15 - Mavzu: Iroda Reja: 1. Iroda haqida tushuncha.
2. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari.
3. Iroda nazariyalari.
4. Irodaviy akt va uning tuzilishi.
5. Shaxsning irodaviy sifatlari.
6. Irodani tarbiyalash.
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar: Iroda — ichki va tashqi qiyinchiliklarni echish uchun xatti - harakatlarni tanlash imkoniyatida namoyon
bo`ladigan ruxiy aks ettirish shakli.
Irodaviy zo`r berish — irodaviy harakatning zo`r berishini his qilish bilan bog`liq sub`ektiv tarkibiy
qismi.
Iroda kuchi — maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan irodaviy zo`r berish darajasi.
Impul’siv harakat — ong tomonidan to`liq nazorat qilinmaydigan va beixtiyor tarzda bajariladigan
harakatlar.
Motivlar ko`rashi — qaror qabul qilish bog`liq bo`lgan irodaviy harakat bosqichi.
Qaror qabul qilish — muammoning hal etishning biror usulini tanlash.
1. Iroda haqida tushuncha Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun faollik ko`rsatar ekan, ba`zan ichki (sub`ektiv) va tashqi
(ob`ktiv) to`siqlarga duch keladi. Bu to`siqlarni engib o`tish va maqsadga erishish uchun undan yanada
faolroq bo`lish talab qilinadi. Maqsadga erishish yo`lida turgan qarama -qarshiliklarni bartaraf qilish
uchun zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan va ma`lum maqsadga yo`naltirilgan ongli harakatlar irodaviy
harakatlar deb ataladi. Iroda inson faolligining alohida shaklidan iboratdir. Odam oldida turgan va uning
uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan maqsadlarga o`zi uchun ozroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa xatti -
harakatlar motivlarini bo`ysundiradi. Iroda odamdan o`z xatti - harakatlarini o`zi boshqarishini, bir qator
boshqa intilish va istaklarining tormozlanishini taqozo qiladi. Irodaviy qobiliyat shundan iboratki, bunda
odam o`z - o`zini idora qiladi, o`zini qo`lga oladi. Bir qator hollarda irodaviy faoliyat odamning hayot
yo`lini aniqlaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini namoyon qiladigan va uning axloqiy qiyofasini ochib
beradigan qarorlarga kelish bilan bog`liq bo`ladi.