dosh bergan. Odamlar bundan ajablanishganda ularga qarata shunday
degan: “Eshak tepsa uni sudga bera olmayman-ku!”.
Suqrot mohir raqqos bо‘lgan va bunday mashqni jismning
salomatligi uchun foydali deb bilgan.
U talabalarga og‘zaki saboq bergan va hech
qanday yozma manba
qoldirmagan. Timey ismli shogirdi: “Ey, ustoz, nima sababdan dono
fikrlaringizni qog‘ozga tushirmaysiz?”- deb sо‘raganda, Suqrot: “Ey,
Timey о‘lik hayvonlarning terisiga ishonching va tirik, barhayot fikrlarga
ishonchsizliging juda mustahkam ekan”, - deb javob bergan.
399 yil Suqrot bir yurtdoshining fitnasi tufayli fuqorolik meyorlarini
buzganlikda ayblanib, о‘lim jazosiga hukm qilingan va qatl etilgan. Sudda
Suqrotning og‘zidan chiqqan sо‘nggi sо‘zlar shunday bо‘lgan: “Menga
о‘lish uchun, sizga esa yashash uchun bu yerni tark etish fursati yetdi.
Faqat buning qay biri afzalligi Xudodan о‘zga hech kimga ayon emas”.
Sudda 220 nafar odam
Suqrotning aybsizligini yoqlab, 280 nafar
kishi esa unga qarshi ovoz bergan.
Suqrot Platonning dialoglarida tasvirlanganidek, g‘arbiy
dunyo
ruhiga eng kо‘p ta’sir kо‘rsatgan kishilar sirasiga kiradi. Suqrot insoniy
shaxs sifatida u yuksak ma’naviyati, kamtarin va oddiy turmush tarzi,
zukkoligi, samimiyligi, xushfe’lligi va hazil-mutoyibaga
moyilligi kabi
xususiyatlari bilan ajralib turar edi. Biroq Afinalik fuqarolar Suqrot ularni
kо‘chada yoki bozorda yо‘ldan tо‘xtatib, suhbatga solib, qiyin savollarga
tutadigan holatlarda muayyan darajada noqulay vaziyatga tushib
qolishardi. Bir qator sabablarga kо‘ra, Suqrot ham sofistlar kabi о‘zining
yoshlik davrini xazon qilib, jamiyat
uchun xavfli odamga aylanmoqda,
degan qarash ham shakllangan edi.
Suqrot hech narsa yozmagan. Uning ta’limoti (mabodo umuman
uning ta’limoti xususida gapirish mumkin bо‘lsa) haqidagi bizning
bilimimiz u haqida boshqalarning yozgan asarlariga asoslanadi. Asosan,
bular Platon asarlari bо‘lib, Suqrot uning dialoglarida asosiy rol о‘ynaydi.
Shuning uchun Suqrotning aslida nimalarni gapirganligini va Platonning
dialoglarida Suqrot fikrlari bilan Platon fikrlari о‘rtasidagi
chegarani
aniqlash ancha qiyin vazifadir. Ana shu jihatni e’tiborga olib, Suqrot
falsafasini Platonning bayon qilgani tarzda talqin etishga harakat qilamiz.