1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

2. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi 
Professor A.V.Petrovskiy psixologiyani quyidagi tasnif bo`yicha: 
I. Konkret faoliyat turiga; 
II. Rivojlanishni o`rganishga; 
III. Shaxsni jamiyatga munosabatiga ko`ra sohalarga bo`lgan. 
I. Konkret faoliyat turiga ko`ra psixologiyaning quyidagicha sohalari bor: 1. Mehnat psixologiyasi - inson 
mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashqil qilishning psixologik 
tomonlarini o`rganadi. 
Mehnat psixologiyasining bir necha bo`limlari bor: 
a) muxandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o`rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalarini hal 
qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o`rganadi. 
b) aviatsiya psixologiyasi - uchishga o`rgatish jarayonida va uchishni boshqarishda inson faoliyatining 
psixologik qonunlarini o`rganadi. 
v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga 
juda ko`p ortiqcha ta`sirlar yuklangan paytda yuzaga keladigan asab va ruxiy zo`r berish bilan bog`liq 
bo`lgan alohida holatlar tug`ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o`rganadi. 
2. Pedagogik psixologiya - uning predmeti o`quvchilarga ta`lim - tarbiya berishning psixologik 
qonuniyatlarini o`rganish, o`quvchilar tafakkurini tarkib topishi, intellektual faoliyat malakalari va 
usullarini o`zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o`rganadi. Pedagogik psixologiya bo`limlari 
quyidagilardir: a) ta`lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; v) o`qituvchi psixologiyasi; g) anomal 
bolalar psixologiyasi. 
3. Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq - atvori psixologik jihatlarini o`rganadi. U 
psixik 
hodisalar 
bilan 
miyadagi 
fiziologik 
tuzilishlapr 
o`rtasidagi 
nisbatini 
o`rganadigan 
neyropsixologiyaga, 
dorivor 
moddalarning 
shaxs 
ruxiy 
faoliyatiga 
ta`sirini 
o`rganadigan 
psixofarmaqologiyaga, bemorni davolash uchun ruxiy ta`sir vositalarini o`rganuvchi psixoterapiyaga 
bo`linadi. 
4. YUridik psixologiya — xuquq tizimiga amal qilish bilan bog`liq bo`lgan psixologik masalalarni 
o`rganadi. U jinoiy jarayon ishtiroqchilarining xulq - atvorini, ruxiy xususiyatlarini tadqiq qiluvchi sud 
psixologiyasiga, jinoyatchining xulq -atvori shaxsini shakllanishiga doir psixologik masalalarni, 
jinoyatning motivlari bilan shug`ullanuvchi kriminal psixologiyaga bo`linadi. 
5. Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlari sharoitidagi xulq - atvorini, boshliqlar va xodimlar 
o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni, psixologik targ`ibot metodlarini; harbiy texnikani boshqarishning 
psixologik muammolarini o`rganadi. 
6. Sport psixologiyasi sportchilar shaxsi va faoliyatini xususiyatlarini - ularni psixologik jihatdan 
tayyorlashning shart - sharoitlari, musobaqalarni tashqil etish va o`tkazish bilan bog`liq psixologik 
omillarni o`rganadi. 
7. Savdo psixologiyasi - asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo`lib, kishilar ruxiyotiga 
tijorat ta`sirini, psixologik shart -sharoitni, xaridorlarga xizmat ko`rsatishning psixologik omillarini 
aniqlaydi, modalar psixologiyasini tadqiq qiladi. 
II. Rivojlanishining psixologik tomonlarini o`rganadigan sohalari: 
1. YOsh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonnining ontogenez 
rivojlanishni o`rganadi. YOsh psixologiyasi: bolalar psixologiyasi, o`smirlar psixologiyasi, o`spirinlik 
psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo`linadi. 
2. Maxsus psixologiya yoki anomal taraqqiyot psixologiyasi - miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib 
chiqadigan turli shakldagi ruxiy rivojlanishdan chetlanishni o`rganuvchi patopsixologiya, miyaning 
tug`ma kamchiliklari tufayli paydo bo`ladigan bo`linmalarni o`rganuvchi oligofrenopsixologiyasi, 
eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo`lgan bolalar rivojlanishini o`rganuvchi surdopsixologiyasi, 


ko`rish qobiliyati past yoki umuman ko`rmaydigan kishi faoliyatini o`rganuvchi tiflopsixologiya kabi 
tarmoqlarga bo`linadi. 
3. Qiyosiy psixologiya - psixologiya hayotning filegenetik shakllarini o`rganuvchi psixologiya sohasi 
bo`lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o`xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini 
aniqlaydi. 
III. Shaxs va jamiyat munosabatlarini psixologik jihatlarini o`rganuvchi sohalar. 
1. Ijtimoiy psixologiya uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o`zaro ta`sir 
jarayonida paydo bo`ladigan psixologik hodisalarni o`rganadi. 
2. Shaxs psixologiyasi - shaxsning shakllanishi individual - psixologik xususiyatlar yo`naltirilganligi kabi 
xususiyatlarni o`rganadi. 
3. Din psixologiyasi - inson ongiga diniy qarashlarning ta`siri va masalalarini o`rganadi. 
Umumiy psixologiyani bu sohalar bilan bir qatorga qo`yish noto`g`ri, chunki umumiy psixologiya inson 
ruxiyatining umumiy qonuniyatlarini, metodologik va nazariy tamoyillari asosida o`rganish bilan 
shug`ullanadi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin