olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma - xilki, biz
ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning
bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan ob’ektiv
hodisalar mohiyatiga
aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash,
o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan xolda faoliyatini
oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir
ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda
tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki,
atrofimizdagi
narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin
psixikaga aloqador bo’lgan
jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y
berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan
biri bizga yokadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u
yoki bu hatti - harakatlarini bevosita ko’rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan
his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’rishmay qolganimizda uni sog’inayotganligimiz
bilan bog’liq hisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan
shunga o’xshash holatlar psixologiya o’rganadigan hodisalar va holatlarning o’ziga
xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ular boshqa turli hodisalardan farq
qiladi.
Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar
murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan,
ularni
o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish
mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish,
mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro bir - birlari
bilan bog’liq bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga bo’ysunadi.
Demak,
psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq -
atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir
, deb ta’riflash mumkin.
Psixikaning turli shakllarda ko’rinishlari: psixik jarayonlar, psixologik
xolatlar, xususiyatlar mavjud bo’lib, psixik aks ettirish bir qator xususiyatlari bilan
ajralib turadi, ya’ni shaxs individualligi orqali namoyon bo’ladi; shaxsning faoliyati
jarayonida yuzaga keladi; atrofdagi voqelikni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi.