1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə64/67
tarix15.11.2022
ölçüsü450,02 Kb.
#69164
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Izoh: «Nima uchun?» testi bo‘yicha bola xulosa qilmasdan, faqat dalillar keltirsa hisobga olinmaydi. Masalan, «Nima uchun hayvonlarga mo‘yna kerak?» degan savolga to‘g‘ri javob «Mo‘yna hayvonga uni sovuqdan saqlanish uchun kerak» bo‘lishi kerak.
VERBAL TAFAKKUR TESTI
Testning maqsadi tafakkur operatsiyalari, mantiq operatsiyalari, mantiqiy so‘z boyligi taraqqiyotini ko‘rsatish. Bolalarga turli mazmundagi savollarga javob berish taklif etiladi. Natijalarni qayta ishlash quyidagi tartib asosida olib borila- di: ballar yig‘indisi alohida savollar bo‘yicha aniqlanadi.
Verbal tafakkur rivojlanishining 1-darajasi 24 va undan yuqori;

  1. daraja — 14—23 gacha — o‘rtadan yuqori;

  2. daraja — 0—13 gacha — o‘rtacha (norma);

  3. daraja — (—1) — (—10) gacha — past;

  4. daraja — (—11) va undan past — juda yomon.

TEST SAVOLLARI

  1. Qaysi hayvon kattaroq: otmi yoki itmi?

  1. ot — 0 ball

  2. it - (- 5 ball).

  1. Ertalab biz nonushta qilamiz, tushda esa ...

  1. tushlik qilamiz, shorva ichamiz, gosht yeymiz — 1 ball;

  2. kechki ovqatni yeymiz, uxlaymiz va h.k. — (3 ball).

  1. Kunduzi yorug‘, kechqurun esa ...

  1. qorong‘i — 0 ball;

  2. noto‘g‘ri javob — (4 ball).

  1. Osmon moviy (ko‘k), o‘t esa ...

  1. yashil — 1 ball;

  2. noto‘g‘ri javob — (4 ball).

  1. Gilos, nok, olxo‘ri, olma — bular nima?

  1. mevalar — 1 ball;

  2. noto‘g‘ri javob — (1 ball).

  1. Nima uchun poyezd o‘tishidan oldin shlagbaum tushiriladi?

  1. avariya bo‘lmasligi, hech kim poezd tagiga tushib ketmasligi va h.k. uchun — 0 ball;

  2. noto‘g‘ri javob — (1 ball).

  1. Moskva, Toshkent, Chirchiq (tanish shaharlar) nima?

  1. shaharlar — 1 ball;

  2. stansiyalar — 0;

  3. noto‘g‘ri javob — (1 ball).

  1. Soat necha (soatdan 18, 15, 19, 11, 5 daqiqani ko‘rsating)? Bola soatni o‘zi belgilaydi.

  1. agar barcha javoblar to‘g‘ri bo‘lsa — 4 ball;

  2. 1 ta javob to‘g‘ri bo‘lsa — 3 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — (0 ball).

  1. Sigirning bolasi — buzoqcha, itning bolasi — ..., qo‘yning bolasi — ...

  1. kuchukcha, qo‘zichoq — 4 ball;

  2. ikkitadan bittasi — 0 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — (1 ball).

  1. Kuchuk ko‘proq mushukka o‘xshaydimi yoki tovuqqa?

  1. mushukka — (nimasi bilan o‘xshash?) — 4 ta oyog‘i, yun- gi, tirnoqlari va shu kabi o‘xshashlik tomonlari aytilsa — 0 ball;

  2. o‘xshashlik belgilarisiz — (1 ball);

  3. noto‘g‘ri javob — (3 ball).

  1. Nima uchun barcha avtomobillarda tormoz bo‘ladi?

  1. tog‘liklar, burilishlarda (2 ta sabab) yoki boshqa joylarda tormoz berish uchun — 1 ball;

  2. bitta sabab ko‘rsatilsa — 0 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — (1 ball).

  1. Bolta bilan bolg‘a nimasi bilan bir-biriga o‘xshaydi?

  1. agar 2 ta umumiy belgi ko‘rsatilsa (yog‘och-temir, mix qoqish mumkin, asboblar orasi tekis) — 3 ball;

  2. bitta belgi ko‘rsatilsa — 2 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — 0 ball.

  1. Olmaxon bilan mushuk nimasi bilan bir-biriga o‘x- shaydi?

  1. sutemizuvchilar ekanligi yoki 2 ta umumiy belgisi (panjasi, mo‘ynasi, daraxtlarga chiqa olishi) ko‘rsatilsa — 3 ball;

  2. bitta o‘xshashligi ko‘rsatilsa — 2 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — 0 ball.

  1. Mix vintdan nimasi bilan farq qiladi? Agar ular stol usti­da turgan bo‘lsa, ularni qanday ajratgan bo‘lar eding?

  1. rezbasidan — 3 ball;

  2. vint buraladi, mix qoqiladi, vintning gaykasi, mixning shapkachasi bo‘ladi — 2 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — 0 ball.

  1. Futbol, suvga sakrash, tennis, suzish, gimnastika — bu...?

  1. sport, fizkultura — 3 ball;

  2. o‘yinlar, mashqlar, musobaqalar — 2 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — 0 ball.

  1. Transport vositalaridan qaysilarini bilasan?

Agar bola «U nima?» deb so‘rasa, «Transport — bu harkatla- nish vositasi», deb tushuntiriladi.

  1. agar 3 ta — yerda yuruvchi transportni, samolyot yoki kemani aytsa — 4 ball;

  2. faqat yerda yuruvchi taransportni aytsa — 2 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — 0 ball.

  1. Qari odam yosh odamdan nimasi bilan farq qiladi?

  1. 3 ta belgi (ajinlari, yomon eshitishi, ko‘rishi bilan) — 4 ball;

  2. bitta yoki ikkita belgi aytsa — 2 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — 0 ball.

Nazorat savollar:
Katta bog‘cha yoshida o‘z-o‘zini anglash nimada ifoda- lanadi?
Bolaning jinsiy identifikatsiyasida, o‘yinchoq tanlashida, jinsiy tarbiyasida kattalarning tutgan o‘rni qanday?
Bola shaxsida qanday salbiy tuzilmalar paydo bo‘ladi?
Oilaning bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni haqida gapirib bering.
40-mavzu: Bolalarning maktab ta'limiga tayyorligini aniqlashga oid psixodiagnostika metodikalari.Yakuniy nazorat.
Reja:
1.Bolalarning maktabga tayyorgarligini tekshirishda psixodiagnostika metodlaridan foydalanish.
2.Vaqtni chamalash, matematika, mantiqiy fikrlashga oid metodikalar.
Tayanch tushunchalar: (Jan Piaje, Kern Yerasek va boshqa metodikalar)
Bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni bolalarning qobiliyat va layoqatlarini har tomonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogika jarayonining mahsuldorligi pedagogning o‘z tarbiyalanuvchilarini yaxshi bilishiga, ta’lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo‘llashiga bog‘liq. Psixologiya fan sifatida tarbiyachiga tayyor retseptlarni bera olmaydi. Bunday ko‘nikmalar bolalar bi­lan bevosita muloqot jarayonida, bola xulq-atvori motivlarini, shaxsiy xususiyatlarini tahlil qil ish jarayonida egallanadi. Bu haqda K.D. Ushinskiy quyidagicha yozgan edi: «Biz unday yoki bunday qiling deb tushuncha bermaymiz. Biz ularga Siz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonuniyatlarini o‘rganing va ularga mos ravishda harakat qiling», — deymiz.
Taraqqiyotdan chetlashish yoki buzilish sodir bo‘lgan holatlar chegara holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi sifatida, shaxs aksentuatsiyasining turli ko‘rinishi sifatida tasniflanishi mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixo- logiyasi, klinik potopsixologiya va psixiatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachiga akseleratsiya (tez yetilish), pedagogik qarovsizlik kabi muammolarni hal qilishga to‘g‘ri keladi.
Tarbiyachi ta’lim va tarbiyadagi qiyinchiliklar nima uchun va qanday qilib paydo bo‘lishini tushunishi uchun, u avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turli psixik holatlarni psixologik diagnostika metodlarini egallashi zarur. Tarbiyachining psixodiagnostik tadqiqot yoki doi- miy kuzatish jarayonida olingan natijalarni bolalar bilan ishlashda qanchalik to‘g‘ri foydalana olishi ham zarur hisoblanadi.
Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo‘yishning 3 bosqichi farqlanadi:

  1. simptomatik diagnozda dasturi mavjud har qanday EXM bajarishi mumkin bo‘lgan tadqiqotdan olingan natijalar qayta ishlanadi;

  2. etnologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligini emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi;

  3. tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishidan olin- gan natijalarning ahamiyati va o‘rni aniqlanadi.

Bolalarni psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu yosh davri uchun yetakchi faoliyat turining ta’siriga, individual tipologik tavsifnomalarning taraqqiyot darajasiga bog‘liq ravishda ba’zi xususiyatlarga ega. Bola taraqqiyotining har bir yosh davri bolalar bilan ishlashning usullari va vazi- falarini talab qiladi.
Kichik yoshdagi bolalarni psixodiagnostik tekshiruv yosh va pedagogik psixologiyaning sohasi hisoblanadi. Olingan nati- jalar yordamchi xarakterga ega bo‘lib, pedagog tomonidan bola psixik taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Bun­da ta’lim va tarbiya dasturi, turli hayotiy sharoitlarda: faoliyat- da, muloqotda va boshqalarda (shaxs xulq-atvori xarakteristikalarini tuzishda) hisobga olinadi.
Eksperimental tadqiqotdan olingan natijalar oilada, bog‘chada, maktab va boshqa jamoat joylarida individual va guruhiy tarbiyaviy-pedagogik tadbirlar sxemasini tuzishda qo‘llanishi mumkin. Tarbiyachi o‘z ishida doimo bolalar psixo- fizik taraqqiyoti masalalari bilan to‘qnashadi. Uni vaqtinchalik natijalargina emas, (masalan, yarim yillikning oxiriga kelib bolalarning egallagan ko‘nikma, malakalari kabi), balki u yoki bu jismoniy va ruhiy sifatlar rivojlanishining istiqbollarini ay tib beradigan natijalar qiziqtiradi.
Bolalar bog‘chalarida psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:

  1. Psixik taraqqiyot o‘zgarishini o‘rganish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash. Bolaning psixik hayot taraqqiyo­ti xususiyatlari rivojlanishining ta’lim va tarbiya jarayonida o‘rganish orqali zaruriy ma’lumotlar to‘planadi. Bunda psixo- logiyaning ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalaniladi.

Oyin va oqish faoliyatida kop martalab otkazilgan eksperimental-psixologik tadqiqotlar bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishida malum faoliyatning tasir korsatkichi bolishi mumkin. Bolada otkazilgan psixodiagnostik tadqiqotlar muhim prognostik ahamiyatga egadir, chunki qollanilgan turli metodlarning oquv-tarbiyaviy tasirini hisobga olgan shaxs rivojlanishi istiqbollarini aniqlash imkoni yaratiladi. Tarbiyachi eksperimental-psixologik tadqiqotlarni qanchalik kop otkazsa, tajribasi shunchalik orlib boradi. U quyidagilarni oz ichiga oladi: bo­la faoliyatining xususiyatlarini oyin va oquv vaziyatlarida tahlil qilish; maktab, bolalar bogchasi, oila sharoitiga moslashish, moslasha olmaslik darajasini aniqlash; bolaning ichki hayotini tushunib olish istagi; shaxs xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirishda unga har qanday yordam korsatish.Bolajak tadqiqotchi ozida quyidagi sifatlarni shakllantirishi lozim:

  1. tadqiqot qarorlarini tez va aniq tuzish;

  2. oz diqqatini bola topshiriqni qanday bajarayotganligiga va uning xulq-atvorini kuzatishga qaratish;

d) bola bilan yaxshi aloqaga kirishish, uning hamma aytganlarini yozib, uning xulqidagi bazi reaksiyalarni togri ba­holash qobiliyatini yoqotmaslik va boshqalar.
Quyidagi kuzatishni keltiramiz: tarbiyachi bogchada mashgulotlar otkazish jarayonida Gulnora ismli qizning xulqatvorida bazi boshqalarnikiga oxshamagan xususiyatlarni payqab qoldi. Qiz mashg‘ulotlarda tez chalg‘ib ketadi, ko‘pincha parishonxotir. Tarbiyachi topshirig‘ini tez bajarmaydi. Bir topshiriqni qo‘yib ikkinchisiga tez o‘tib ketadi, ish­ni oxiriga yetkazmaydi. O‘quv topshiriqlari bajarilmaydigan boshqa vaqtda esa o‘zgalardan farq qilmaydi.
Qizning diqqat, tafakkur, hissiy holatini o‘rganish uchun bog‘chada tadqiqot o‘tkazildi. Tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatadiki, qizning psixik jarayonlarida hech qanday o‘zgarish yo‘qligi tasdiqlandi. Topshiriqni bajarish vaqtida charchash, faol diqqat darajasining pastligi kuzatilgan. Lekin bu xususiyatlar sinaluvchi diqqatini ishning boshqa shakliga ko‘chirish bilan osonlikcha bartaraf etilgan. Tarbiyachining vazifasi qizga ta’sir etayotgan boshqa omillarni to‘g‘ri aniqlash, individual ish olib borish, ko‘rsatilgan xususiyatlarni yo‘qotishdan iborat. Bu tad­qiqot nalijasi shuni ko‘rsatadiki, qizdagi ixtiyoriy diqqat dara- jasining, ish qobiliyatining pastligi o‘zining obyektiv sabablariga ega. Qizning 3 yoshgacha rivojlanish tarixidan ma’lum bo‘ldiki u asfiksiya (kislorod yetishmasligi) bilan tug‘ilgan, tug‘ruqdan so‘ng bosh miyasi yallig‘langan.

  1. Aqli zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tu­fayli psixik kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik tadqiqotlar maxsus yoki yordamchi maktabda o‘qish haqida masala hal bo‘layotganda tibbiy pedagogik hay’at (komissiya) tomonidan foydalanishi mumkin.

  2. Bolalarda paydo bo‘lgan yetarlicha o‘rganilmagan yangi psixik holatlarni tahlil qilish uchun ilmiy maqsadda psixologok tadqiqot o‘tkazish. Vazifa bunday qo‘yilganda tadqiqotchini qiziqtirgan masala katta guruhlarda o‘tkaziladi. Bu yerda olin- gan natijalarning statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin