1-Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari


Frustratsiya va shaxsning kelajak rejalari



Yüklə 472,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix30.03.2023
ölçüsü472,57 Kb.
#91428
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-Mavzu

Frustratsiya va shaxsning kelajak rejalari. 
Shaxsning belgisi va o‘zini anglashining mazmuni — uning biron maqsadni 
ko‘zlashi, shunga intilishidan iborat. Shaxsning muhim xossasi shuki, u biron 
maqsadni ko‘zlaydi, shu maqsadga intiladi. Shaxs hamisha biron narsaga, biron 
maqsadga, biron obektga ko‘z tikadi, unga intiladi.
XXI asrda ham odam individ, shaxs, subʼekt, komil inson sifatida psixologik 
ilmiy tushunchalar negizida talqin qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir 
tushuncha mohiyatida va ko‘lamida sifat o‘zgarishlari yuz berishi mumkin, chunki 
tashqi va ichki omillar, taʼsir etuvchilar, taʼsirlanuvchilar ustuvorligi yo‘qola boradi. 
XXI asrda individ, inson, shaxs, subʼekt va komil insonni o‘rganish turli 
yo‘nalishlarda, vaziyatlarda, yosh xususiyatlari, alohida yondashish negizida, o‘ziga 
xos talhlilga, metodologik asosga suyanib olib boriladi Mustaqillik, istiqlol sharofati 
bilan shaxsga oid qarashlar, mulohazalar mohiyati, uning mazmuni va shaklida 
o‘zgarishlar yuz beradikim, buning natijasida erkin fikrlash, ochiq shakldagi ilmiy 
farazlarni ilgari surish imkoniyati tug‘iladi.
Respublikamizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar xalqimiz, millatimiz 
ruhiyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi, ona yurt madhi, ajdodlar 
merosidan g‘ururlanish, maʼnaviyat durdonalaridan faxrlanish hislari vujudga 
keladi. Vatan va vatanparvarlik tushunchalari o‘zining haqiqiy, chinakam maʼnosini 
kasb yetadi. Kishilardagi o‘ta sabr-toqatlilik, itoatkorlik, tashabbuskorlikning 
yetishmasligi o‘rnini erkinlik, ijodiyot, mehnat, batamom istiqlolga erishish 
zaruriyati, oilaning butligi, to‘kisligi va ularning istiqboli kabi sifatlar, fazilatlar, 
yuksak tuyg‘ular, xislatlar egallay boshlaydi. Shaxsning yo‘naltirilganligida 
anglangan motivlar asosiy rol o‘ynaydi. Kishi ehtiyoj obʼektini maqsad deb 
anglagan holda o‘zining shaxsiy maqsadlarini o‘zi kirgan jamoaning maqsadlari 
bilan bog‘laydi va o‘z maqsadlarini tegishli ravishda o‘zgartiradi, mazmunga 
to‘zatishlar kiritadi. Kishi faoliyatining natijasini xayolan oldindan belgilab 
beradigan maqsadning o‘zigina emas, balki ushbu maqsad ahamiyatiga molik 
obʼektda ro‘yobga chiqishining realligi ham anglanilgan bo‘lsa, bu hol shaxsning 
istiqboli deb qaraladi. Istiqboli anglaydigan kishiga xos taʼbi xiralik, kechinmalarga 
qarama-qarshi o‘laroq ruhsizlik holati frustratsiya deb ataladi.Bu kishi maqsadga 
erishish yo‘lida real tarzda bartaraf etib bo‘l maydi deb hisoblangan yoki shunday 
deb idrok etiladigan to‘sqinliklarga, g‘ovlarga duch kelgan hollarda yuz beradi. 
Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va uning o‘zini anglashida turli 
xil o‘zgarishlarga olib keladi 
Qiziqish - biron bir sohada to‘g‘ri mo‘ljal olishga, yangi faktlar bilan 
tanishishga, voqeʼlikni ancha to‘la va chuqur aks ettirishga yordam beradigan 


motivdir.qiziqishning faoliyat jarayonidagi roli benihoyat kattadir. qiziqishlar 
shaxsni o‘zida bilim olish,va anglab yetish borasida hosil bo‘lgan ishtiyoqni 
qondirish yo‘llarini va usullarini faol tarzda izlashga majbur etadi. Shaxsning 
yo‘naltirilganligini ifodalaydigan qiziqishning qondirilishi odamda uning so‘nishiga 
olib kelmaydi, aksincha, uni qayta ko‘rgan, boyitgan va chuqurlashtirgan holda 
bilish faoliyatining yanada yuksak darajasiga mos keladigan yangi qiziqishlarni 
keltirib chiqaradi. qiziqishlar bilishning doimiy qo‘zg‘atuvchi mexanizmi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Shaxsning ko‘ngildagidek rivojlanishi qiziqishlar miqyosining tor 
emas, keng bo‘lishini taqozo etadi. Qiziqishlar barqarorligi darajasiga ko‘ra ham 
har xil bo‘lishi mumkin. Shaxsning asosiy ehtiyojlarini eng ko‘proq namoyon 
qiladigan va shu boisdan ham uning psixologik tuzilishiga xos hislatlarga aylanib 
qoladigan qizi qishlari barqaror hisoblanadi.qiziqishlarning baʼzan barqaror 
bo‘lmasligi katta yoshidagi o‘quvchilarning yosh xususiyati hisoblanadi.
Xulq-atvo‘rning muhim motivlaridan biri-eʼtiqoddir. Eʼtiqod-shaxsni o‘z 
qarashlariga, printsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko‘rishga daʼvat 
etadigan motivlar sistemasidir. Eʼtiqod shaklida namoyon bo‘ladigan ehtiyojlarning 
mazmuni - bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar va ularning 
muayyan 
tarzdagi 
tushunilishi 
demakdir. 
Bu 
bilimlar 
nuqtai 
nazarlar 
(falsafiy,estetik,axloqiy, va h.k.) ning tartibga solingan va ichki uyushgan 
sistemasini tashkil etgan taqdirda kishining dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi 
mumkin. 
Motivlar, avvalo, anglanilgani bilan harakterlanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, motiv (sabab) lar paydo bo‘ladigan kishi uni faoliyatga nimalar daʼvat 
etayotganini, uning ehtiyojlari qanday maʼno kasb etishini biladi. Lekin barcha 
motivlar ham bu kategoriyaga kiravermaydi. Inson ishlari va xatti-harakatlari 
sababiyatining anchagina ahamiyatga molik jabhasi anglanilmagan motivlardan 
tarkib topadi.
Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘linishi. 
Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli vakili А.V.Petrovskiy inson 
taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning sotsial-psixologik nuqtai nazardan 
yondashib, o‘ziga xos original klassifikatsiyasini yaratadi. Ushbu nazariya negizida 
yuksalish, yetuklikka intilish g‘oyasi yotganligi sababli bolalik, o‘smirlik, 
o‘spirinlik davrlari yotadi, holos. А.V.Petrovskiygacha psixologlar taraqqiyotning 
bir tekis jihatini olib o‘rgangan bo‘lsalar, bundan o‘laroq u shaxs shakllanishining 
prosotsial (ijtimoiy qoidalarga rioya qilib) va asotsial (aksijtimoiy) bosqichlari 
mavjud bo‘lishi mumkinligini dalillab berishga harakat qiladi. Shuning uchun 
taraqqiyot uchta makrofazadan iborat ekanligini sharhlab, uning birinchi turi bolalik 
davriga to‘g‘ri kelib, ijtimoiy muhitga moslashish, ko‘nikish (adaptatsiya), 
ikkinchisi - o‘smirlarga xos individuallashish (individualizatsiya), uchinchichi - 
o‘spirinlik, yaʼni yetuklikka intilish davrida individual holatlarni muvofiqlashtirish 


(birlashtirish) xususiyatlari bilan tavsiflanadi. А.V.Petrovskiy shaxsning 
shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishini taʼkidlab o‘tadi. 
1. Ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug‘ilgandan to 3 
yoshgacha. 
2. Bog‘cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha. 
3. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha. 
4. O‘rta sinf o‘quvchisi (o‘smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha. 
5. Yuqori sinf o‘quvchisi (ilk o‘spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha. 
А.V.Petrovskiyning klassifikatsiyasi qanchalik takomil darajada bo‘lmasin, 
taraqqiyotning oraliq bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini 
eʼtirof etishga moyildir. Chunki ijtimoiy qoidalarga binoan o‘sishmi yoki 
aksilijtimoiymi unga qaramasdan, har ikki yo‘nalishning ham oraliq jabhalari 
bo‘lishi ehtimoldan holi emas, lekin bu g‘oyani chuqurroq sharhlab berish joiz. 
D.I.Feldshteyn klassifikatsiyasi ham shaxsga ijtimoiy yondashuvga 
asoslangan bo‘lsa ham, lekin u А.V.Petrovskiynikidan keskin farq qiladi. 
D.I.Feldshteynning fikricha, insonni shaxs sifatida shakllanish jarayonida ikkita 
katta taraqqiyot bosqichini bosib o‘tadi, ulardan biri - “
Yüklə 472,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin