qalamiga mansub deya taxmin qilinadigan suhbati, “Suqrot madhi” deb
nomlangan nutqi, shuningdek, 13ta maktubi ma’lum. Aflotunning
suhbatlari quyidagilardan iborat: “Protagor”, “Fedon”, “Parmenid”,
“Teetet”,
“Timey”,
“Kritiy”,
“Laxet”,
“Davlat”,”Siyosatdon”,
“Qonunlar”, “Fedr”, ”Fileb” va boshqalar.
Aflotunning
Atlantida
tо‘g‘risidagi
hikoyasi
keyingi
madaniyatlarning
halovatini buzib, avlodlarning ichiga g‘ulg‘ula soldi.
Uning yozishicha, 12 ming yil oldin Gibraltar yaqinida sirli qit’a mavjud
bо‘lib, bir kecha-kunduz ichida dengiz qa’riga chо‘kib ketgan. Aflotun
halokatning aniq о‘rnini kо‘rsatmagan, ammo faylasufning obrо‘yi shu
qadar baland ediki, darhol g‘oyib bо‘lgan atlantlar mamlakatini izlashga
kirishilgan. Uni hozir ham izlashmoqda.
Platon Suqrotning sofistlar relyativizmini nazariy jihatdan inkor
qilishga doir ishini davom ettirgan, u bunday oqimni ijtimoiy inqirozning
namoyon bо‘lish shakllaridan biri deb qaragan edi. Platon ideal davlatning
oqilona siyosatini qurish uchun nasos bо‘lishi mumkin bо‘lgan
tamoyillarni ochib berish vazifasini о‘z oldiga maqsad qilib qо‘yadi. U
siyosiy faoliyatda ishtirok etish о‘rniga siyosatning о‘zi nima va u qanday
bо‘lishi kerak degan masalani tadqiq etishga kirishdi. Bunda Platon ushbu
prinsipial masalalar xususida
mushohada yuritar ekan, gerkcha
polis
ni
nazarda tutgan edi.
Platon о‘zining siyosat haqidagi g‘oyalarini bir necha marta amalga
oshirishga urinib kо‘rdi. Shunday bir urinish Sitsiliyaning Sirakuzi
shahrida hukmronlik qilgan tiran Dionisiy 1 (taxminan miloddan avvalgi
430-367 yillar) hokimiyati qoshida, boshqasi – uning о‘g‘li Dionisiy II
ning (miloddan avvalgi 367-344 yillar) hokimligi davrida amalga
oshirilgan. Uning har ikkala urinishi ham tо‘la mag‘lubiyatga uchradi va
Platon Afinaga sog‘-omon qaytib ketishga bazо‘r muvaffaq bо‘ldi.
Platon Sirakuziga qilgan sayohatidan tashqari Janubiy Italiya bо‘ylab
ham safar qildi va bu yerda pifagorchilar bilan tanishdi. Aftidan, bu
uchrashuv unga jiddiy ta’sir kо‘rsatgan. Ularni quyidagi 1)matematika
barcha narsalarning ichki mohiyatidir: 2)olam
dualistik tusdadir, bu
g‘oyalarning haqiqiy borlig‘i bilan g‘oyalarning soyasi sifatidagi hissiy
borliqqa bо‘linishda aks etadi: 3)ruh abadiydir va bir jismdan boshqa
jismga kо‘chib yuradi degan umumiy qarashlar birlashtirgan. Platon va
pifagorchilarga, shuningdek, nazariy fan diniy mistitsizmga bо‘lgan
qiziqish va asketik axloq birdek xos edi.
Miloddan avvalgi 388 yilda Platon Afinadagi maktab Akademiyaga
asos soldi. U о‘zi joylashgan joy – yarim xudo akademga bag‘ishlangan
qayinzor nomi bilan atalgan edi. Akademiya 900 yildan ziyod amal qilib
turdi va imperator Yustinian 1 ning (483-565) farmoniga kо‘ra 529 yilda
yopildi. Bu Rim imperiyasining tanazzulga
uchragan davrida dastlabki
xristian monastrlarining ommalashishi bilan qariyib bir vaqtda yuz berdi.
1100-yillarda ilk universitetlar (Balonya, Parij) tashkil etilgan vaqtgacha
ayni shu manastirlar jamoalari О‘rta asrlardagi Yevropa madaniy
institutlarining asosiy tayanchi bо‘lgan edi. Shunday qilib, Platon
akademiyasidan boshlab hozirgi universitetlar va “о‘qituvchilar hamda
olimlar sifatidagi akademiklar” bir qismi bо‘lgan uzluksiz an’anaga asos
solingan.
Afinadagi Akademiyada nafaqat falsafa, shu bilan birga geometriya,
astronomiya, geografiya, zoologiya va botanikadan ham ta’lim berilardi.
Biroq siyosiy ta’lim markaziy о‘rinni egallagan edi. Ta’lim ma’ruzalar,
munozaralar va birgalikdagi suhbatlarga asoslanardi.
Har kuni gimnastika
mashg‘ulotlari о‘tkazilar edi.
Suqrotgacha bо‘lgan olimlar asarlarining faqat bir necha
parchalarigina bizning davrimizgacha yetib kelgan. Platondan 30 ga yaqin
kichik va katta dialoglar, shuningdek, bir qator xatlar saqlanib qolgan.
Bundan tashqari, Platonga bag‘ishlangan
ikkilamchi adabiyotlar ham
mavjud.
Platon ta’limotini qayta tiklashning qiyinligi saqlanib qolgan
asarlarning kamligi bilan emas, balki dialoglar yozilgan uslub bilan
bog‘liqdir. Ularda uzil-kesil xulosa va qoidalar yо‘q, Platonning о‘zi esa
ularda juda kamdan-kam namoyon bо‘ladi. Bundan tashqari, Platonning
umri mobaynida uning qarashlarining о‘zgarib borganligini ham hisobga
olish kerak. Odatda Platon dialoglari
ichidan uch guruhni ajratib
kо‘rsatishadi: 1)ilk, “Suqrotcha” dialoglar: 2)Platonning yetuk
doktirinasini aks ettiruvchi dialoglar (Davlat shunga kiradi) va 3)sо‘nggi
davrdagi dialoglari, qonunlar shularga mansubdir.