imidjini omma ongiga singdirish paytlarida psixologik ta’sir vositalaridan o’rinli
foydalanish, maslahatlar berish va ayrim guruhlar e’tiqodiga ta’sir etish kerak
bo’lganda kerak bo’ladi.
Siyosiy sohada ishlayotgan psixolog ishining o’ziga xos jihatlari bo’lib, unga
quyidagilar kiradi:
a) siyosatda psixolog aralashuvi ko’pchilik ommaga bevosita aloqador bo’lmaydi;
b) zarurat tug’ilganda, psixolog shunday tez va ishonchli o’lchaydigan metodikalarni
ishlatadiki, ularning natijalari sir saqlanib, o’sha buyurtmachi - siyosatchining
talabiga ko’ra izlanishlar olib boriladi;
v) psixolog har bir siyosatchi uchun shunday ishonchli shaxs bo’lishi lozimki, undan
odamlarning qayfiyatlari, reaktsiyalari, his - kechinmalari xususida aniq ma’lumotlar
so’raladi;
g) o’ziga xos qiyinchilik shundan iboratki, jamoatchilik psixolog kiyofasida
ko’pincha liderning bevosita «odamini» ko’rishga moyil bo’lib, liderning o’zi ham
ba’zan o’ta professional psixologdan hadiksirab qolishi mumkin.
Shuning uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, zarur paytlarda siyosiy arboblar
psixolog xizmatiga murojaat qilishlari va undan asosan biror jiddiy ijtimoiy
proektlarni qabul qilish jarayonida yordam berishini so’rash mumkin. Buning uchun
psixologdan jamoatchilik fikrini psixologik tahlil qilib berish, va shu asosda
fukarolarning ustanovkalari va kayfiyatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni
birgalikda ajratish vazifasini hal qilishlari mumkin. Saylov oldi kompaniyalarda esa,
psixologning asosiy vazifasi odamlarning kayfiyatini o’rgangan xolda da’vogar
imidjini shakllantirishga, odamlarga yoqtirishga sabab bo’ladigan shaxsiy fazilatlar
algoritmini tuzish, omma oldiga chiqishga psixologik tayyorlash, raqiblarning
bahslashish madaniyati va etikasi borasida psixologik yo’l - yo’riq va usullar
borasida ma’lumotlar almashinish kerak bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: