kirishi uning o‘ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong
bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‘z
qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‘zgartirish
imkoniyatiga ham
egadir.
2.
Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda
rivojlanuvchi,
til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala) ga
kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi
hisoblanadi.
3.
Individuallik. Har qaysi inson betakror o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Shaxsning o‘ziga xos qirralarining mujassamlashuvi
individuallikni vujudga
keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emotsional
va irodaviy sohalarida
namoyon bo‘ladi.
Shaxs. Shaxsning tuzilishi. Shaxsning faoliyati va uning yo‘nalishi.
Shaxs deb aniq bir kishini aytamiz. Har bir kishi jamiyat aʼzosi bo‘lib, tarixan
tarkib topgan muayyan ijtimoiy munosabatlar sharoitida yashaydi va ishlaydi.
Shaxsni taʼriflaydigan muhim psixologik belgilarga to‘xtab olaylik. Shaxsning eng
muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, yaʼni
yakkaholligidir.
Individuallik
deganda,
insonning
Dostları ilə paylaş: