Rivojlanish rsixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə1/3
tarix28.07.2020
ölçüsü1,02 Mb.
#32307
  1   2   3
1- маъруза (1)

Rivojlanish rsixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish
O‘tgan ajdodlarimiz Yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo‘nalishda, ma’lum konsepsiya asosida o‘rganmagan bo‘lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarning aks etishi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirganlar. Bular to‘rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri – xalq ijodiyoti; rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; ikkinchisi – maxsus ijodkor kishilira (hatto, xukmdorlar) muayyan shaxsga bag‘ishlab yozgan o‘git-nasihat va hikoyalar, uchinchisi - qomusiy, o‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlari; to‘rtinchisi - turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya’ni badiiy asarlardir.

Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi ahloqiy-falsafiy mushohadalari “Ideal shahar aholisining fikrlari”, “Masalalar mohiyati”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bo‘linishi”, “SHarhlardan”, “Xikmat ma’nolari”, “Aql ma’nolari to‘g‘risida” kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o‘zining “o‘tmish yodgorliklari” kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi. SHu jumladan,, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarning o’zun-qisqaligi to‘g‘risida bildirgan mulohazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bog‘laydi. Bu jihatdan uning “Hindiston”, “Mineralogiya” asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega.

Ibn Sinoning 5 tomlik “Tib qonunlari” asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Uning “Odob haqida” risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to‘g‘risidagi jiddiy asardir.

YUsuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” asaridagi ma’lumotlar ham hozirgacha o‘z qimmatini yo‘qotmagan.

AQSHlik psixolog Dj. Bruner (1915) shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida ikkiyoqlama aloqa mavjudligi aytib, insonning kamolot sari intilishi bilan olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvi jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi.

SHu tariqa Yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan o‘tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga o‘rta Osiyo allomalari, rus va chet el psixologlari munosib hissalarini qo‘shdilar. YUqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy ma’lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalarning o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Yosh davrlarining tabaqalash nazariyalari.

Psixologiya fanida Yosh davrlarini tabaqalash bo‘yicha qator mustaqil nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritiladi. Ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixo-analitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin.

Quyidagi mazkur nzariyalar va ularning ayrim namoyandalar ifodalagan Yosh davrlarini tabaqalash prinsiplarini ko‘rib chiqamiz.

Biogenetik nazariyada insonning biologik etilishi bosh omil sifatida qabul qilingan, qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo‘lib, ana shu omil bilan o‘zaro bog‘liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirish bosh maqsadi biologik determinantlrga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ulardan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.

Rivojlanish jarayonining o‘zi, dastavval biologik universal bosqichich sifatida talqin qilinadi.

Biogenetik qonun F.Myuller va E.Gekkel kashf qilgan. Biogenetik qonun organning rivojlanishi nazariyasini tashviq qilishda hamda antidarvinchilarga i kurashdi muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq unda organning individual va tarixiy rivojlanishi munosabatlarini tushuntirishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, biogenetik qonunlarga ko‘ra, shaxs psixologiyasining individual rivojlanishi (ontogenez) butun insoniyatning tarixiy rivojining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi.

Nemis psixologi V.SHterining fikricha, chaqaloq (yangi tug‘ilgan bola) hali odam hisoblanmaydi, balki faqat sut emizuvchi hayvondir; olti oylikdan oshgach u psixik rivoji jixatidan faqat maymun darajasiga tenglashadi, ikki Yoshida oddiy odam holiga keladi, besh Yoshlarida ibtidoi gala holidagi odamlar darajasiga etadi, maktabga kirgandan boshlab ibtidoi davrni boshdan kechiradi, kichik maktab Yoshida uning ongi o‘rta asr kishilari darajasiga, nihoyat etuklik davri (16-18 Yoshlari)dagina hozirgi zamon kishilarining manaviy darajasiga erishadi.

S.Xoll “rekapitulyasiya qonun”ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) psixologik o‘sishning bosh qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenez filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqinicha, go‘daklik hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas. Bolalik esa asosiy mashg‘uloti ovchilik va baliqchilik bo‘lgan qadimgi kishilarning davriga aynan mos keladi. 8-12 Yoshlardagi o‘sish davri yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishidagi etilishidan (12-13 Yoshdan) boshlanib etuklik davrigacha (22-25 Yoshgacha) davom etadi, romantizmga barobardir. S.Xollning talqinicha, bu davrlar “bo‘ron va tazyiqlar”, ichki va tashqi nizolar (ziddiyatlar)dan iborat bo‘lib, odamda “individullik tuyg‘usi” vujudga keladi. Yosh davrlarini tabaqalashning bu turi o‘z navbatida tanqidiy muloxazalar manbai vazifasini o‘taydi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.

Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis “”konstitutsion psixologiyasi (insoning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi)tipologiyasining negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipii va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipii Bilan o‘sishining xussiyati o‘rtasida o’zviy bog‘liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta toifaga: (sikloid (tez qo‘zg‘aluvchi, his-tuyg‘usi o‘t beqaror) va shizion (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg‘usi cheklangan)Larga ajratadi. Bu taxminni Yosh davrlari, xususiyatlariga ham tadbiq etib, o‘smirlar sikloid xususiyatli, o‘spirinlar esa shizoid xususiyatliligini takidlaydi. Lekin insonning kamol topishida biologik shartlardan sifatlar hamisha etakchi va hal qiluvchi rol o‘ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.

Biogenetik nazaryaning namoyondalari - amerikalik psixologlar A.Gezelli va S.Xoll rivojlanishning biologik madeliga tayanib ish ko‘radilar, bu jarayonda muvozanat, integratsiya va yangilanish sikllari o‘zaro almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.

Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko‘rinishi Zigmund Freydning shaxs talqinida o‘z ifodasini topgan. Uning ta’lmotiga binoan shaxsning barcha xatti-xarakatlari (xulq) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlardan kelib chiqadi, birinchi navbatda, jinsiy (seksual) maylga bog‘liqdir. Bunday biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki rolini bajara olmaydi.

Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko‘rinishi sotsiogenetik nazariyadir. Bu nazariyada shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni jamiyatning strukturasi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, atrofdagi odamlar Bilan o‘zaro munosabat vositalari asosida tushuntiriladi. Ijtimoiylashish nazariyasiga ko‘ra inson biologik tur sifada tug‘ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.

G‘arbning eng muhim nazariyalaridan biri – rollar nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra jamiyat o‘zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-xarakatning barqaror usullari majmuasini yaratadi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo‘lgan maxsus rollar uning xulq-atvorida, boshqalar Bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi.

AQSHda individual tajriba va bilimlarni o‘zlashtirish (ko‘nikish) nazariyasi keng tarqalgan. Mazkur nazariya binoan, shaxsning hayoti va voqelikka munosabati, ko‘nikmalarni egallashi va bilimlarni o‘zlashtirishi qo‘zg‘atuvchining barqarorligiga bog‘liqdir.

K.Levin taviya qilgan “fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi o‘z davrida muhim ahamiyat kasb etgan. K.Levin nazariyasiga ko‘ra shaxsning xulqi (xatti-xarakati) psixologik kuch vazifasini o‘tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat) Bilan boshqarilib turiladi, buk uchli fazoviy zarurat maydonning ko‘lami va tayanch nuqtasiga yo‘nalgan bo‘ladilar.

YUqorida ifodalangan har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o‘zgalar uchun yopiq va maxfiy muxitning xussiyatlaridan kelib chiqqan xolda tushuntiradi, bunda u odam xoxshini yoki xoxlamasligidan qa’tiy nazar, mazkur sharoitga moslanmog‘i (ko‘nikmog‘i) zarur, degan qoidaga amal qiladi.

Psixologiyada psixologik yondashish ham avjud bo‘lib, u biogenik va sotsiogeneik omillarning qimmatini kamentmaydi, balki psixik jarayonlarning rivojalanishi birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Mazkur yondashishni uchta mustaqil yo‘nalishga ajratib tahlil qilish mumkin va bu yo‘nalishlar o‘z mohiyatini, kechishi va mahsuli jixatidan keskin farqlanadi.

Psixikaning irratsion (aqliy bilish jarayonaridan boshqa) tarkibiy qismlari: emotsiya, mayl yordamida shaxsning xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Bu nazariyaning yirik namoyandalarida biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U insoning umrini o‘ziga xos betakror xususiyatlarga molik 8 ta davrga ajratadi.

Birinchi davr - go‘daklikda tashqi dunyoga ongsiz “ishonch” tuyg‘usi vujudga keladi. Buning bosh sababi ota-onaning mehr-muhabbati, g‘amxo‘rligi va jonkuyarligidir. Agar go‘dakda ishonchning negizi paydo bo‘lmay, borliqqa ishonchsizlik hissi tuyg‘usi, voyaga etgan odamlarda mahluqlik hissi tug‘ilsa, voyaga etgan odamlarda mahluqlik, umidsizlik vujudga kelishi shubxasizdir.

Ikkinchi davr – ilk bolalik yarim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usi shakllanadi yoki, aksincha, ularning teskarisi – uyat va shubxa xissi xosil bo‘ladi. Bolada mustaqillikning o‘sishi unga o‘z tanasini boshqarish uchun keng imkoniyat yaratib, bo‘lg‘usi shaxs xususiyatldaridan tartib-intizom, ma’suliyat, javobgarlik, hurmat tuyg‘ulari tarkib topishiga zamin hozirlaydi.

Uchinchi davr - o‘yin Yoshi deb ataladi va unga 5-7 Yoshli bolalar kiradi. Bu davrda tashabbus tuyg‘usi, qandaydir ishlarni amalga oshirish, bajarish mayli tarkib topadi. Mabodo boladagi hoxish-istakni ro‘yobga chiqarish yo‘li to‘sib qo‘yilsa, buning uchun u o‘zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, ya’ni guruh o‘yinlarga, tengqurlari bilan muloqotga kirishish muhim ahamiyat kasb etadi: bola turli rollar bajarib ko‘rishiga, uning hayoloti o‘sishiga imkon yaratadi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg‘usi, uni tushunish mayli tug‘ila boshlaydi.

To‘rtinchi davr – maktab Yoshi boladagi asosiy o‘zgarishlar: ko‘zlagan maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tarishqoqlik bilan ajralib turadi.

Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Bu Yosh davrning salbiy jihatlari (illatlari) ham bo‘lib, ular ijobiy hislatlari etarli bo‘lmasligi, ong hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni hal qilshda aql-zakovat darajasining pastligi, bilimlarni o‘zlashtirishdagi qoloqlik va hokazolardir. Xuddi shu davrdagi shaxsning mehnatga munosabati shakllana boshlaydi.



Beshinchi davr - o‘spirinlik betakror xislati, o‘ziga xosligi, boshqa odamlardan keskin farqlanishi bilan xarakterlanadi. SHuningdek, o‘spirinlik davrida shaxs sifatida noaniqligi muayyan rolni uddalamaslik, qat’iyatsizlik singari salbiy sifatlarga ham egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati “rolini kechiktirish” ning o‘zgarishi hisoblanadi. U ijtimoiy hayotda bajarayotgan rollarning ko‘lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, shuningdek, rollarda o‘zini sinab ko‘rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o‘spirinlarda o‘zini o‘zi anglashning psixologik mexanizmlarini batafsiltahlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qo‘zg‘atuvchi) jarayonlarni va ularning turli ko‘rinishlari namoyon bo‘lishi bayon qiladi.

Oltinchi davr - Yoshlik boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Bunda ayniqsa, jinsiy mayl alohida o‘rin tutadi. Bundan tashqari, Yoshlik tanxolikni yoqtirish va odamovilik kabi yoqimsiz xususiyat bilan ham farqlanadi.

Ettinchi davr – etuklik davrida hayotiy faoliyatning barcha sohalarida (mehnatda, ijodiyotda, g‘amxo‘rlikda, pusht qoldirishda, tajriba o’zatish va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg‘usi o’zluksiz hamroh bo‘ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifani bajaradi. SHuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda to’rg‘unlik tuyg‘usi salbiy xususiyat sifatida hukm surishi ham mumkin.

Sakkizinchi davr, ya’ni qarilik inson sifatida o‘z burchini uddalay olganligidan, turmushning keng o‘mrovliligidan qanoatlanish tuyg‘ulari bilan xarakterlanadi. Salbiy xususiyat sifatida esa hayot faoliyatidan noumidliylik, ko‘ngil sovush tuyg‘ularini aytish mumkin. Donolik, soflik, gunohlardan forig‘ bo‘lish har bir holatga shaxsiy va umumiy nuqtai nazardan qarash bu Yoshdagi odamlarga xos eng muhim jihatlardir.

E.SHpranger “o‘spirinlik davri psixolgiyasi” nomli asarida bu davrga 13-19 Yoshli qizlarni, 14-22 Yoshdagi yigitlarni kiritishni tavsiya qiladi. Uningcha, bu Yosh davrida yo’z beradigan asosiy o‘zgarishlar: a) shaxsiy “Men” ni kashf qilish; b) refleksiyaning o‘sishi; v) o‘zining individualligini anglash va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof qilish; g) hayotiy ezgu rejalarining paydo bo‘lishi; d) o‘z shaxsiy turmishini ongli holda qurishga intilish va xokazolar. 14-17 Yoshlarda vujudga keladigan inqiroz o‘smirlarda o‘zlariga kattalarning bolalarcha munosabati doirasidan qutilish tuyg‘usi paydo bo‘lishidan iboratdir. 17-21 Yoshlilarning yana bir xususiyati ularda tengqurlaridan “ajralish” inqirozi va tanholik istagining paydo bo‘lishidir. Bu holat tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqadi.

E.SHpranger, K.Bbler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik nomoyandalari hisoblanadilar.

Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj.Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.

J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funksiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta’limotni o‘z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy funksiyalarni uyushqoqlik va moslashish, ko‘nikishdan iborat bo‘lib, aql-idrokning funksional invariantligi deb yuritiladi.

Muallif intellektni quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi: 1) sensomotor intellekti (tug‘ilishdan 1 Yoshgacha); 2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 Yoshdan 7 Yoshgacha); 3) konkret operatsiyalar davri (7-8 Yoshdan 11-12 Yoshgacha); 4) formal (rasmiy) operatsiyalar davri.

J.Piajening g‘oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik nazariyachilariga qo‘shish mumkin. Bu yo‘nalishning namoyandalari L.Qolberg, D.bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalardan iboratdir.

A.Vallon (Fransiya) nuqtai nazaricha Yosh davrlari quyidagilarga ajratiladi: 1) homilaning ona qornidagi davri; 2) impulsiv harakat davri – tug‘ilganidan 6 oyligigacha; 3) emotsional (his-tuyg‘u) davri – 6 oylikdan 1 Yoshgacha; 4) sensomotor (idrok bilan harakatning uyg‘unlashuvi) davri –1 Yoshdan 3 Yoshgacha; 5) personologizm (shaxsga aylanish) davri – 3 Yoshdan 5 Yoshgacha; 6) farqlash davri – 6 Yoshdan 11 Yoshgacha; 7) jinsiy etilish va o‘spirinlik davri – 12 Yoshdan 18 Yoshgacha.

Rus psixologiyasidagi Yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananev singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug‘ullanuvchilar safi kengayib bordi, shu boisdan tabaqalanish kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan o‘zaro keskin farqlanadi. hozir Yosh davrlarini tabaqalash yo’zasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarin muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir.

L.S.Vigotskiy psixologlarning Yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib Yosh davrlarin quyidagi bosqichlarga ajratadi:



  1. CHaqaloqlik davri inqirozi.

  2. Go‘daklik davri – 2 oylikdan 1 Yoshgacha.

Bir Yoshdagi inqiroz.

  1. Ilk bolalik davri – 1 Yoshdan 3 Yoshgacha.

3 Yoshdagi inqiroz.

  1. Maktabgacha davr – 3 Yoshdan 7 Yoshgacha.

7 Yoshdagi inqiroz.

  1. Maktab Yoshi davri – 8 Yoshdan 12 Yoshgacha.

13 Yoshdagi inqiroz.

  1. Pubertat (jinsiy etilish) davri – 14 Yoshdan 18 Yoshgacha.

17 Yoshdagi inqiroz.

Olim o‘z asarlarida har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur ilmiy tariflay olgan. Eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq bu mulohazalarida ancha munozarali, baxsli o‘rinlar ham uchraydi. Umuman L.S.Vigotskiyning Yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar roli to‘g‘risidagi mulohazalari va olg‘a so’rgan g‘oyalari hozirgi kunnning talabiga mosdir.

L.S.Vigotskiy shogirdi L.I.Bojovich insonning kamol topishini Yosh davrlariga bo‘lishda motivlarni asos qilib olidi, shuning uchun bu bo‘lishni motivatsion yondashish, deb atash mumkin. L.I.Bojovichning mulohazasiga ko‘ra Yosh davrlari quyidagi bosqichlardan iborat:

Birinchi bosqich – chaqaloqlik; tug‘ilgandan 1 Yoshgacha;

ikkinchi bosqich – motivatsion tasavvur; 1 Yoshdan 3 Yoshgacha;

uchinchi bosqich – “men” ni anglash davri; 3 Yoshdan 7 Yoshgacha;

to‘rtinchi bosqich – ijtimoiy jonzotlikni anglash davri; 7 Yoshdan 13 Yoshgacha;

beshinchi bosqich – a) o‘z-o‘zini anglash davri; 12 Yoshdan 14 Yoshgacha; b) o‘z o‘rnini belgilash (topish) davri; 15 Yoshdan 17 Yoshgacha.

L.I.Bojovich har bir bosqichni psixologik tavsiyalashda unda namoyon bo‘ladigan o‘zgarishlarni, bu o‘zgarishlarning sabablari, omillari, manbalari, turtkilari, mexanizmlarini ham bayon qiladi.

D.B.Elkoninning tasnifi etakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida faoliyatning biror ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Etakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning negizini tashkil qiladi.

D.B.Elkonin Yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi:


  1. go‘daklik davri – tug‘ilgandan 1 Yoshgacha; asosiy faoliyat – bevosita emotsional muloqat;

  2. ilk bolalik davri – 1 Yoshdan 3 Yoshgacha; asosiy faoliyat – predmet bilan nozik harakatlar qilish;

  3. maktabgacha davr – 3 Yoshdan 7 Yoshgacha; asosiy faoliyat – rolli o‘yinlar;

  4. kichik maktab Yoshi davri – 7 Yoshdan 10 Yoshgacha; asosiy faoliyat – o‘qish.

  5. Kichik o‘smirlik davri – 10 Yoshdan 15 Yoshgacha; asosiy faoliyat – shaxsning intim muloqoti;

  6. Katta o‘smirlik Yoshi yoki ilk o‘spirinlik davri – 17 Yoshdan 17 Yoshgacha; asosiy faoliyat – o‘qish, kasb tanlash.

D.B.Elkonin tasnifini, ko‘pchilik psixologlar ma’qullashishiga qaramay, unda ayrim munozarali jihatlar ham bor. Umuman esa D.B,Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa Yosh davrlari psixologiyasida muhim o‘rin tutadi.

Jahon psixologiya fanidan to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, bolaning ona qornidagi o‘sish davri ona organizmiga o’zviy bog‘liq holda kechadi. CHaqaloqning barcha hayotiy vazifalari – ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish havo haroratining o‘zgarishiga va atmoseradagi holatlarga, moddalar almashinuviga moslashish va hoqazolar ona organizm orqali amalga oshadi.

CHaqaloqning tug‘ilishi sifati jihatdan o‘zgari daqiqasi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ko‘rinishi boshlanadigan nuqtadir, shuning uchun tug‘ilish tabiatning chaqaloq organizini kuchli larzaga keltiruvchi mo‘‘jizasi hisoblanadi. Ona qornida barqaror muhitda yashagan jonzot favqulodda yangi sharoitga, son - sanoqsiz xossalar va xususiyatlarga ega bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar doirasiga tushadi, natijada yashash uchun kurash boshlanadi, qarama - qarshiliklarni engish uchun qarshi harakat vujudga keladi. Avval chaqaloq organizminig ona organizmidan ajralishi sodir bo‘ladi, ijtimoiy – tabiiy shart sharoitlarga moslashuvi boshlanadi. Uning mo’rg‘ak organizmida tub o‘zgarishlar ro‘y beradi, yangi sharoitlarga ko‘nikish davri kurashlar ostida o‘tadi. CHaqaloq organizmi miqdor va sifat o‘zgarishlariga, tashqi olam qarshiligiga, ta’siriga tazyiqiga duch keladi. Fazo vaqt va harakat muammolari mutlaqo boshqacha tarzda uning bosh miya katta yarim sharlari po‘stida aks eta boshlaydi, bunday holat bola bilan atrof muhit o‘rtasida qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, natijada, uning moslashish jarayoni yangi mexanizmlardan foydalanishni taqozo etadi.

CHaqaloqda ona organizmi bilan anatomik, morfologik va konstitutsion bog‘liqlik davri tugagan bo‘lsa – da biroq u dastlabki daqiqadalardan boshlaboq mustaqil yashay olmaydi, onaga fiziologik jihatdan tobeligicha qolaveradi. CHaqaloq organizm yashash uchun talab qiladigan ovqat, oqsillar mazkur o‘sish pallasida ona suti orqali borib turadi. Bola onaning qornida mo‘‘tadil haroratda, oziq etarli darajadagi sharoitda, hatto organizmning funksional holat ham ona organizmiga bevosita bog‘liq holda yashagan bo‘lsa, tug‘ilishi bilanoq birdaniga yangi, murakkab, qiyin sharoitga tushib qoladi. Ma’lumki, bunday qiyinchiliklar ona qornida bo‘lishi ham mumkin emas edi. Xuddi shu sababdan himoya funksiyalarini vujudga keltirmay turib, bolada ularni engish imkoniyati tug‘ilmaydi, chunki shartli reflekslar ishga tushmasa, u taqdirda moslashish (adaptatsiya) jarayoni haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Tug‘ilgan chaqaloq havo bo‘shlig‘i va havo bosimiga duch kelishi sababli tabiiy talabga ko‘ra uning nafas olishi va nafas chiqarishi o‘zgaradi. U salqin havo oqimiga tushishi bilan haroratning ta’siriga moslashish uchun harakat qiladi. Unda ovqatlanish usuli va vositasi ham o‘zgaradi, ya’ni plansentar ovqatlanish (ona organizmidan bevosita qonga moddalar so‘rilishi) dan oral ovqatlanish (ovqat og‘iz bo‘shlig‘i orqali me’da - ichakka borishi)ga o‘tadi. Bunday holat organizm oldiga yangi talablarni qo‘yadi, ularni qoniqtirish esa keskin qayta qurilishlar orqali amalga oshadi, xolos.

CHaqaloq hayvonlarning bolalariga qaraganda himoyaga muhtojroq, nochorroq bo‘lib tug‘iladi. Bu filogenetik taraqqiyot davrining o‘ziga xususiyatlari bilan izohlanadi, ehtimol umrning uzoq va qisqaligi bilan o‘lchanishga bevosita taalluqlidir. Tug‘ilish arafasida bolada nasliy yo‘l bilan mustahkamlangan ayrim mexanizmlar, shartsiz reflekslar paydo bo‘la boshlaydi, bular yangi hayot sharoitiga moslashishni birmuncha engillashtiradi.

CHaqaloq tug‘ilganda unig ovqatlanish reflekslari ma’lum darajada shakllangan; asosan so‘rish emish reflekslari o‘z vazifasini ado etishga tayyor bo‘ladi. CHaqaloqning labiga va tilining shilimshiq pardasiga boshlaydi. Xuddi shu boisdan ona ko‘kragini emishda uning boshqa har qanday harakatlari sekinlashadi yoki mutlaqo to‘xtaydi, boshqacha so‘z bilan aytganda, bolaning diqqati bir ob’ektda to‘planadi, natijada boshqa tana a’zolarida tormozlanish, sustlanish vujudga keladi. Sobiq sovet psixologlari M. P. Denisov va N.L. Figurinlar chaqaloqlardagi mazkur jarayonni chuqur tadqiq qilib “ovqat yo‘nalish” reaksiyasi deb atadilar. Akademik I. P. Pavlovning tadbiricha, bunda shartsiz reflekslar vujudga kelib, u idrok qilinadigan narsaga idrok qiluvchi organni qo’zg‘atuvchi eng qulay yo‘nalishida aks etadi. Natijada emish mexanizmining ta’siridagi xatti – harakatlar qisman yoki butunlay tormozlanadi. CHaqaloqda nisbatan etilgan nerv yangi sharoitda yashashini ta’minlovchi tashqi sharoit va muhitga moslashish imkonini beradigan sistemasi bilan tug‘iladi. Mazkur reflekslar organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas chiqarishni o’zluksiz ravishda ta’minlab turadi. Birinchi kundanoq kuchli qo’zg‘atuvchilarga nisbatan ko‘zni qisish, pirpiratish, uning qorag‘ichini kengaytirish yoki toraytirish mexanizmlari ishlay boshlaydi. Bu reflekslarni odatda himoya ( muxofaza, mudafo) reflekslari deyiladi va u psixofiziologiyada juda chuqur o‘rganilgandir.

CHaqaloqda himoya reflekslaridan tashqari, qo‘zg‘atuvchilar bilan aloqa o‘rgantishga xizmat qiladigan (orientir chamalash mo‘ljal reflekslari ham mavjuddir. CHaqaloqlarni ko’zatishdan ko‘rinadiki, ikki Uch kunlik bola xonaga quYosh nuri tushishi bilan boshini yorug‘lik tomonga burishi, hatto u xonaga asta kirib kelayotgan nur manbaini ham sezishi mumkin. Ushbu omilni tasdiqlovchi ma’lumotlar ko‘pgina psixologlar tomonidan, shuningdek M.I. Lisina boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi a’zolari, “ona kundaligi” tuzuvchi tadqiqotchilar asarlarida o‘z ifodasini topgan.

YUqorida ta’kidlab o‘tilgan reflekslardan tashqari, chaqaloqda bir nechta tug‘ma tabiiy reflekslar ham uchraydi, chunonchi; emish refleksi og‘ziga tushgan jamiki narsa ( hech tanlamay) so‘rishda o‘z ifodasini topsa qo‘l kaftiga biror narsaning tegishi ushlash chang solish reaksiyasini vujudga keltiradi. O‘zidan narsani itarish, uzoqlashtirish refleksi mavjudligi ko‘rsatadi va bu hol tovonga qandaydir jism tegishi bilan uni o‘zidan uzoqlashtirishda namoyon bo‘ladi.

Maktabgacha Yosh psixologisining yirik vakili psixolg V.S. Muxinaning mulohazasiga binoan, chaqaloq tug‘ilishiga qadar ham shartsiz reflekslar (chunonchi uning homilalik paytidayoq o‘z qo‘lini so‘rishi) imkoniga ega bo‘lishi mumkin. SHarq allomalarining fikrcha, chaqaloq tug‘ma reaksiyalarning boshqa turlar ham mavjud bo‘lib, beshik tebratilganda chaqaloqning yig‘idan to‘xtashi, ixtiyorsiz harakati sekinlashuvi shundan dalolat beradi. Qadim zamonlardan beri beshik, so‘rg‘ich va hokazolardan chaqaloqni yo’patishning, uning ixtiyorsiz harakatini to‘xtatishning, diqqatini ovqatga va favqulodda holatga to‘plashning muhim vositasi sifatida foydalaniladi. Hozirgi zamonda diqqatni to‘plashning yangi vositalari, usullari yaratilgan.

CHaqaloq hayoti uchun bunday tug‘ma - tabiiy reaksiyalar juda muhim bo‘lib ana shu shartsiz refleklar tufayli u yangi, ung‘aysiz sharoitga ko‘nikib boradi va o‘z yashash tarzini mavjud sharoit moslashtiradi. Uning yangi muhitda ovqatlanishi va nafas olishi bevosita ana shu reflekslarining funksiyasi hisoblanadi. Bola tug‘ilguniga qadar undagi barcha jarayonlar ona organizmi orqali orqali amalga oshgan bo‘lsa,

Tug‘ilganidan keyin mutlaqo boshqacha tarzda amalga osha boshlaydi. Masalan, o‘pka bilan nafas olish oral (og‘iz, ichak, oshqozon kabi biologik organlar orqali) ovqatlanish vujudga keladi. Buni psixologiya fanida reflektor moslashish deb ataladi va u jonzotning mustaqil yashashi uchun zarur sharoit vazifasini o‘taydi. Muskul sistemasning ishtirokida nafas olishning ritmli harakatlarni amalga oshadi. Bu jarayon ovqatlanish, emish, so‘rish reflekslari yordamida vujudga keladi. CHaqaloqning tug‘ma reflekslari dastlabki paytlarda nomutanosib ishlashi sabali u tez -tez qalqib ketadi, jismonan darrov toliqadi (tez uyquga ketadi yoki uyg‘onadi). CHaqaloqning butun faoliyati, faolligi organizmni oziq bilan ta’minlashga, to‘yishga yo‘nalgan bo‘ladi. Organizmning termoregulyasiyasi ham alohida ahamiyat kasb etib, bolani o‘zgaruvchan mikromuhitga tabora moslashitirib boradi, teri - tuyush, harorat farqini ajratish reaksiyasini, shartsiz refleksini yo’zaga keltiradi.

CHaqaloqlik davri insonning kamol topishida xulq- atvorning tug‘ma instinktiv ko‘rinishlari: nafas olish, ovqatlanish, haroratdan ta’sirlanish va hoqazolar sof holda namoyon bo‘lishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, bir sifat darajasidan ikkinchi, yuqoriroq ko‘rsatkichga o‘sib o‘tishni ta’minlaydi. Instinktiv hatti - harakatlar shartli refleksning paydo bo‘lishiga zamin hozirlaydi, organizmning atrof muhitga nisbatan munosabatini takomillashtiradi. Mazkur organik (moddiy) ehtiyojlar chaqaloq uchun psixik o‘sishning negizi vazifasini o‘tay olmaydi, ammo ularning barchasi birgalikda individning yashashini ta’minlaydi.

Psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, qator tug‘ma reflekslar chaqaloqning o‘sishiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri ta’sir etmasa- da uning tabiiy – biologik ehtiyojlarini qondirishda ishtirok qiladi. Bularga ativistik, tirmashish, sudralish, emaklash kabi nasliy (irsiy, genetik) reflekslar kiradi va ayrim reflekslar (tirmashish, chang solish borgan sari susayib boradi. CHaqaloqda ushlash, o‘zini tutish reflekslarining paydo bo‘lishi uning fazoda to‘g‘ri harakat qilishiga imkon yaratadi Tub ma’nodagi sudralish - bolaning narsalarga, jismlarga qo‘l cho‘zishidan boshlanib, keyinchalik oldinga intilishida ko‘rinadi. Bu jarayon ma’lum yaursat o‘tgandan keyin yanada taraqqiy eta boshlaydi, ya’ni takomillashadi.

