Psixikaning asosiy vazifalarini “Venna diagrammasi” usuli yordamida quyidagicha ishlab chiqish
mumkin:
Aks
ettirish
boshqaruvchilik
Psixik (ruxiy) jarayonlar organizm
hayotida aks ettiruvchilik, signallik va boshqaruv funktsiyasini
bajaradi. Organizmning boshqaruv faoliyati
organizm xatti - harakatlariga, muhit o`zgarishlariga
muvofiqlashtirish va shu yo`l bilan organizmning muhitga to`g`ri, qulay moslashib olishiga imkon beradi.
I.M. Sechenov psixik faoliyatning ruxiy jihatdan boshqarilishi reflektor xarakterga ega ekanligi haqidagi
g`oyani ilgari suradi. Nazariy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo`lgan bu g`oyalarning to`g`riligini I.
P.Pavlov tajribada isbotladi. I.P.Pavlov oliy nerv faoliyati qonuniyatlarini kashf etdi. Uning ana shu
qonuniyatlari haqidagi barcha qarashlarini umumlashtirilgan holda ikki xil signal tizimi haqidagi ta`limot
deb atash mumkin. I.P. Pavlov hayvonlarda birinchi signal tizimini (ranglar, hidlar, obrazlar) insonlarda,
ikkinchi signal
tizimini signallar signali, ya`ni so`zlar tashqil qilishini aniqlagan.
Dostları ilə paylaş: