5. Faoliyatning individual uslubi va temperament Temperament xususiyatlarining o`ziga xos yig`indisi inson faoliyati munosabatlari va bilish
jarayonlarida faoliyatning individual uslubi sifatida namoyon bo`ladi. U faoliyatning temperament bilan
bog`liq dinamik tomonlarini ifodalaydi.
Faoliyatning individual uslubi faqat temperamentga ega emas, balki boshqa sabablarga shaxsiy tajriba
jarayonida hosil bo`lgan ko`nikma va malakalarga ham bog`liqdir. Faoliyatning individual uslubini inson
organizmini tug`ma xususiyatlari va asab tizimi tiplarining faoliyat sharoitlariga moslanishi deb qarash
mumkin. Bunday moslanish kam kuch sarflab ko`proq natijaga erishish imkonini berishi kerak.
Faoliyatning individual uslubining asosini asab tizimi xususiyatlari yig`indisi tashqil etadi. Faoliyatning
individual uslubiga kiruvchi 2 xil xususiyatlar mavjud:
1. Asab tizimi individual xususiyatlari nuqsonlarining o`rnini tuldiruvchi tajriba jarayonida shakllangan
xususiyatlar.
2. Insonda mavjud layoqat va qobiliyatlardan maksimal darajada foydalanish imkonini beruvchi
xususiyatlar.
6. Temperamentni tarbiyalash Temperament tiplarining kelib chiqishida irsiyatning roli katta. Masalan, gomozigot (1 tuxumdan )
rivojlangan va geterozigot (2 tuxumdan rivojlangan). egizaqlar temperamentlarini solishtirib bunga
ishonch hosil qilish mumkin. Temperamentning ayrim xususiyatlari hayot davomida ma`lum bir
o`zgarishga uchrashi mumkin. Lekin temperament tipi o`zgarmaydi. Temperament xususiyatlari ma`lum
bir yoshda birdaniga paydo bo`lmaydi. Ba`zan kichik bolalarda yosh xususiyatlari tufayli to`la darajada
namoyon bo`lmaydi. Ma`lum bir temperament tipining asosiy xususiyatlari birdaniga hammasi namoyon
bo`lmaydi, balki yoshga qarab sekin - asta asab tizimining voyaga etishi bilan bog`liq holda namoyon
bo`ladi. Bu jarayonni biz temperamentning voyaga etishi deb ataymiz. Umuman yaxshi va yomon
temperament tipi yo`q. Masalan, sangvinik o`zining hissiyligi va ishchanligi bilan ajralib turadi. Lekin
uning mayllari, diqqati beqarordir. Melanholik tez toliqadi, o`ziga ishonmaydi, lekin u noziq sezuvchi,
ehtiyotkor va xushyor odamdir. Agar xolerikning kuch - quvvati, ehtirosliligi munosib maqsadlarga
yo`naltirilgan bo`lsa, qimmatli fazilatlar bo`lishi mumkin, lekin etarlicha bo`lmagan muvozanatlik, hissiy
qo`zg`aluvchanlik, zarur tarbiya bo`lmaganda o`zini tuta olmaslikda, keskinlikda, doimo qizishib
ketishiga moyillikda ifodalanishi turgan gap. Flegmatikning vazminligi, sabr - toqatliligi,
shoshqaloqlikning yo`qligi, qimmatli xususiyatlardir. Lekin tarbiyaning noqulay sharoitlarida ular kishini
bo`shashtirib hayotining ko`pgina taassurotlariga befarq qilib qo`yadi. Shunday qilib, temperamentning
aynan bir xil boshlang`ich xususiyatlari ularning qanday - ijobiy va salbiy tomonga rivojlanishini
oldindan belgilab bermaydi. SHuning uchun tarbiyachining vazifasi bir temperamentni boshqasiga
o`zgartirishga o`rinib ko`rishdan iborat bo`lmasligi kerak, balki muntazam ish olib borish yo`li bilan har
bir temperamentning ijobiy tomonlari rivojlanishiga ko`maklashish va ayni paytda ushbu temperament
bilan bog`liq bo`lishi mumkin, salbiy jihatlardan holi bo`lishga yordam berishdan iboratdir.