Tug‘ilishga yaqin chaqaloqda quloq va ko‘z mexanizmlari o‘z vazifasini o‘tashga tayyor. SHuningdek unda ba’zi himoya va orientir reflekslari (o‘ta yorug‘likka qarash natijasida ko‘zni pirpiratish, boshini olib qochish, burish, kuchli tovushdan cho‘chish kabilar) ham mavjud bo‘ladi. Ammo chaqaloqda “ko‘rish” va “eshitish” apparatlari orqali o‘z diqqatini biror ob’ektga to‘plash: ob’ektni tanish, tovushni ajratish, sezish, payqash imkoniyati unda keyinchalik vujudga keladi. Narsalarni tanish, ularni idrok qilish, tashqi ko‘rinishlariga nisbatan shaxsiy munosabatini bildirish taraqqiyotining navbatdagi bosqichida namoyon bo‘la boshlaydi. CHaqaloqdagi tug‘ma mexanizmlar yangi sharoitga moslashish, ko‘nikish uchun kifoya qilmaydi. SHu boisdan uni parvarishlashda qo‘shimcha tarbiyaviy tadbirlar qo‘llanmasa chaqaloq o‘sishdan orqada qolishi mumkin. Buning uchun chaqaloqlar bilan kattalarning munosabatga kirishishi, o‘ziga xos ravishda muloqot o‘rnatilishi ijobiy natijalar beradi, Ushbu hamkorlik qancha erta boshlansa, uning ta’sirchanligi, mahsuldorligi shuncha yuqori bo‘ladi. CHaqaloq ona qornidagi yashash sharoitidan atmosferada hayot kechirishga o‘tgan dastlabki paytlarda, daqiqalarda uning uyqu va uyqusizlik holatlari o‘rtasida keskin chegara bo‘lmaydi, natijada bir holatdan ikkinchisiga ko‘chish sezilmasligi ham mumkin, chunki ular juda kam fursat talab qiladi, lahzalar muayyan holatni o‘zida aks ettiradi.

Tug‘ilgan chaqaloqning vazni tez kamaya boradi. Buning tabiiy sababi sho’qi, unda suyuqlik moddalarining chiqib ketishi, vaznsizlik holatidan atmosfera bosimiga, quYosh nuriga, turli xususiyatli moddalar ta’siriga, o‘zgaruvchan havo haroratiga moslashish davrida ko‘p kuch - quvvat (eneriya) sarflanadi. Bu davr chaqaloqlarning ham individual, ham jismoniy tafovutlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay chaqaloq vaznining kamayishi tabiiy ravishda to‘xtaydi va uning yangi muhitga moslashishi boshlanadi. Kindik tushish davri organizmda keskin o‘zgarishlar yo’z berish pallasi hisoblanib, mo’rg‘ak organning mustaqil yashayotganidan dalolat beradi. CHaqaloqning oldingi vazniga etish davri hayotining birinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi.

CHaqaloq organizmining anatomik - fiziologik, morfologik va konstitutsion bo‘yicha boshqa Yoshdagi odamlarnikidan farqi kam rivojlanganligi, zaifligi, ish qobiliyatining kuchsizligidadir. Uning suyak sistemasi, pay - musqullari va tog‘ay to‘qimalarining o‘sishi katta Yoshdagi kishilarnikidan ham sur’at, ham sifat jihatdan farqlanadi. CHaqaloqdagi musqullarning takomillashishi harakt negizini vujudga keltiradi; shu bilan birga har bir biologik organning mustaqil harakati va faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Bolada buyin musqullarining o‘sishi bo‘ynini tutishga olib kelsa, tana musqullarining rivojlanishi kattalar yordamida ag‘anash imkonini, qul va oyoq musqullarining etilishi esa jismoniy harakt qilishi, jismlarga qo‘l cho‘zishi uchun sharoit yaratadi.

CHaqaloqning anatomik – fiziologik tuzilishini tahlil qilsak, u holda uning suyak sistemasida ohak moddasi va har xil tuzlar etishmasligining guvohi bo‘lamiz. SHu sababli suyak funqsiyasini ko‘proq tog‘ay to‘qimalar bajaradi. Bosh suyaklari bolaning ikki oyligida o‘zaro qo‘shilib ketadi. Bosh suyakning peshona va tepa qismlari o‘rtasida liqildoq deb ataladigan qalin parda va teri bilan qoplangan oraliq mavjud bo‘ladi. U bola bir Yoshdan oshganidan keyin suyak bilan qoplanib boradi, lekin u haqiqiy suyak bo‘lmaydi, kuchsizligi, egiluvchanlik xususiyati etishmasligi tufayli muayyan vazifa bajara olmaydi.

CHaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismi, ya’ni bosh miya katta yarmi sharlari tashqi ko‘rinishi bilan katta odamnikiga aynan o‘xshasa ham, aslida undan ko‘p jihatlari bilan farq qiladi. Odamlarni o‘zaro qiyoslasak, u holda ajoyib manzarani ko‘ramiz: miya og‘irligi chaqaloq tanasining sakkizdan bir va katta odamlarda esa qirqdan bir qismini tashkil etadi. CHaqaloqlarda bosh gavdaga nisbatan kattaroq ko‘risa- da, biroq u hali juda bo‘sh, mukammallashmagan bo‘ladi. Bu davrda chaqaloqning og‘irligi 3- 5 killogramm bo‘lishiga qaramay, miyasining og‘irligi 300 – 350 grammni ni tashkil qiladi, xolos. CHaqaloqning miya hujayralarining miqdori, “ariqchalar” ning yaqqol ko‘zga tashlanmasligi, nerv hujayralari tarmog‘i jihatdan katta odamlarning miyasidan farq qiladi, bunga quyida keltiriladigan tadqiqotchilarning ma’lumotlari guvohdir.

Psixolog E. A. Arkinning ma’lumotiga ko‘ra, bola tug‘ilishga harakat qilayotgan paytda uning miyasini bir xil kulrang massa tashkil etadi, uning nerv tolalarida mielin qobig‘i bo‘lmaydi.

CHaqaloqda nerv tolalari bir – biridan ajralmagani sababli, tashqaridan kelgan qo‘zg‘atuvchilar muayyan qismga yo‘nalgan bo‘lsa – da, boshqa markazlarga ham ta’sir qilaveradi. Xuddi shu sababdan bo‘lsa kerak, uning bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ida aniq, mustaqil va barqaror qo‘zg‘alish o‘choqlari vujudga kelmaydi. CHaqaloq tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga ixtiyorsiz ravishda qo‘l – oyoqlari va boshini tartibsiz ravishda harakatlantirish bilan javob beradi. Katta Yoshli kishilarning bilish jarayonlari, his - tuyg‘ulari, ruhiy holatlari va o‘ziga xos individual - tipologik xususiyatlarini idora qilishda nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismlari etakchi rol o‘ynasa, chaqaloqning hayotiy faoliyatida bu vazifani bosh miya qobig‘ining ostki markazlari bajaradi. Bosh miya katta yarim sharlarining durustroq rivojlangan bo‘linmalari chaqaloq uchun eng zarur jarayonlar: nafas olish va nafas chiqarish, emish, yutinish, qon aylanish, siydik chiqarish va hokazolarni boshqarib turadi. Mazkur nerv tolalari chaqaloqning yashashi uchun etarli miqdorda mielin qobig‘iga o‘ralgan bo‘ladi.

CHaqaloq boshqa Yosh davridagi odamlarga qaraganda kuchsiz, zaif, ojiz bo‘lib ko‘rinsa – da, biroq ba’zi jihatlari bilan kattalardan ustunlik qiladi. E. A. Arkinning fikricha, chaqaloqlik davrining kuchli

jihatlari ko‘pincha uning o‘sish jarayonida o‘z ifodasini topadi. U har oyda ikki santimetrdan o‘sadi, uning og‘irligi har kuni 1,6 -2 grammdan ortib boradi. Uning shiddatli sur’at bilan o‘sishi ko‘proq individning vegetativ nerv sistemasi, ichki sekretsiya (buqoq, qalqon osti va usti) bezlarining faoliyatiga bevosita bog‘liqdir. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqargan maxsus garmonlar qonga so‘rilib, organizmning jismoniy g‘oyat jadal sur’at bilan o‘sishini belgilaydi. CHaqaloqning bunday tez o‘sishi shu davrning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar: ovqat, sof havo, quYosh nuri, nafas olish, parvarish va hoqazolardir.

Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra chaqaloqning nerv faoliyati shartsiz va shartli reflekslar ta’sirida vujudga keladi. SHartsiz, tug‘ma reflekslar chaqaloqning tug‘ilishi arafasida etarli darajada etilishi sababli unda qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, siydik chiqarish singari eng muhim vegetativ fuksiyalar amalga oshadi. Masalan, qorni och chaqaloqning labiga biror narsa tegishi bilan unda emish harakati vujudga kelib, so‘laklari oqa boshlaydi.Bu ovqatlanishning shartsiz refleksidir.

CHaqaloq tug‘ilishi arafasida uning bosh miya katta yarim sharlarining og‘irligi, hajmi va funksional jihati etarlicha rivojlanmagan bo‘lsa ham, ammo u mavjud shartsiz reflekslar negizida atrof - muhit va boshqalar bilan munosabatga kirishish imkoniyatini beradigan oddiy shartli reflekslar hosil qila oladi. Masalan, hid, yoriqlik, harakat qo‘zg‘atuvchilarining ta’siri natijasida oddiy shartli reflekslar vujudga kelishi mumkin.

CHaqaloq hayotining dastlabki kunlaridan boshlab tashqi muhit bilan munosabatga kirishish, aloqa bog‘lash orqali unda mustaqil hayot kechirish imkoniyati tug‘iladi. Psixologik manbalarda ko‘rsatilishicha, chaqaloq hayotining ilk davrida undagi reflekslar kuchsiz, zaif va beqaror bo‘ladi. Kuchli tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida reflekslar tez izdan chiqib qayta tiklanish imkoniyati esa tobora kamayib boradi. Ularning asl funksional qobiliyatini tiklash esa murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi.

