Rumiy she’riyatning barcha shakllarida mukammal ijod qildi. U
bitgan g‘azallar, ruboiylar va masnaviylar she’riyat bо‘stonining
durdonasiga aylangan. Rumiy asarlarida tashbehlarga о‘ralgan
falsafiy,
sо‘fiyona, teran g‘oyalarga keng о‘rin berilgan. Quyida Jaloliddin
Rumiyni bizni muloxazaga chorlovchi fikrlaridan keltiramiz:
- Ey dono odam, sen eng avvalo narsalarning mohiyatini bil, ularning
aldamchi shakliga ishonma!
- Sо‘z – libos. Ma’no shu libos ostiga yashiringan sir.
- Kо‘zguda hamma narsa teskari kо‘rinadi. Ammo biz kо‘zgusiz
о‘zimizni hech qachon kо‘ra olmagan bо‘lardik. Sen menga sо‘z ojiz
deding. Agar о‘zingni
haq deb bilsang, u holda sо‘zning ojizligi haqidagi
sо‘zlaring ham ojizdir.
Abulqosim Firdavsiy (934 (taxminan) – 1024 yillar)
Buyuk shoir Abulqosim Firdavsiy Xuroson viloyatining Tus shahrida
kambag‘al oilada dunyoga keldi.
Firdavsiy keng qamrovli va chuqur ilm egasi bо‘lib yetishdi. Shu bois
uni “hakim”, “donishmand” deb ulug‘laganlar.
Shoir ijodining ayni
gullagan davrida G‘azna shahrida (hozirgi Afg‘oniston hududi) turk
sultoni Mahmud G‘aznaviy saroyida yashab, ijod qildi.
Firdavsiy Mahmud G‘aznaviyga bag‘ishlab, mashhur “Shohnoma”
asarini yozdi. Lekin bu asar Mahmud G‘aznaviy tomonidan yetarlicha
qadrlanmadi.
Rivoyat qilishlaricha, sulton G‘aznaviy
Firdavsiyning yozilajak
“Shohnoma” asarining har bir bayti uchun bittadan oltin tanga berishni
va’da qiladi. 60.000 baytdan iborat asar tayyor bо‘lgandan keyin esa
G‘aznaviy va’dasidan qaytadi. Firdavsiyga G‘aznaviy karvon orqali berib
yuborgan tangalarning hammasi kumush bо‘lib chiqadi.
Bundan qattiq
ranjigan shoir tangalarning bir qismini karvondagilarga, boshqa qismini
hamollarga ulashadi. Tangalarning qolgan hammasiga esa yaxna
ichimliklar sotib oladi. Uning bu harakatlari
hukmdorga qarshi
norozilikning yaqqol ifodasi edi. Sulton G‘aznaviy shoirni filning
oyoqlari ostiga tashlab, jazolash haqida farmon beradi. Firdavsiy tug‘ilgan
yerini tashlab, musofirlikda hayot kechirishga majbur bо‘ladi.
G‘am-qayg‘u ham, huzur-halovat ham aqldandur. Ulug‘vorlik va
buzilish ham aqldandur- deydi Firdavsiy.
Olamda eng avvalo inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql
yana uch qо‘riqchi: til, kо‘z, quloqning
ustidan ham posbonlik
qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali
qalbga kirib boradi.
Ne sababdan uzoq umr kо‘rmoq tilaysan? Bilasan-ku,
baribir olam
sirlarini hech qachon anglab yeta olmaysan.