5. Ong xossalari haqida tushuncha Ong psixikaninng eng yuksak darajasi bo`lib, u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy
sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida boshqa kishilar bilan doimiy
munosabatda bo`lishi natijasidir. Bu ma`noda ong mutafakkirlar ta`kidlab o`tganlaridek, ijtimoiy
mahsulotdir. Ongning birinchi xossasi, bu - ong anglash demakdir. Inson ongi tevarak - atrofdagi taqi
olamga doir bilimlar yig`indisidan iboratdir. Anglash taqi olamdagi narsalarni tushunish. Ong tarkibiga
muhim bilish jarayonlari kiradi. Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda ob`ekt bilan sub`ekt
o`rtasidagi aniq farq o`z ifodasini topadi, ya`ni odam “men” degan tushunchani “men emas”
tushunchadan farqini ajratadi. Odam o`zini bilish qobiliyatiga ega bo`lgan, ya`ni psixik faoliyatini, o`z -
o`zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir. Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan
odamning maqsadni ko`zlash faoliyati ta`minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ong vazifasiga kiradi.
Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab ko`riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi,
harakatlarni bajarish yo`llari hisobga olinadi. Ongning to`rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan
ongli ravishda turli his - tuyg`ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig`indisidir. Ongni
yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi - tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik bu
shunday psixik jarayonlar va holatlar yig`indisiki, unda inson o`z xatti -harakatlariga javob bermaydi,
anglamaydi. Bo`nga tush ko`rish, ba`zi patologik hodisalar, alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining o`ziga xos shakli bo`lib, psixik rivojlanishning
qonuniyat va mexanizmlarini o`rganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni
o`rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma`lum qonuniyatlarga bo`ysunadi. Psixologiya shunday
qonuniyatlarni ochishga, ularni tarkib topishi va rivojlanishini ochishga qaratilgandir. Ushbu
qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashqil etish, ta`lim - tarbiya jarayonini to`g`ri olib borishga
yordam beradi.