib berilgan. O’zbek 
psixologiyasida shaxsning rivojlanishida faoliyat, faoliyat tuzilmasi, kasbiy faoliyat 
xususiyatlari M.G.Davletshin tomonidan o’rganilgan. Shaxsning ijtimoiy ta’sirlar 
mahsuli ekanligi, shaxs va jamiyat munosabatlarining o’ziga xos tomonlari, 
jamiyatning bir bo’lagi sifatida oila institutining psixologiyasi masalalari 
G’.B.SHoumarov, N.A.Sog’inov, B.M.Umarov ishlarida o’rganilgandir. Oila 
maskanining milliy, xududiy, an’anaviy xususiyatlarini o’zbek, tojik, qirg’iz, 
qoraqalpoq, rus oilalari misolida maxsus tadqiq etish, uning motivlari, shaxslararo 
munosabatlari, nikoh qurish omillari jihatidan o’rganish ishlarini psixologlardan 
M.Utepbergenov, R.Dushanov, Ye.Morshinina, Sh.Jo’rayevalarning ilmiy ishlaridan 
ko’rinadi. Psixologiya fanida tafakkur xususiyatlarini maxsus o’rganish va tadqiq 
etish ishlari R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova ilmiy ishlarida kuzatiladi. SHu o’quv 


qo’llanmaning mualliflaridan biri V.M.Karimova o’zining bir qator kitoblarida 
psixologiyaning ijtimoiy psixologiyaga aloqador muammolarini, chunonchi 
rahbarlik, liderlik, muloqot, samarali ta’sir mexanizmlari, guruh va shaxs 
psixologiyasi muammolarini; umumiy psixologiyaga aloqador tafakkur, uni 
rivojlantirish usullarini, shaxsda mustaqil tafakkurni namoyon bo’lishi va uni 
samaradorligiga oid masalalarni ko’rsatib bergan. Shuningdek, bu muallifning ilmiy 
yo’nalishlari oila, yoshlarning oila to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlari muammolariga 
qaratilgandir.

Yüklə 467,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin