1. Gipertim tip. Haddan tashqari aloqaga kirishuvchan, ko`p gapiradi, imo - ishora, mimikaga boy, suhbat
mavzusini burib yuborishga moyil, ko`pincha xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib
qo`yganligi sababli ziddiyatlar kelib chiqadi.
2. Distim tip. Kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist, ziddiyatlardan o`zini olib qochadi,
uyda yolg`iz qolishni yoqtiradi.
3. TSikloid tip. Kayfiyati tez o`zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda - gipertim, yomon paytda distim
tipga o`xshab qoladi.
4. Qo`zg`aluvchan tip. Muloqotda passiv, verbal va noverbal reaktsiyalari sust, qaysar, ba`zan urushqoq,
ko`pincha turli mojarolarning tashabbuskori.
5. Kuchaytiruvchi tip. Kamgap, aql o`rgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga erishishni xohlaydi, tez xafa
bo`ladi, shubhalanuvchan, qasoskor. Kichik-kichik muammolarni kattalashtirishga, bo`rttirishga moyil.
6. Pedant tip. Ziddiyatlarga kam qo`shiladi, ko`pincha passiv holatda bo`ladi, atrofdagilarga ko`plab
rasmiy talablar qo`yadi, tartibli, jiddiy, ishonchli xodim.
7. Xavotirli tip. Kamgap, odamovi, o`ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o`zini olib qochadi, tinchliksevar,
o`z - o`zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.
8. Eemotiv tip. Tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradi, xafa bo`lsa tashqaridan
sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, g`amxo`r, mas`uliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan
quvonadi.
9. Namoyishkorona (demonstrativ) tip. Muloqotga tez kirishadi, etakchilikka intiladi, hoqimiyat va
maqtovni yoqtiradi, boshqalarni o`ziga jalb qila oladi, noyob tafakkurga, xulq - atvorga ega.
10. Ekzaltirovanlashgan tip. O`ta muloqotga kirishuvchan, ko`p gapiradi, qiziquvchan, do`stlari va
yakinlariga e`tiborli, boshqalarga yordam beradi, did- farosatli, samimiy.
11. Ekstrovertirovanlashgan tip. Muloqotga kirishuvchan, do`stlari ko`p, ziddiyatlardan o`zini olib
qochadi, boshqalarni diqqat bilan eshitishi mumkin. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.
12. Introvertirovanlashgan tip. Muloqotga kirishishga qiynaladi, “ichimdagini top”, falsafiy fikr yuritishni
yoqtiradi, qat`iyatli, e`tiqodi mustahkam, qaysar, tafakkuri qotib qolgan.
To`g`ri tashqil etilgan ta`lim - tarbiya jarayonida xarakter aktsentuatsiyasini tarbiyalash va tuzatish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: