1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja


Ar-Roziy   psixologik qarashlari



Yüklə 463,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix20.07.2023
ölçüsü463,81 Kb.
#136991
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

Ar-Roziy
 
psixologik qarashlari
 
Ar-Roziy (864-925)ning tо‘liq ismi sharifi Abu Bakr Muhammad 
Ibn Zakariyo ar-Roziydir. U eronlik bо‘lib, Ray shahrida dunyoga keladi. 
Roziy yoshligidan arab va qadimgi yunon tillarini о‘rganadi, Ray va 
Bag‘dod shaharlarida о‘qiydi. U ayniqsa, tibbiyot, kimiyo, botanika, 
astronomiya, matematika, mantiq va falsafaga oid ilmlarni chuqur 
egallab, Sharqning buyuk ensiklopedist olimi, adib va mutafakkiri bо‘lib 
yetishadi. Roziy keyinchalik Ray va Bag‘dod shifoxonalarini boshqaradi. 
Bu paytda u О‘rta Osiyo, jumladan, Buxoro ilm ahllari bilan ilmiy aloqada 
ham bо‘ladi. Roziy о‘z davrining Galeni (Jolinusi) deb tanilib, Yevropada 
uning nomi lotincha Razes deb ataladi. U inson bilimlarining uch 
sohasiga: tibbiyotga, kimyoga va falsafaga juda katta hissa qо‘shadi. 
Roziy tabobatga, kimyoga, falsafaga, mantiqqa, etikaga, ilohiyotga, 
astronomiyaga, fizikaga oid 184 ta asar qoldiradi, shulardan bizgacha 
faqat 61 tasi yetib keladi (ulardan 36 tasi tibbiyotga, 4 tasi kimyoga oid). 
Roziyning falsafiy qarashlari Eron, Turon, arab, Hind, Xitoy 
falsafiy sistemalari hamda qadimgi yunon falsafiy ta’limotlari asosida 
shakllanadi. Uning dunyoqarashida materialistik tendensiyalar ustun о‘rin 
oladi. Roziyning ilmiy tadqiqotlari tajriba va eksperementlarga 
asoslangan о‘z davri dogmatik qarashlaridan holi, tabiatshunoslikning 


falsafiy muammolariga kо‘proq oiddir. Shu bilan birga, u о‘z davrida 
о‘zining original falsafiy qarashlari bilan zamondoshlaridan ancha 
ilgarilab ketib, qator ilg‘or falsafiy g‘oyalarni olg‘a suradi. 
Roziy о‘z dunyoqarashida hukmron mafkura-islom ortodoksal 
ta’limotini inkor qilibgina qolmay, balki Aristotel va uning izidan borgan 
о‘z о‘tmishdoshlari Al-Kindiy, Ravandiy va shu kabilarga nisbatan 
butunlay boshqacha yо‘l tutdi. Uning falsafiy ta’limoti bо‘yicha, real 
dunyo beshta azaliy boshlang‘ichning bir-biriga qо‘shilishidan tashkil 
topgan. Bu beshta azaliy boshlang‘ich: materiya (xayulo), makon, zamon, 
jon (an-nafas) va xudo (borib)dan iboratdir. Roziy bunda xudoni azaliy 
boshlang‘ich sabablardan faqat biri, deb biladi, u dunyoning vujudga 
kelishida boshqa azaliy boshlang‘ich sabablar qanday rol о‘ynasa, xudo 
ham shunday rol о‘ynadi, deb hisoblagan. Shu sababli u xudoni dunyoni 
yaratuvchi emas, balki boshqaruvchi kuch, deb tasavvur qiladi. Kо‘rinib 
turibdiki, Roziy xudoni butunlay inkor etuvchilar jumlasiga kirmaydi. U 
shu bilan birga, materiyaning abadiyligi, uning makon va zamonda 
cheksizligi, dunyo hech kim tomonidan yaratilmaganligi, harakat esa 
narsalarning ajralmas xususiyati, harakatning manbai narsalarning о‘z 
ichida, deb biladi. Ar-Roziy materiyani olamning asosiy negizi, deydi. U 
о‘zining materiya haqidagi ta’limotida Demokrit atomistik nazariyasiga 
asoslangan holda materiyani “bо‘linmas zarrachalar” (“ajzou loyata 
jazza”) dan iborat, deb tushunadi. Bu zarrachalarning bо‘shliq (xolo) 
zarrachalari bilan turlicha birikishi natijasida tо‘rtta unsur: suv, tuproq , 
havo va olov paydo bо‘ladi. Dunyodagi barcha predmetlar va hodisalar 
shu unsurlarning turlicha miqdorda о‘zaro qо‘shilishidan tashkil topadi, 
deydi u. Bular shuni kо‘rsatadiki, Roziy о‘zining dunyoning tuzilishi 
haqidagi ta’limotida ma’lum darajada qadimgi yunon faylasuflarining 
atomistik qarashlariga suyangan. Uning bu ta’limotiga kо‘ra atomlar 
massa va og‘irlikka ega bо‘lgan abadiy moddiy narsalar. Bu moddiy 
narsalardan moddiy dunyo tashkil topadi. Roziy bunda moddiy 
dunyoning, tabiatdagi jismlarning asoslari va tuzilishlari haqida gapirib, 
ular ikki narsadan: materiya va shakldan iborat, lekin materiya mohiyati 
jihatdan shakldan ustun turadi, deydi. U bunda о‘z davri falsafasida qabul 
qilingan terminlardan foydalanib, materiyani javhar (substansiya), shaklni 


esa oraz (aksidensiya), deb hisoblaydi. Roziy inson aql-idrokining 
qudratiga yuqori baho berib, insonni tabiatdagi predmet va hodisalarning 
mohiyatini bilishda benihoya qudratga ega, deb ta’kidlaydi. Uning falsafiy 
ta’limoti bо‘yicha, inson о‘zining aql va tafakkur qobiliyati bilan butun 
hayvonot dunyosidan farq qiladi. Inson dunyo hodisalarini bilishda о‘z 
sezgi va idrok kо‘rsatmalariga tayanishi va aqliy qobiliyatiga ishonishi 
lozim. Shundan kelib chiqqan holda, u har xil payg‘ambarlar va din 
mutaassiblari tomonidan qilingan va qilinadigan mо‘jizalarga, 
kо‘rsatiladigan karomatlarga ishonmaslikni aytadi. Roziy, inson-
idrokining qudrati va kuchiga, uning bilish qobiliyatiga ishongan holda, 
kishilarni ilm-fan va ma’rifatni egallashga chaqiradi, u insonlarning baxtli 
hayotga erishishi ularning ilm-fanni egalashi orqali rо‘yobga chiqadi, deb 
tushuntiradi. Bizning uchun eng sharafli bо‘lgan narsa, deydi u, - faqat 
jismoniy lazzatlarga intilish emas, balki ilm va ma’rifat orttirish va 
haqiqatga erishishdir. Uning falsafiy ta’limoticha, inson hayotining 
mohiyati baxtli turmushga erishishdir. Shuning uchun har bir kishi baxtli 
hayot uchun kurashishi kerak. Bu kurash ikki yо‘ldan iborat. Birinchisi: 
hayotning hamma moddiy ne’matlaridan foydalangan holda, ijtimoiy 
hayotda faol ishtirok etish: ikkinchisi, eng oliy axloq iqtisodiy yetuklikka 
erishishdir. Bunga erishish insonning о‘ziga bog‘liq. Inson о‘z taqdirini, 
о‘z hayotini о‘zi yaratadi. Eng baxtli kishi insonlarga eng kо‘p foyda 
keltirgan kishidir. U о‘zining “Kitob tibbi ar-ruhoniy” risolasida 
insonlarning eng oliy axloqiy-iqtisodiy yetuklikka erishish yо‘llari haqida 
fikr yuritib, bu yо‘lda uchraydigan tо‘siqlar, kishidagi bо‘lidigan 
kamchiliklar va ularni yengib о‘tish yо‘llarini ham kо‘rsatib beradi. 
Uningcha, eng oliy ahloqiy-iqtisoiy yetuklikka erishgan odam, ya’ni 
haqiqatdan, eng mu’tabar faylasuflar intilgan hol qisqacha shundan iborat: 
kishilar bir-biriga nisbatan adolatli munosabatda bо‘lishi, bir-birini ochiq 
kо‘ngillik va xushmuomalalik, rahmdillik bilan qabul qilishi, yordam 
qilishi, kishilarga nisbatan yaxshi munosabatda bо‘lish, baxt va saodatga 
intilishidir. 

Yüklə 463,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin