ravnaqiga xizmatini ta’minlash qanchalik dolzarb bo’lsa, ana shu texnikaga har bir
oddiy fukaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va «odam - mashina»
dialogining eng samarali yo’llarini izlab topishi juda muhim. Texnika bilan bemalol
«tillashadigan» malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham texnika fanlari
pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina, muvaffaqiyatga
erishadi.
Iqtisodiyot
bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik
bo’lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma - bosqich o’tish sharoitida
iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish qonuniyatlarini
o’rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. Yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning
jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo’lga kiritgan
yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa,
iqtisodiyot o’z navbatida iqtisodiy islohotlarning ob’ekti hamda sub’ekti bo’lmish
inson omilidagi barcha psixologik o’zgarishlarni aniqlash, tahlil qilish va shu asnoda
bashorat qilish vazifasini yechishi kerak.
Yuqorida ta’kidlangan fan tarmoqlari psixologiya bevosita uzviy aloqada
rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji uchun
inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o’sha barcha fanlar bilan aloqada
va hamkorlikda rivojlanadi.
Shuning uchun bugungi kunda psixologiya fanidan alohida bo’lib ajralib
chiqqan tarmoqlar to’g’risida ham fikr yuritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: