1-Mavzu: PSIXOLOGIYА FANINING PREDMETI VA RIVOJLANISH TARIXI
Reja:
1.Psixologiya fanining predmeti.
2.Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari.
3. Psixologiyasining tuzilishi, psixologiya sohalari, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni.
4.Psixologiya fanining yirik ilmiy yo‘nalishlari va maktablari.
Tayanch so‘zlar:
Psixologiya, umumiy psixologiya, «psyche», jon, ruh, «logos», psixika, instinkt, xulq-atvor.
Atrofimizdagi ob’ektiv olam turli fanlarning o‘rganish ob’ekti va predmeti bo‘lib xizmat qiladi, qaysilar orasida insonning hayot faoliyatida psixologik fanlar alohida o‘rin tutadi. Real dunyoda haqqoniy psixikaga ega yoki uni tashuvchi barcha narsa ularning ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Predmeti esa – psixika, uning barcha shakl va faoliyat ko‘rinishlari: psixikaning yuzaga kelish qonuniyatlari, shakllanish, faoliyat va namoyon bo‘lish, hamda uning ayrim fenomenlaridir.
Psixologiya yunon tilidan tarjima qilinganda – ta’limot, jon bilim to‘g‘risida («psyche» – jon, ruh va «logos» – ta’limot, ilm) degan ma’noni anglatadi. Bu fan eng avvalo inson va insonlarning turli xil ijtimoiy guruhlarining psixik hayoti hamda faoliyati qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir. Psixologiya fan sifatida psixikaning qonuniyatlarini va mexanizmini, dalillarini o‘rganadi (A.V.Petrovskiy).
Psixologiyaning predmetini xar birimizning tashqi olamni va o‘z-o‘zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, xodisalar, holatlar va shakllangan hislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika — bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks etishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi (V.Karimova).
Psixologiyaning predmeti aniq bir shaxs, uning jamiyatdagi hulq-atvori va turli ichki kechinmalari, xulq-atvori va faoliyatlarining o‘ziga xos tarzda ong tomonidan aks ettirilishidir, deb ta’riflash mumkin.
Psixologiyaning ob’ekti bo‘lib nafaqat odamlar, insonlar balki oliy rivojlanishga ega hayvonlar ham xizmat qiladi, ularning psixik hayotini psixologiyaning tarmoqlaridan zoopsixologiya o‘rganadi. Biroq an’anaviy ravishda psixologiyaning asosiy ob’ekti insondir. Unda,
Psixologiya–bu инсонларнинг турли ҳаёт ва фаолияти босқичларида ҳамда ҳар хил шароитларда уларнинг психикасини намаён бўлиши, ривожланиши, шаклланиши, фаолият ҳамда юзага келиш қонунияти тўғрисидаги фан.
Dostları ilə paylaş: |