CHaqaloqning muhim xususiyatlaridan biri - uning inson zotiga xos barcha hulq – atvor shakllari va avlodlarning tajribalarini o‘zlashtirish imkoniyatiga egaligidir. Tug‘ma reflekslar chaqaloq hayotidagi etakchilik rolini asta – sekin yo‘qota boradi. Kundalik tartib va tarbiyaning o‘ziga xos sharoitida ehtiyojning boshqa ko‘rinishlari, jumladan, taassurot olish, ta’sirlanish, harakat, mulokat kabi shakllari vujudga keladi. Mohiyati va maqsadi jihatidan yangi ehtiyojlar zamirida chaqaloqda ruhiy rivojlanish amalga oshadi.

CHaqaloqda taassurot olish ehtiyojining bo‘lishi orientir refleksini vujudga keltiradi U hissiy bilish organlarining tayyorlik darajasiga muvofiq mavjud ma’lumotlarni qabul qiladi va shu jarayonda o‘zi ham rivojlanadi. CHaqaloqning ko‘ruv va eshituv apparati dastlabki kundanoq ishga tushgan bo‘lsa ham, biroq ular hali etilmagan bo‘ladi. Ko‘rish sezgisini yorug‘lik, eshitish sezgisini esa qattiq tovush vujudga keltiradi. Bola harakatdagi jismlarni ko’zatishga intilsa ham, aslida qimirlamay to’rgan narsalarga ko‘proq diqqatini to‘playdi. Uning ruhiy dunyosida ko‘ruv va eshituv apparatlariga mos ravishda asta – sekin diqqatning muayyan ob’ektga to‘planishi jarayoni vujudga keladi.

CHaqaloqning sezgi organlari uning harakatiga qaraganda durustroq rivojlangan bo‘ladi. Masalan, chaqaloq achchiqni shirindan, issiqni sovuqdan, ho‘lni quruqdan farqlay oladi. Uning hid bilish organlari juda zaif bo‘lishiga qaramay, burniga yoqimsiz hidli modda yaqinlashtirilsa, bezovtalanadi. CHaqaloqda teri – tuyush, haroratni his qilish, sezish, og‘irlikni fahmlash, ta’m bilish sezgilari ham etarli darajada rivojlangan bo‘ladi.

CHaqaloqda jismlarni, odamlarni, atrof - muhitni kattalar kabi yaxlit idrok qilish imkoniyati bo‘lmaydi. CHunki idrok qilish insonning boshqa bilish jarayonlari (xotira, tasavvur, tafakkur, xayol), ruhiy holatlari (his - tuyg‘u, o‘ng‘aysizlanish) va o‘ziga xos individual – tipologik xususiyatlari bilan o’zviy bog‘liqlikda amalga oshadi. SHuning uchun chaqaloqda mazkur imkoniyat o‘ta cheklangan bo‘lib, sezgi organlari oddiy aks ettirish imkoniyatiga ega xolos.

YAngi tug‘ilgan bolada kuchli yoruqlikni aks ettirish imkoni bo‘ladi,

U yoruqlikdan turli darajada hamda shaklda ta’sirlanadi, hatto ko‘zlarini yumib oladi. Ko‘rish mexanizmlari hali o‘sib ulgurmaganligi sababli tinch holatdagi yoki harakatdagi jismni idrok qila olmaydi.

Goho o‘n kunlik chaqaloq harakatdagi jismga nigoh tashlagandek ko‘rinsa – da, aslida unga bir necha sekund termilishdan nari o‘tmaydi, chunki u diqqatini yoqtirgan ob’ektiga to‘play olmaydi. CHaqaloqda eshitish sezgisi zaif rivojlangan bo‘lsa ham, u hali o‘zi eshitishga moslashmangan kuchli qo‘zg‘atuvchilarni (tovush, qichqiriqni) aks ettira oladi, biroq tovush kelayotgan ob’ektni aniq topa olmaydi. Ko‘rish va eshitish organlarining muayyan ob’ektga yoki jismlarga yo‘nalishi oyoq – qul va boshning harakatida, chaqaloqning yig‘lashdan to‘xtashida ko‘rinadi, lekin bu holatlarning aksariyati muvaqqat xususiyatga egadir.

CHaqaloqdagi muhim xususiyatlardan yana biri ko‘rish va eshitishning tana harakatlanishidan ildamroq rivojlanishidir. Ularda ko‘rish va eshitish faoliyatining o‘sishi tashqi qo’zg‘atuvchilardan ta’sirlanishning takomillashuvida va bosh miyaning rivojlanishida namoyon bo‘ladi. CHaqaloq miyasining og‘irligi katta Yoshdagi odamlar miyasining chorak qismiga tengdir. Ularning nerv hujayralari kattalardagi hujayralarga o‘xshaydi ammo zaifligi bilan farqlanadi. SHunga qaramasdan, mo’rg‘ak organizmda shartli reflekslar paydo bo‘lishi uchun mutlaqo tayyor bo‘ladi, bu holatlar ko‘pgina jahon psixologlari tomonidan isbotlab berilgan.

CHaqaloqning tashqi olam bilan aloqasida markaziy rolni bosh miya katta yarim sharlarining yuksak darajada rivojlangan qismlari bajaradi. Bu organlar bola olayotgan tassurotlar natijasida rivojlanadi. Miyaning rivojlanishida tashqi olamdan keladigan qo‘zg‘atuvchilar va signallarni qabul qiluvchi hissiy bilish organlari analizatorlarining faoliyati muhim o‘rin tutadi. Ilmiy psixologik manbalarda berilishicha chaqaloq sensor to‘siqqa tushib qoladi, agar tashqi taassurotlar etishmasa va shu sababli o‘sishdan vaqtincha orqada qoladi. Aksincha taassurotning miyaga ko‘proq kelib tushishi orientir reflekslarining rivojini tezlashtiradi. Ko‘ruv va eshituv a’zolarining ob’ektlarga yo‘naltirilish natijasida insoniy sifatlar, bilish jarayonlari, ruhiy holatlar shakllanadi. CHaqaloqni taassurotlar bilan ta’minlash orqali muntazam ravishda o‘sishini ta’minlash, albatta katta Yoshdagilarning vazifasidir.

Sobiq sovet psixologlari N. L. Figurin va M. P. Denisovlarning ta’kidlashicha, bolaning bir oylikkacha davridagi tetiklik holati (uyg‘oqligi) ko‘rish va eshitishga yo‘naltirilgan shartsiz reflekslar tufayli faollashib boradi. Tovush ta’siriga berilish 2-3 haftalikda vujudga keladi. SHuning uchun bola surnay sadosiga quloq soladi va yig‘idan yoqi harakatdan to‘xtaydi.

Akademik I. P. Pavlovning ma’lumotiga qaraganda, bir oylik chaqaloqlar orientir refleksi namoyon bo‘la boshlaydi ba’zan chaqaloqning gaplashayotgan odamga tikilib turishi va ixtiyorsiz xatti – harakatdan o‘zini tiyishi shuning isbotidir. Bola (jismlarni) ko‘rish va tovushlarni eshitish uchun diqqatini to‘playdigan bo‘lgach, uning harakatining faollashuvida ancha o‘zgarishlar ro‘y beradi. Odatda uning harakati ixtiyorsiz va tartibsiz holda jismlarga ko‘z yugurtirish, boshini burish bilan tugasa ham, harakat hodisasi vazifasini bajaradi. Bolani voqelik, tashqi olam bilan o’zviy bog‘laydi.

D. B. Elkoninning fikrcha, chaqaloq hayotining uchinchi haftasida onaning emizishdagi holatiga moslashish bilan bog‘liq birinchi tabiiy shartli refleks vujudga keladi va keyinchalik esa ba’zi qo‘zg‘atuvchilarga javob tariqasidagi ayrim shartli reflekslar ham paydo bo‘ladi.

Biroq olim va uning shogirdlar ham chaqaloq ruhiy hayotining mazmuni muammosi o’zil – kesil hal qilinmaganligini ularning ta’kidlashicha chaqaloqning ruhiy dunyosiga eng yaqin, ilmiy, ob’ektiv qarashlar I. M. Sechenovning asarlaridagina uchraydi.

Jahon psixologiyasi fanida mazkur muammo yo’zasidan ancha tadqiqotlar olib borilgan, qator psixologik qonuniyatlar va mexanizmlar ishlab chiqilgan va bular to‘g‘risida Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya xrestomatiyalarida boy materiallar berilgan.

Biz talabalarning mustaqil izlanishlari uchun ba’zi ma’lumotlarni ularning diqqatiga havola qilamiz.

2.CHaqaloqlarda his – tuyg‘uning o‘sishi (jonlanish)

CHaqaloqning hayoti qichqiriq sadosi bilan boshlanadi va bu ko‘picha shartsiz reflektor xususiyatidan kelib chiqadi. Dastlabki qichqiriq tovush chiqarish oralig‘i qisilishining bevosita mahsuli sifatida, organizmning tabiiy ehtiyoji natijasida vujudga keladi. Qisilish avval nafas olish refleksini ham boshqaradi, biroq psixologlarning fikricha, birinchi qichqiriq – noxush his- tuyg‘uni namoyon bo‘lishidir. Qisilish tanglik, zo‘riqish, jiddiylik tuyg‘usi vujudga kelishgidir. SHuning uchun qichqirish noxush kechinma va sezgilarga javob tariqasida vujudga kelib, issiqqa, ochlikka va namlikka shaxsning “qarshiligi” vazifasini bajaradi. CHaqaloqni to‘g‘ri tarbiyalash jarayonida qichqiriq emotsional kechinmalarning yana bir turi yig‘lashga aylanadi. Yig‘ilash chaqaloqning og‘riq, ruhiy qayg‘u iztirobni tabiiy aks ettirishining manbai bo‘lib, tashqi olam bilan aloqa o‘rnatishning eng zarur vositasi sifatida chaqaloqning hayoti va faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. U noxush his- tuyg‘ularnigina aks ettirib qolmay, balki tabiiy ehtiyojlarni qondirish mexanizmi sifatida ham xizmat qilish mumkin. “Bola yig‘lamasa, onasi sut bermaydi” naqli shuning isbotidir.

Bola bir oyga to‘lgach, o‘zini parvarish qilayotgan odamga intiladigan, talpinadigan bo‘ladi, begonalar orsida “o‘z” kishisini tanishi va ajrat oladigan bo‘ladi.

Mazkur psixologik holatni N. L. Figurin va M. P. Denisovalar “jonlanish” deb ataganlar. Bu davrda bolaning ruhiy dunyosida tetiklik, his – tuyg‘usida esa atrof – muhitdan ta’sirlanish o‘z aksini topadi. Bolaning katta Yoshdagi odamlarga o‘z munosabatini bildirish uning bunday keyingi o‘sishini belgilovchi bosqich vazifasini o‘taydi. Bu borada tadqiqot ishlar o‘tkazgan rus psixologi S. V. Kornitskaya chaqaloqlarda muloqotga kirishish xususiyatlarini kashf qilib, muloqotga kirishish kontakt va distant, noverbal emotsional hamda verbal (so‘z orqali) ko‘rinishlarda amalga oshishini ham miqdoriy, ham psixologik sifat natijalari yordamida izohlab berish imkoniyatiga erishgan. Tadqiqotchi birinchi marta muomala jarayonini go‘daklar uyida o‘tkazgan bo‘lib, uning o‘ziga xos qonuniyatlari va mexanizmlari mavjud ekanligini isbotlab berilgan. CHaqaloqning begona odamlar bilan aloqaga kirishishi: “tanlash” “yoqtirish” ma’lum psixologik negizlarga qurilishi mumkinligi, iliq his – tuyg‘uning namoyon qilish, emonsional holatning nisbiy davomiyligi va boshqa omillar chaqaloqlarda ham “jonlanish” elementlari mavjudligini ochib beradi, aloqa o‘rnatish turli asosga qurilsa – da bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga o‘tish davomida ham o‘zgarmasligi to‘g‘risidagi ma’lumot psixologiya faniga qo‘shilgan munosib hissa bo‘lib hisoblanadi. “Jonlanish” go‘dakning tashqi qo‘zg‘atuvchilarning qitiqlashiga javob tariqasida namoyon bo‘ladigan kattalar bilan o‘ziga xos ravishda munosabatga kirishishining yangi shakli sifatida vujudga keladi. Lekin “jonlanish”uning tabiati hali to‘laligicha ochilgani yo‘q. Ehtimol bu holat bolaning kattalar bilan muloqotning maxsus ko‘rinishi bo‘lib ovqatlanish refleksining mustahkamlanishi bilan bog‘liqdir. Balki u chaqaloqda ijobiy his – tuyg‘ularni qo‘zg‘atish omili yoki bilish, idrok qilishga nisbatan paydo bo‘layotgan ehtiyojning ko‘rinishidir. Ba’zan bolada o‘zini parvarish qiluvchi shaxsning muomalasi tufayli emotsional harakatlar vujudga keladi, natijada uning qo‘l va oyoqlari harakati ildam va tez amalga oshadi. Bu jarayon intilish, iltijo, talpinish, kabi tashqi ifodaga ega bo‘lgan ichki ruhiy kechinmalarda o‘z ifodasini topadi va ba’zan davomiylik xususiyatini kasb etadi.

Psixolog E. K. Kaverina bolaning tashqi ta’sirga javob bildirishini tadqiq qilib, unda odamlar va jismlarga munosabat bir xilligini ta’kidlaydi. Muallifning fikriga qaraganda, insonning aft – angoriga qarab ijobiy his – tuyg‘ular uyg‘onish keyinchalik vujudga keladi. Ta’sirga berilish va ta’sirlanishning mazkur shakli bola bilan katta Yoshdagi odamlar o‘rtasidagi aloqaning boshlang‘ich ko‘rinishi hisoblanadi. SHaxslararo aloqaning bu shakli chaqaloqlik davrining tugashi va ilk bolalikning boshlanishidan dalolat beradi.

CHaqaloqda paydo bo‘ladigan ijobiy his - tuyg‘ularning oddiy, tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan hech qanday aloqasi yo‘q. CHunki mazkur Yoshdagi bolalarning ruhiy dunyosidagi o‘zgarishlarni o‘rgangan M.YU. Kistyakovskayaning uqtirishicha, uyqusizlikdan qiynalish va ochlik uyg‘otuvchi qo‘zg‘atuvchilarni bartaraf qilish salbiy kechinma va his - tuyg‘uni susaytiradi. Bolaning kattalar bilan ijobiy munosabatda bo‘lishi zamirida tabassum, kulgi, ildam harakat, tovush chiqarish bo‘lsada bularning tabiiy - organik ehtiyojlarni qondirish bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Aksincha, ijobiy emotsional holat yangi ijtimoiy ehtiyoj ko‘rsatkichi bo‘lib bolaning katta Yoshdagi odamlar bilan muloqatga kirishuviga motivi ( turtkisi) va imkoniyati rolini bajaradi.

Psixolog M. I. Lisina va uning shogirdlarining fikricha mazkur Yosh davrida bolaning ko‘z qarashlari, ixtiyorsiz harakatlari, sharpaga javobi, tamshanishi orkali kattalar bilan aloqa bog‘laydi. Ko‘p marta takrorlanish natijasida shartli reflekslar shaklida vujudga kelgan ana shu jarayonlar muloqotga, so‘ngra asta - sekin muomala tizimiga o‘sib o‘tishi mumkin. CHaqaloqning yangi sharoit va muhitga moslashishidan kelib chiquvchi bu ruhiy holat ko‘nikish ko‘rinishida muloqat vazifasini o‘tay boshlaydi. Biroq muloqot noverbal ravishda (so‘zlar ishlatilmay) amalga oshadi. Sodda shakldagi, tor ko‘lamda shaxslararo munosabatni aks ettiradi.

SHaxsiy ko’zatishlarimizga ko‘ra, katta Yoshdagi odamlarning chaqaloq bilan muloqotda bo‘lishi unga o‘yinchoq ko‘rsatishi, termilishi, erkalashi unda tashqi ta’sirga javob reflekslarini faollashtiradi. CHaqaloq hatto hid bilish organlari yordamida odamlarni farqlay boshlaydi, bu tajriba qanchalik ko‘p takrorlansa. Unda hid bilish sezgisi shunchalik sermahsul bo‘la boshlaydi. Hali chaqaloq tub ma’nodagi farqlash chegarasi mavjud bo‘lmasa – da, ammo ba’zi hollarda uning aniqlik darajasi haqiqatga yaqinlashadi. Ko‘pincha tanish, goho begonasirash tuyg‘ulari ham chaqaloqlarda ko‘zga tashlanadi, lekin ularning ko‘pchiligi tasodiflar sifatida baholanishi kerak.

G‘arbiy Evropa mamlakatlari va AQSH psixologlarining, shuningdek, sobiq sovet psixologlarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, jumladan,

D. B. Elkonin nazariyasiga binoan chaqaloqlik davrida ilk bolalik, go‘daklik davrlariga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Ularning eng asosiylari quyidagilardir:

1. Ko‘z va quloq yordami bilan diqqatni muayyan ob’ektlarga, shu jumladan, odamlarga, jismlarga qaratish (to‘plash) ning paydo bo‘lishi bola harakat faoliyatining qayta qurilishi boshlangani, alohida namoyon bo‘luvchi harakatning xulq hodisasiga aylanishi, shuningdek, sodda harakatlarning takrorlanishi oqibatida ayrim shartli reflekslarning paydo bo‘lishi.

2.Sirtdan idrok qilinuvchi barcha sub’ektlarga, ob’ektlarga, jismlarga yo‘nalgan alohida qo‘zg‘atuvchiga nisbatan reflekslarning hosil bo‘lishi. Tashqi olamdan kelayotgan har xil xususiyatli signallarga, qo‘zg‘atuvchilarga, tabiiy ehtiyoj bilan bog‘liq ayrim narsalarga nisbatan munosabat tug‘ilishi va takomillashuvi.

3.Katta Yoshdagi odamlarga (ota – onasiga, yaqin kishilariga va tajriba, tekshirish ishlar olib boruvchi shaxsga) nisbatan emotsional reaksiyalar ( his- tuyg‘ular, stress va affekt holatlarining ko‘rinishi, kechinmalar, ta’sirlanishlar) yangi ehtiyoj paydo bo‘lishining ko‘rsatkichi ekanligi. CHaqaloqqa ta’sir o‘tkazish vositasi bilan ularda yo’z berishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar va zahiralarning ertaroq namoyon bo‘lishini tezlashtirish, sodda tarzdagi ma’naviy reflekslarning vujudga kelishi, ob’ektiv va sub’ektiv omillar o‘rtasida uyg‘unlashuvning ko‘zga tashlanishi.

4. CHaqaloqning kattalar bilan mulokatda bo‘lish ehtiyoji uning keyingi ruhiy o‘sishi negizini tashkil etishi. Muloqat zamirida muomala tizimining tug‘ilishi va bu borada sodda ko‘rinishdagi signallar majmuasining yaratilishi. Muloqatga kirishishda o‘zaro tanlash, o‘zaro yoqtirish, o‘zaro “moslik” rishtalari, maromlari paydo bo‘lishi va hokazolar.

Tajribalarning ko‘rsatishiga qaraganda, muomalaga o‘rgatish muloqotga kirishish bilan o’zviy bog‘liq bo‘lib, muayyan ta’sir etuvchilar, ya’ni vositalar, qo‘zg‘atuvchilar, signallar yordamida, chaqaloqlik davridagi jonzotlar bilan katta Yoshdagilar bevosita aloqa qilish imkoniyatiga egadirlar. Lekin bu jarayon juda murakkab, hali psixologiya faniga aniq bo‘lmagan mexanizmlar bilan izohlanishi mumkin, shuningdek vaziyatlarga tortilganlik maromi, uning o‘ziga xos xususiyatlari chuqur izoh talab omillarni taqozo etadi.


Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari.
Go‘dakning hayotiy faoliyati va taqdiri uni qurshagan, parvarishlaydigan katta Yoshdagilarga bevosita bog‘liq bo‘lib, uning barcha ehtiyoj va talablari faqat shular tomonidan qondiriladi. Psixologik iboralar bilan aytsak, kattalar bolaning fazodagi o‘rnini o’zluksiz o‘zgartirishi, almashtirishi natijasida unda ko‘rish, eshitish, teri tuyush, haroratni sezish, ta’m bilish kabi sezgilar rivojlanadi, takomillashadi. Kattallar go‘dak uchun yaratgan ob’ektiv va sub’ektiv shart – sharoitlar uning o‘sishini belgilovchi muhim turtki vazifasini o‘taydi. Kattalar atrof – muhitning xususiyat va xossalarini go‘dakning ruhiy dunyosiga singdiradilar har xil shaklli, ranglli, shiqildoqlar, o‘yinchoqlarning go‘dak diqqatiga havola qilinishi unda jismlar to‘g‘risida tasavvur obrazlarini yaratadi.Go‘dakning hissiy bilish organlari esa ularni aks ettiradi va o‘zaro muloqot jarayonida jismlarni ushlashga o‘rgatish, turli mashqlar natijasida go‘dak “tanish” jismlarga talpinadigan, ularga qo‘l cho‘zadigan bo‘la boshlaydi, unda rang va shaklni farqlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Ta’sir o‘tkazishning keyingi murakkabroq bosqichida bola kattalar yordami bilan o‘tirish, o‘rinda dumalash, tik turish, ovqatlanish qurollaridan to‘g‘ri foydalanishni, o’zluksiz va mazmunli harakatlarni amalga oshirishni o‘rganadi. Umuman, go‘daklik davrining dastlabki bosqichida olam, barcha ashyolar, jismlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tasavvurlar, va hokazolar bolaning kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyati mahsuli sifatida ma’naviy boylikka aylanib.Uning bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i ostida o‘z izlarini qoldiradi. Mazkur davrning aksariyat bosqichlarida go‘dakda bilim va tajribalarni egallash, o’quv, ko‘nikma va malakalarni mustaqil o‘zlashtirish ko’zatilmaydi.

Psixolog L. S. Vigotskiy “Go‘daklik davri” nomli asarida bolaning vokelikka munosabati dastlab ijtimoiy munosabatdek tuyulishini, ana shu jihatdan uni ijtimoiy jonzod deyish mumkinligini uqtiradi.

D. B. Elkonining fikricha, katta Yoshdagi odamlar go‘dakni qurshagan voqelikning markaziy siymosi, muhim tarkibiy qismi hisoblanib, uning har qanday ehtiyojini qondirish bilan bog‘liq muammolar uchun tayanch nuqtasi vazifasini bajaradilar. Go‘dak tabiiy – biologik jihatdan onadan ajralgan bo‘lsa ham, aslida u bilan ijtimoiy bog‘liqligicha qoladi.

Go‘dakning bir Yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot N. L. Figurin, M. P. Denisova, M.YU. Kistyakovskaya, A. Vallon, D.B.Elkonin, E.A.Arkin,S.Fayans, SH.Byuller, F.I. Fradkinalarning asarlari alohida ahamiyatga molikdir.

S. Fayans tajribasida go‘dakka chiroyli va jozibador o‘yinchoqlar 9sm masofadan ko‘rsatilganda, u butun vujudi bilan ularga intilgan, keyinchalik oraliq 60 sm bo‘lganida bolaning intilishi, qo‘l cho‘zishi sustlashgan, va nihoyat, ular 100 sm dan ko‘rsatilganda bolada intilishi, cho‘zilishi. Ixtiyorsiz harakat mutlaqo so‘ngan. U o‘yinchoq bilan bir qatorda to’rgan katta Yoshdagi odamga ham shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib borishini ko’zatish mumkin.

YUqoridagi tajriba materiallari asosida shunday xulosa chiqarish mumkin: kattalar go‘dak qatnashayotgan faoliyatni jonlantiradilar. Go‘dakni qurshab to’rgan jismlar borgan sari uning nigohini o‘ziga tortib, maftun qilib, qo‘zg‘atuvchi vazifasini bajaradi va bolada qidirish, mo‘ljal olish, chamalash faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Tadqiqotchi A.V.YArmolenko yarim Yoshli go‘daklarda jozibali narsalarning o‘zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan ma’lumotlarga qaraganda, go‘dak behisob jismlar orasida insoni (katta Yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. SHu bilan birga harakatsiz ko‘ruv qo‘zg‘atuvchisiga diqqatni to‘plash 26 sekunddan 37 sekundgacha, harakat qilmayotgan odamga bolaning tikilishi 34 sekunddan 111 sekundgacha, harakatdagi ko‘ruv qo‘zg‘atuvchisiga qarashi 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi insonga e’tibor berishi 49 sekunddan 186 sekundgacha ortgan. Tajribada go‘dakning harakatlanayotgan odamga diqqatni to‘plab turishi to‘rt marotaba ortgani aniqlangan.

Bizningcha, go‘dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqarorroq qaratishi uning kattalarga munosabati o‘zgarganidan emas, balki ular bilan aloqaga kirishganda sust retseptor o‘rnini faolroq retseptor egallaganidandir. Go‘dakda fazoviy tasavvurning boyishida jismlarni idrok qilishdagi farqlashning takomillashuvi muhim vosita hisoblanadi. Hayot tajribasining ortib borishi, mashqlar natijasida jismlarning alomat va belgilarini farqlash o’quvi paydo bo‘ladi.

Franso’z psixologi Anri Vallon go‘dakda ijtimoiy ta’sirlanish ortib borishini atroflicha tadqiq qilib, yarmi Yoshli bolada boshqa odamlardan farqli ravishda javob reaksiyasi ta’siri (o‘zining yuqori bosqichiga) ko‘tarilishini isbotlagan: Bola olti oyligida boshqa kishilarning imo – ishorasiz ta’siriga javob berishi (ta’sirlanishi) 50 foizni tashkil qiladi, etti oyligida esa aynan shu reaksiya 20 foizga kamayadi, ammo imo- ishoralar orqali muloqot 41 foizga ortadi. Etti – sakkiz oyli bolalarda boshqa kishilarga talpinish, tabassum qilish birinchi yarim yillikdagidan to‘rt marta ko‘pdir.

Xuddi shu muammo yo’zasidan M.YU.Kistyakovskaya bir Yoshgacha bolalarda kattalar bilan muloqotga kirishishning murakkablashib borishini o‘rganib, bolalar psixologiyasi fani uchun eng zarur materiallar to‘plagan va ularni atroflicha izohlagan. Olimaning fikricha, 3 oylikda 6 oydlikacha bolada katta Yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo‘lishi vujudga keladi. Uch oylik go‘dak begonalar orasidagi tuqqan onasini ajrata olsa, yarmi Yoshdan boshlab esa begonalar ichidagi qarindoshlarini ham farqlay biladi. M. YU. Kistyakovskayaning ma’lumotiga ko‘ra 3- 4 oylik go‘dak unga yo’zlangan, erkalatgan, muloqotga kirishgan har qanday odamga tabassum qiladi yoki erkalanadi, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikiladi; keyin yo kulimsiraydi yoki undan yo’zini o‘giradi, hatto qo‘rqib yig‘lab yuboradi. Bolada o‘zini parvarish qilayotgan, boqayotgan yaqin kishilarga bog‘lanib qolish odati sodir bo‘ladi. Ana shu sababli onasi yoki enagasini ko‘rsa qiyqirib qarshilaydi, talpinadi, qo‘l – oyog‘ini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarmi Yoshga to‘lganida atrofidagi yaqin kishilarga qator qarindosh – urug‘lariga, hatto qo‘ni- qo‘shnilarga ham bog‘lanib (o‘rganib) ko‘nikib qoladi. Taxminan 8- 9 oyligidan kattalar bilan dastlabki o‘yin faoliyatini boshlaydi. Mazkur faoliyatdagi tabassum, jonlanish, shodlik tuyg‘ulari avval faqat kattalar ishtirokida namoyon bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan o‘yinning o‘zi bolaga quvonch bag‘ishlaydi. Go‘dak bir Yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti – harakatlarin izchil ko’zatishdan tashqari, unda asta- sekin ularning faoliyatida ishtirok etish tuyg‘usi, istagi paydo bo‘ladi, keyinchalik ularga ko‘mak berish ishtiyoqi tug‘iladi. Natijada bola individual faoliyat turidan muloqot ko‘lamini kengaytirishga yordam beradigan hamkorlikdagi faoliyatga ham o‘ta boshlaydi. Tadqiqotchilardan N.L. Figurin va M.P.Denisovalar go‘dakning bir Yoshgacha davridagi psixik o‘sishini o‘rganib chiqib bir Yoshgacha kulgi inson chehrasi va tovushidan ta’sirlanish asosida vujudga kelishini ta’kidlaganlar. Bolaning boshini burib qarashi asosan inson tovushiga javob reaksiyasi tarzida namoyon bo‘ladi, lekin keyinchalik u boshqa tovushlardan ta’sirlanish ham yo’z beradi.

Odatda bolada qo‘rquv hissi odamlarni tanish va notanishga, qarindosh va begonaga ajratish jarayonida vujudga keladi. SHuning uchun bola ijtimoiy tajriba va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda, biror holatni yaqqol aks etirishda kattalarga taqlid qiladi. Taqlidchanlik bolaning ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi va faoliyatining yanada takomillashuviga turtki bo‘ladi.

YUqoridagi tadqiqotchilarning fikr va mulohazalarini umumlashtirib eng muhim tomonlarini topa olsak, qimmatli umumpsixologik g‘oyalarni muayyan tartibda, ma’lum izchillikda joylashtirish mumkin bo‘lar edi. Birinchidan. Mazkur Yosh davrida bola bilan uni parvarish qilayotgan har xil tipdagi va jinsdagi voyaga etgan odamlar (ota va onalar, opa – singillar, aka – ukalar) o‘rtasida yaqin hamda nisbatan barqaror aloqalar o‘rnatiladi. Ikkinchidan, go‘dak qatnashadigan har qanday favquloda holatda va muammoli vaziyatda kattalar markaziy siymoga aylanadilar. Uchinchidan, go‘daklik davrining oxiridagi kattalar bilan uning hamkorlik faoliyati (o‘yin, muomala, mehnat) individual, shaxsiy o‘yin faoliyatiga aylana boradi.

SHunday qilib, go‘daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiyoji tug‘iladi va bu aloqa nutq davrigacha (so‘z orqali ifodalanuvchi) muloqotning o‘ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o‘sishida muhim rol o‘ynaydi. Bir Yoshgacha davrda paydo bo‘lgan ehtiyojnig tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining nomutanosibligi bir Yoshdagi inqirozni keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan qarama – qarshilik o‘z echimini nutq orqali muloqot davrida topadi va bola o‘sishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichga o‘tayotganligini ifodalaydi. Go‘dakning nutq faoliyati takomillashgan sayin muloqot (muomala) ning mazmuni boyib, ko‘lami kengayib boradi. Natijada haqiqiy ma’nodagi shaxslararo munosabat vujudga keladi, go‘dakning shaxsga aylanishi va ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda go‘dakning o‘sishini ta’minlovchi ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlarning yaratilishi bolaning faolligi ortishi uchun psixologik negiz hozirlaydi.

