3. Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy - tadqiqot uslublari. Har bir fan taraqqiyotining asosiy sharoitlaridan biri uning ma`lum darajada mumkin qadar ob`ektiv,
aniq, ishonchli uslublar (metod) ga ega ekanligidir. Metod - uslubning ma`nosi biror narsaga borish yo`li
demakdir. Psixologiyada asosiy va yordamchi uslublar bor. Asosiy metodlarga kuzatish va eksperiment
(tajriba) uslublari kiradi.
KUZATISH metodi - ikki xil bo`lib, ob`ektiv (tashqi) va sub`ektiv (ichki) kuzatish turlari bor. Inson
ruxiyotidagi o`zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1.Kuzatishning maqsad, vazifasi
belgilanadi. 2. Kuzatiladigan ob`ekt tanlanadi. 3. Tadqiqot o`tkazish vaqti rejalashtiriladi. 4. Kuzatish
qancha davom etishi qat`iylashtiriladi. 5. Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o`qish, o`yin, mehnat,
sport) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi. 6. Kuzatishning shakli (yakka guruh, jamoa tayinlanadi). 7.
Kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik-suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon,
videomagnitofon) tayyorlab qo`yiladi. Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg`ulari,
asab tizimining tashqi ifodalari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq - atvori, nutq faoliyati kabilar o`rganiladi.
Ammo o`ta murakkab ichki kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql - zakovatni
tadqiq etishga bu metodning imkoni etmaydi. O`spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali
ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg`usining o`zgarish xususiyatlari, g`alabaga intilish, o`zini harakatini
idora qila olishi yuzasidan materiallar yig`ish mumkin. Tashqi kuzatishda ba`zan tafakkur bo`yicha ham
ma`lumotlar olish mumkin. Ish ustidagi kayfiyatni, chehradagi tashvish va iztirobni, sinchkovlik,
termulish kabi ruxiy holatlarni kuzatib tafakkurdagi o`zgarishni aniqlash mumkin. Bundan tashqari
qo`lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi ham insonning ruxiyatidagi o`zgarishlari bo`yicha
ma`lumot beradi. Psixologiyada o`z -o`zini kuzatish metodidan foydalaniladi. Ko`pincha moxir
o`qituvchi o`zini - o`zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara oladi.
2. Tajriba (eksperiment) usuli. Bu usul yordamida sun`iy tushunchalarni shakllanishi, nutqning o`sishi,
favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his - tuyg`ulari,
xarakteri va psixologik xususiyatlari aniqlanadi. Tajriba usuli tabiiy va laboratoriya usullariga bo`linadi.
Tabiiy usul psixologik - pedagogik masalalarni hal qilishda qo`llaniladi. Bu uslubning ilmiy asoslarini
1910 yilda A.F.Lazo`rskiy ta`riflagan. Bu usuldan ishlab chiqarish jamoalari a`zolarining, o`qituvchilar,
keksalarning psixologik o`zgarishlari, o`zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari va muammolarini aniqlashda
foydalaniladi. Asosiy usullardan tashqari yordamchi usullar ham bor. Jumladan, test, suhbat, so`rovnoma,
biografik usul, sotsiometrik usul va boshqalar.