1 - mavzu: Psixologiyaning predmeti
Reja:
1. Psixologiya nimadan bahs etadi?
2. Psixologiya tarixi.
3. Psixikaning fiziologik mexanizmlari.
4. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchilik vazifalari.
5. Ong xossalari haqida tushuncha.
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Assotsiatsiya - psixik hodisalar o`rtasidagi aloqa bo`lib, u aniq qonunlar asosida shakllanadi.
Assotsiativ psixologiya – XVII - XIX asrlarda Angliyada vujudga kelgan yo`nalish bo`lib, assotsiatsiyani
asos qilib ish olib borgan.
Bixeviorizm - XX asr boshlarida AQSHda vujudga kelgan yo`nalish bo`lib,
asoschilari
D.Uotson va e.Torndayk.
Vyurtsburg maktabi - XX asr boshlarida nemis psixologlari tomonidan tuzilgan maktab. Ular tafakkurni
tadqiqot ob`ekti qilib olgan.
Asoschilari Byuler, Ax va boshqalar.
Geshtal’t psixologiya - nemischa “shakl” degan ma`noni bildiradi. Asoschilari Vertgeymer, V. Keler, K.
Koffka. SHakl-fenomen, idrok va murakkab psixik hodisalarni yaxlit holda o`rgangan.
Introspektiv psixologiya – introspektsiya (o`z - o`zini kuzatish) metodini psixologiyaning asosiy metodi
qilib olgan oqim.
Psixologiya - psixik faktlar va uning mexanizmlari haqidagi fan.
Psixika
- ruxiy jarayonlar, bilish
faoliyatlari, individual psixologik xususiyatlarni aks
ettiruvchi va boshqaruvchi xossa.
Parapsixologiya - idrok qilish shakllarini tadqiq qilgan soha bo`lib, u hozirgacha muammolidir.
Freydizm (psixoanaliz) - XX asrda paydo bo`lgan, asoschisi avstriyalik psixiatr Z.Freyd.
Predmeti
instinktiv mayllar. Ongning rolini inkor qiladi.
Funktsional psixologiya - psixika va shaxsni alohida psixik funktsiya sifatida o`rgangan yo`nalish.