L. I. Bojovich olib borgan tadqiqotlar natijasining ko‘rsatishicha, tug‘ilish davriga kelganda bolaning miya po‘stlog‘i faoliyat ko‘rsata boshlasa – da, lekin u na anatomik va na funksional jihatdan rivojlanmagan bo‘ladi. Vaholanki, uning ruhiy dunyosida vujudga keladigan ehtiyojlarning kuchi, sur’ati, davomiyligi, barqarorligi ana shu rivojlanishga bog‘liqdir. SHunday ekan, biologik tana a’zolarining rivojlanishi ko‘p jihatdan go‘dakning funksional holatiga aloqadorligi sababli bosh miyaning takomillashuvi ham unga yangi qo‘zg‘atuvchilarning ta’sir qilishiga va bu ta’sirning bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida faoliyat uyg‘otishiga bog‘liqdir. Bosh miya markazlarining ishi esa mo‘ljalga olish (orientirovka olish) faoliyatining kuchliligi jadallashishi tufayli rivojlanadi.

Tadqiqotchi N.M.Askarinning fikricha,katta Yoshdagi odamning tabassumi yoki yoqimli ovozidan boshqa hech qanday qo‘zg‘atuvchi go‘dakda shunchalik quvonch va shodlik his - tuyg‘usini vujudga keltira olmaydi. SHu sababli quvonchi tuyg‘usini uyg‘otish va mustahkamlash uchun tarbiyachilar (ota va onalar) go‘dak bilan tez - tez muloqotda bo‘lishi, yoqimli ohangda samimiy suhbatlashib turishi lozim.

Go‘dakda paydo bo‘ladigan har xil xususiyatli harakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator tajribalar asosida chuqur o‘rgangan olim D. B. Elkonning ishonch bilan ta’kidlashicha, 2-3 haftalik go‘dakda ko‘z konvergensiyasi vujudga kelsa ham, biroq o‘z nigohini turli jismlarga qaratib turish jarayoni juda qiyin kechadi, hayotining 3- 5 haftalarida esa uning nigohi oz fursat bo‘lsa- da, muayyan ob’ektga to‘plana boshlaydi. 4- 5 haftalik go‘dakda 1- 1,5 metr naridagi jismlarni ko’zatish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Ikki oylik bola 2- 4 metr uzoqlikdagi narsani ko’zatishni o‘rganadi, u uch oyligida 4- 7 metr oraliqdagi jismlarni ham payqay oladi, nihoyat, 6- 10 haftalik go‘dak hatto aylanayotgan predmetlarning harakatini idrok qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keyinchalik hissiy organlarning ko‘z bilan turli funksional aloqalar o‘rnatish qaror topadi. Go‘dak to‘rt oyligida uning jismga tikilishi va uni tomosha qilish nisbatan barqaror bo‘ladi. SHunga qaramay, mazkur Yoshdagi bolalarda qo‘l harakati hali beixtiyor xususiyatga ega bo‘lib, jismlarni maqsadga muvofiq harakatlantirishdan ancha uzoqdir. Go‘dak 4 oyligidan boshlab narsaga qo‘lini yo‘naltiradi, asta- sekin unda paypaslash o’quvi namoyon bo‘la boshlaydi, 5 – 6 oyligida jismni ushlash va uni o‘ziga tortib olish (qo‘lidan yulib olish) ko‘nikmalari shakllanadi. Harakat va teri tuyush qobiliyati bir maromda rivojlanishdan birmuncha kechikadi. Bola 6 oyligida unda o‘tirish, turish, emaklash, yurish, gapirish (nutqning artikulyasion) ko‘nikmalari tarkib topadi.

N. M.SHchelovanov ushbu psixologik holatlarning moddiy asosini o‘rganib 2 oylik bolada bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i o‘z funksiyasini boshlashishini,bu hol barcha idrok qilish organlarida, jumladan. Eshituv va ko‘ruv apparatlarida shartli reflekslar paydo bo‘lganidan dalolat berishini uqtiradi. Olimning fikricha, eshitish, ko‘rishning analizatorlari, hattoki ularning kortikal bo‘limlari rivojlanganidan keyin bolada harakat va harakat hodisasi rivojlanadi.

D. B. Elkonin o‘z tadqiqotlari orqali ko‘zning rivojlanishi 4oylik go‘dakda ayrim harakatlarni va harakatlanuvchi ob’ektlarni ko’zatish imkonini yaratadi, degan xulosaga keladi. Mazkur Yosh davrda predmetning harakati ko‘z harakatini vujudga keltiradi, uning esa o‘z navbatida qo‘l bilan paypaslash harakatini yo’zaga keltiradi. Mazkur harakat o‘z qo‘lini silashi va ushlab ko‘rishidan boshlanib, choyshab va ko‘rpachalarni paypaslashga borib etadi. Odatda, bola qo‘lini uzoq vaqt ko‘rpacha va choyshab ustida harakatlantiradi. Tashqi ta’sirga javob sifatida paydo bo‘lgan ruhiy jarayonning mazmuni qo‘lning jism ketidan emas, balki jism bo‘ylab harakat qilishidan iboratdir. D. B. Elkonin va V. S. Muxinalarning mulohazalariga ko‘ra, bolada 5 oyligidan jismlarni ushlash harakati (ba’zan undan ham oldinroq) boshlanadi: uning jismni paypaslash uchun qo‘lini o’zatishi va o’zatilgan qo‘llarini ko‘zdan kechirishi yoki tekshirishi ko’zatiladi. Asta – sekin ushlashga intilish vujudga keladi: vaholanki, go‘dakning qo‘l barmoqlari narsani ushlab turish imkoniga ega bo‘lmaydi, chunki ular maqsadga muvofiq harakat qilishdan uzoqroqdir. Go‘dak bir necha marta natijasiz harakat oqibatida kaft va barmoqlarini yaqinlashtirib, shunday qulay holat yaratadiki, ko‘lining uchi jismga tegishi bilanoq uni ushlab oladi. Qo‘l bilan ushlash harakatining vujudga kelishi ham go‘daklik davrining muhim rivojlanish pallasi hisoblanadi, CHunki qo‘l bilan ushlash harakati bu birinchidan ko‘rish harakatini muvofiqlashtirsa, ikkinchidan birinchi yo‘naltirilgan harakatni ifodalaydi, uchinchidan, jismlarni ushlashga intilishning o‘zi predmet bilan turli harakatlarni bajarish, ya’ni manipulyasiyaning eng qulay shartidir.

Ko‘pchilik jahon psixologlarining fikrlariga qaraganda, olti oylik go‘dak yotgan joyidan turib o‘tirishga harakat qiladi, chunki bunda jism ushlab to’rgan qo‘lning harakatini ko’zatish imkoni tug‘iladi,o‘tirganda qo‘l harakatlari bilan ko‘ruv idrok maydoni o‘zaro mutanosiblashadi. Etti oylikdan boshlab esa bolada predmetni idrok qilish va ushlab olish harakati o‘rtasida o’zviy aloqa vujudga keladi. Masalan, bola o‘yinchoqni ko‘rishi bilanoq uni olish uchun qo‘lini cho‘zadi. Bu sohada tadqiqot olib borgan N. L. Figurin va M. P. Denisovalarning fikricha, yarim Yoshgacha bo‘lgan davrida go‘dakda jismlarga takroriy intilishning paydo bo‘lishi harakatning rivojini yangi bosqichga ko‘taradi. Mualliflar mazkur holatni chuqurroq o‘rganish maqsadida sinaluvchilarga har xil rangli va hajmli kub, silindr, prizma kabi geometrik jismlarni ko‘rsatishgan. Har qaysi jism bolada mo‘ljal refleksini vujudga keltirgan: bola avval jismni ko‘zdan kechirgan, keyin uni qo‘liga olgan, u bilan mashg‘ul bo‘lgan, so‘ngra unga uzoq tikilgan, qaytatdan ushlab ko‘rgan, u qo‘lidan bu qo‘lga bir necha marta olib o‘ynagan. Jism 15- 20 daqiqa go‘dakning qo‘lida to’rgan uni olib undan farqli yana bitta jism bilan qo‘shib, go‘dakning oldiga qo‘yilgan. Bola tanish jismga mutlaqo e’tibor qilmay, faqat “yangi” siga talpinavergan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, “yangilik” alomat bola uchun muhim ahamiyat kasb etgan sababli unda mo‘ljal refleksi borgan sari faollashib borgan. SHuning uchun “yangilik” alomatining qo‘zg‘atuvchilik xususiyati bolaning faoliyatida uchraydigan takroriy va o’zluksiz harakat mexanizmlarini tushunishga, idrok qilinayotgan narsalarga faol ko‘z yugurtirish va jismga bog‘liq turli harakatlarni bajarishning psixologik mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Biroq mazkur holatni bir nechta go‘dakda bir davrning o‘zida ko’zatish kafalotliroq natija berishi mumkin deb o‘ylaymiz.

Keyinchalik go‘dak ikkita jismdan foydalanishi, ular bilan mashg‘ul bo‘lishi natijasida unda mazkur predmetlar bilan funksional harakatlarni amalga oshirish sodir bo‘ladi. Bu birinchidan, shu harakatlar bilan jism o‘rtasida ma’lum bir munosabat o‘rnatishga, ikkinchidan, ushbu harakatdan foydalanish jarayonida go‘dakning qo‘l ishlari ko‘lami tobora kengayishiga sabab bo‘ladi.

Psixolog R.YA. Abramovich – Lextman go‘dakning bir Yoshgacha davrida jismlar bilan harakat qilishini o‘rganib, ularning oltita rivojlanish bosqidan iborat ekanligini isbotlab beradi. Bularga: a) faol sergaklik (tetiklik) – 2 haftalikdan 4- 5 haftalikkacha; b)sensor faollik -1,5 oylikdan 2,5- 3 oylikkacha; v) harakat oldi 2,5 – 3 oylikdan 4- 4,5 oylikkacha;g) sodda “sermahsul” harakat 4 oylikdan 7 oylikkacha; d) o‘zaro bog‘langan (uyg‘un) harakat - 7 oylikdan 10 oylikkacha; e) funksional harakat -10 -11- oylikdan 12- 13 oylikkacha davom etadi. Tadqiqotchi har bir bosqichning o‘ziga xos xususiyatlarini ham sxematik, ham tekstual tarzda ifodalagan.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin