Muloqotda qayta axborot . Muloqot muvaffaqiyatli bo`lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo`lishi - sub`ekt o`zaro
ta`sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator o`zi uzatgan axborotni retsipient qanday qabul
qilishini va qanday munosabatda bo`layotganligini qayta axborot ma`lumotlariga asoslanib bilib oladi.
Muomalada suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir -birini tushunishning asosiy shartidir. Agar
o`qituvchi o`quvchilarni uni qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa pedagogik
munosabat yaxshi bo`lmaydi. Ayniqsa, ma`ruza o`tayotganda bu juda muhimdir.
Muloqot treningi. Trening - inglizcha maxsus rejim, trenirovka degan ma`noni bildiradi. Kishilarda
muloqot malakalari tasodifan yoki ta`lim mahsuli sifatida shakllanib boradi. Masalan, o`quvchilar to`liq
javob berishga, o`zidan kattaga munosabat qilganda o`rnidan turishga o`rganib boriladi.
Ijtimoiy - psixologik trening: 1 - muloqot va pedagog muomala qonuniyatlarini o`rganish.
2 - pedagogik kommunikatsiya texnologiyasini egallash, kasbiy pedagogik muomala ko`nikma va
malakalarini shakllantirish vazifasini bajaradi.
Psixologik - pedagogik treningni bir shakli ish o`yinlaridir.
Mavzu yuzasidan test savollari: 1. Quyidagilardan qaysi biri noverbal kommunikatsiya vositasi hisoblanadi?
a) til; v) nutq;
b) mimika va pantomimika; g) xatti – harakat.
2. Pedagogik muloqot qanday munosabat turi hisoblanadi?
a) shaxslararo munosabat; v) maishiy;
b) ish yuzasidan;
g) ishlab chiqarish
3. Shaxslararo ziddiyatlar qaysi sabablar ta`sirida vujudga keladi?
a) qiziqishlarning mos kelmasligi;
b) mazmunli to`siqlar;
v) e`tiqodlarning mos kelmasligi;
g) muloqotdan qoniqmaslik.
4. Refleksiya bu:
a) muloqotdagi aks ta`sir;
b) suhbatdosh qanday tushunayotganligini to`g`ri idrok qilish;
v) kishini kishi tomonidan idrok qilish;
g) muloqotdagi o`zaro baholash.
5. Muloqot treningining vazifasi nima?
a) muomalaning umumiy qonuniyatlari va texnologiyasini o`rgatish;
b) takrorlash orqali shartli reflekslar hosil qilish;
v) muomala jarayonida mashq qildirish;
g) pedagogik muloqotga tayyorlash.