etishimiz Demokrit haqidagi mavjud
ikkilamchi axborotlardan
foydalanadigan qayta ta’mirlashlardan iborat bо‘ladi.
Anaksagor hayoti:
Anaksagor taxminan miloddan avvalgi 498
yildan 428 yilgacha yashagan. U yoshlik yillarini Klazomena shahrida
о‘tkazgan, balog‘at yoshida Afinada istiqomat qilgan va u yerda
intelektuallar о‘rtasida kо‘zga kо‘ringan о‘rinni egallagan.
Anaksagor
Perikl (taxminan miloddan avvalgi 495-429 yillar) muhitiga mansub
bо‘lgan, lekin о‘zining an’anaviy e’tiqodlarga zid bо‘lgan qarashlari
sababli Afinani tashlab chiqib ketishga majbur bо‘lgan.
Boshqa
narsalardan tashqari, u quyosh xudo emas, balki katta yolqinlanib turgan
tanadir deb ta’kidlagan. Anaksagor asarlarining 22 ta parchasi saqlanib
qolgan
.
Yunon faylasufi Anaksagor tug‘ilganidan sо‘ng uning na kulgani va
na tabassum qilganini kо‘rishgan. U faylasuf Anaksimendan tahsil olgan.
Anaksagor falsafaga shu qadar shо‘ng‘ib
ketganki, xо‘jalik ishlari
qarovsiz qolib, butun yer mulki poda boqiladigan yaylovga aylangan.
Anaksagor hur, noan’anaviy fikrlash tarzi tufayli ta’qiblarga duchor
bо‘lgan. Bir qancha muddat turmada о‘tirgan. Anaksagorning faqat
“Tabiat haqida” nomli asari bizgacha yetib kelgan.
Dostları ilə paylaş: