1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar: 
Analiz va sintez - xotira tasavvurlarini tahlil qilish va umumlashtirish
Agglyutinatsiyam - elimlash orqali ayrim elementlarni bitta qilib yangi obraz yaratish; 
Aktsentirovka - bo`rttirish orqali obraz yaratilishi; 
Giperbolizatsiya - kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali obraz yaratish; 
Ijodiy xayol - xayol turi bo`lib, original obrazlar yaratish; 
Tipiklashtirish - har bir davrga xos bo`lgan obrazlar yaratilishi. 
1. Xayol jarayonlari 
Biz ilgari idrok qilmagan narsalarni tasavvur qilamiz, ilgari ko`rmagan narsalar obrazlarini yaratamiz, 
yaratiladigan narsalar g`oyalarini yuzaga keltiramiz, bular xayoldir. Masalan: bizning ko`rmagan 
joylarimiz haqida tasavvurimiz bor. Xayol - obraz, tasavvur yoki g`oya shaklida yangi narsaning 
yaratilishi, ong faoliyati, ya`ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida 
miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir. Fantaziya - xayol turlaridan biri bo`lib, u eng qimmatli 
iste`doddir. Xayol faqat insonga xosdir. Xayol mehnat natijasida paydo bo`ladi. Masalan: biror bir 
muammoni echishda avval nimadan boshlash, nima qilish, echish, yaratish yo`llari haqida xayol qilinadi. 


Xayolda biz yo`q narsani yaratamiz, lekin tashqi reallikka asoslanamiz. Masalan: yozuvchilar, rassomlar, 
kompozitorlar asarlarini hayotdan oladilar. Inson miyasida vujudga kelgan muvaqqat bog`lanishlarni 
yangi tartibda va qayta paydo bo`lishi xayolning nerv - fiziologik asosi bo`lib hisoblanadi. Kishilar taqi 
olamni idrok qilib qolmasdan, balki uni o`zgartiradilar. Xayol qobiliyatimiz bilan bog`liq holda namoyon 
bo`ladi. Shuningdek, tasavvur xotirasi bilan ham bog`liq, u xayol turi sifatida qatnashadi. Obrazli xotira 
ijodiy xayol qilishda katta yordam beradi. Xayol voqelikni aks ettirish shakli sifatida quyidagicha 
ifodalanadi: kelajakni oldindan ko`ra oladi, ilgarigi ta`sirotlarni “jonlantiradi”. Xayol mehnat faoliyati 
orqali rivojlanadi. Xayolning fiziologik asosini miyaning murakkab analitik - sintetik faoliyati tashqil 
etadi. Xayol bilish jarayonini kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Inson bir narsani o`zgartirishdan oldin 
miyasida o`ylaydi. Xayol ijodiy jarayonning muhim qismi bo`lib, u taqi olamni idrokdan farq qilib, to`liq, 
chuqur aks ettiradi. Xayolning faoliyati shaxs yo`nalishiga, quyidagi bir qator axlokiy - psixologik 
sifatlarga bog`liq: vatanparvarlik, mas`uliyatni his qilish, insonparvarlik, qat`iyatlilik kabilar. 
Kishining butun ruxiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emotsional irodaviy holatlari bilan o`zviy 
bog`liq. Xayol idrok, xotira, tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonidir. Xayolning maxsusligi shundaki, u 
orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog`liqki, xayol ham tafakkur ham 
muammoli vaziyatlarda kelib chiqadi, shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar tushunchalar 
asosida ifodalanadi. Xayol faol va passiv, ijodiy bo`lishi mumkin. Orzu ijodiy xayol turi bo`lib, u 
kelajakni his qilish bilan bog`liq. Xayol jarayonidagi sintez quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi: 
- agglyutinatsiya - “elimlash” degan ma`noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz 
yaratiladi. Masalan: yalmog`iz kampir, suv parisi, kentavr, sfinks obrazlari kabilar
- giperbolizatsiya - obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish, shuningdek, alohida qismlarni 
o`zgartirishdir. Masalan, Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam paxlavon, no`xot polvon obrazlari kabilar. 
- sxemalashtirish - o`xshatish orqali ayrim tasavvurlarni, ular orasidagi farqlarni silliqlash; 
- tipiklashtirish - bir xil obrazlarni qaytarilishi bo`lib, har bir darv uchun tipik bo`lgan obrazlarni yaratish. 
Masalan, A. Qaxxor hikoyalari (“O`g`ri”, “Bemor”), A.Qodiriy (“O`tkan kunlar”) romani, T.Malikning 
(“SHaytanat”) asarlari kabilar
- aktsentirovka - ayrim belgilarni ta`kidlash orqali obrazlar yaratish. Masalan, o`rtoqlik hazillari. 
Aktsentirovka adabiyotda ko`p qo`llaniladi. 
Yuqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro`y beradi. 
CHunki, har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko`riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) 
qilish orqali yangi obraz hosil qilinadi. 
Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega: 
1. Xayol tasavvurlari ongda tez paydo bo`ladi va barqaror bo`ladi. 
2. Xotira tasavvurlari doim tanish narsadek his qilinadi, xayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish 
tuyg`ularini beradi. 
3. Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bo`lganligi sababli yangilikni his qilish tuyg`ulari 
oqibatida vujudga keladi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin