3.3. Oila va nikox borasidagi tadbiqiy ishlar.
O’zbekistonda endi shakllanayotgan, lekin nazariy nuqtai nazardan ma’lum
an’analarga ega bo’lgan sohadir. Shuning uchun Respublikamizda oila muamolarini
maxsus tadqiq etadigan ilmiy-amaliy ―Oila‖ markazi ham tashkil etilganki, bu
markazda turli sohaga aloqador mutaxassislar oilani shaxs ijtimoiylashuvining asosiy
maskanlaridan biri sifatida o’rganib kelmoqdalar. Oila va unga bog’liq muammolarni
ilmiy o’rganishda ushbu yo’nalishlarda ishlar olib borilmoqda: oila qurish motivlari,
oilada otaona va farzand orasidagi munosabatlar, oilada er va xotin orasidagi
munosabatlar, oilalarning etnik belgilariga ko’ra psixologik xususiyatlari, oilada
ajralish va uning shaxs psixologiyasiga ta’siri, oilaning to’liq va noto’liq turlari,
ularning shaxs o’z-o’zini baholashiga ta’siri, oila haqidagi turli yoshdagi
shaxslarning tasavvurlari, oila mustahkamligiga ta’sir etuvchi omillar. Oila bilan
bog’liq muammolar doimo shaxsni tashvishlantirgani bois psixolog bu yerlarda
yoshlardagi oila va nikoh borasidagi tasavvurlarning to’g’ri shakllanishidan tortib,
toki muammoli, hattoki, ajrim bo’lgan oila a’zolariga psixologik maslahatlar berish,
«ishonch telefonlari» orqali maslahatlar uyushtirishni o’z zimmasiga oladi.
3.4. Maorif sohasidagi amaliy ishlar.
Boshqa sohalarga nisbatan anchagina yaxshi tajribaga ega. Ayniqsa,
O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi qabul qilingandan so’ng tashkil
qilingan yangi tipdagi ta’lim muassasalari - akademik litseylar va oliy ta’limlarga bir
nechtadan psixologlar shtati kiritilgan va ular aynan tadbiqiy muammolar - bolaning
o’quv jarayoniga psixologik jihatdan tayyorligini diagnostika qilishdan tortib,
professional va kasb mahoratini rivojlantirishgacha bo’lgan barcha muammolarni hal
qilishga «aralashadi». Shuning uchun respublikamizda shaxsni bolalik, o’smirlik,
o’spirinlik davrlarida o’qish faoliyatiga, kasbiy faoliyatga yo’naltira olishni
diagnostika qilish markazlari tashkil etilgan. Bu o’z navbatida har bir shaxsning o’z
tug’ma va orttirilgan qobiliyatlarini to’g’ri yo’naltira olishi va namoyon eta olishiga
imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |