6
Bankka qaytarilgan
chek va akkreditivlar
bo‘yicha summalar hisob-kitob schyotiga
o‘tkazildi
5110
5510, 5520
7
Ilgari qisqa muddatli investitsiya tartibida
berilgan qarzlarning qaytarilishi
5110
5830
8
Ilgari berilgan bo‘nak qaytarildi
5110
4310-4390
9
Qondirilgan da’volar summasining kelib tushishi
5110
4860
10 Olingan bo‘naklar summasi
5110
6310-6390
11
Ilgari aksiyaga obuna bo‘lgan ta’sischilardan
ulush summasining kelib tushishi
5110
4610
12
Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan
aksiyalardan emission daromadning kelib tushishi
5110
8410
13
Bankdan kassaga pul mablag‘lari kelib tushdi
(mehnat haqi, nafaqa, mukofot va shu kabilarni
berish uchun)
5010
5110
14 Xususiy aksiyalarning sotib olinishi
8610, 8620
5110
15
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi
qarzlarning qoplanishi
6010
5110
16 Berilgan bo‘naklar summasi
4310-4330
5110
17 Ilgari olingan bo‘naklarni qaytarilishi
6300, 7310
5110
18
Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha
qarz summasining
o‘tkazilishi
6410
5110
19
Sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga
to‘lovlar bo‘yicha qarzlarning qoplanishi
6510-6530
5110
20
Ta’sischilarga
hisoblangan
dividendning
to‘lanishi
6610
5110
21
Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlariga
bo‘lgan
qarz
summasining
qoplanishi
6110, 6120
5110
22 Qisqa muddatli kredit va qarzlarning qoplanishi
6810-6840
5110
23
Uzoq muddatli kredit va qarzlarning joriy
qismining qoplanishi
6950
5110
24
Hisoblangan
foizlar
bo‘yicha
qarzlarning
qoplanishi
6920
5110
25
Ijaraga beruvchiga tegishli bo‘lgan to‘lovlar
to‘landi
6910, 6950
5110
Yuridik shaxs, ya’ni mustaqil balansga, Nizom va Ustaviga ega bo‘lgan sub’ektlar
banklarda o‘zlarning hisoblashish schyotini (5110 – «Hisoblashish schyoti) ochish
huquqiga egadirlar.
Chunki vaqtincha foydalanishdan chetga chiqarilgan pul mablag‘larini saqlash va
ularning tizimli va doimiy nazoratni kuchaytirish lozim. Bank yoki boshqa moliyaviy
tashkilotlarning schyotlarini qo‘llash pul mablag‘larini ustidan nazoratlarni o‘rnatishning
muhim usulidir.
Vaholanki, banklarning schyotidan foydalanish bir nechta ustunliklarni
ruyobga chiqaradi:
- Pul mablag‘lari banklarda maxsus jihozlangan xonalarda saqlanadi, ya’ni jismoniy
himoyalangan bo‘ladi;
- Pul mablag‘lari bo‘yicha alohida hisob bank tomonidan yuritiladi;
- Pul mablag‘larini boshqarish jarayonida o‘g‘irlik va tavakkalchilikning darajasini
kamaytiradi;
- Mijozlar bilan hisoblashish muomalalarini naqd pulsiz shaklida to‘lovlar va
oluvlarni bevosita bankdagi ushbu schyot orqali amalga oshirish mumkin;
- Pul emissiyasining darajasini, pirovard natijada uning sarfini kamaytirish
imkoniyatiga ega bo‘linadi, chunki naqd pul qancha muomalada bo‘lsa shuncha ko‘p
jismoniy eskiradi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisoblashish schyoti ochayotganda, bankka quyidagi
hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- Hisoblashish schyotini ochish to‘g‘risidagi ariza;
- Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma;
- Ustav va ta’sis shartnomasining notarial idora tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
- Notarial idora tomonidan tasdiqlangan imzolar va muhr belgilari tushirilgan ikki
dona kartochka (1-imzo sub’ektning rahbariniki, 2-imzo bosh buxgalterniki);
- Soliq nazortida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Hisoblashish schyotini ochish jarayonida sub’ekt bank
bilan shartnoma tuzadi va
yuridik shaxsning hisoblashishi schyotiga № beriladi.
Qo‘shma korxonalar esa yuqorida qayd qilingan hujjatlardan tashqari bankka
investitsiya loyihasini tasdiqlovchi davlat qaydnomasining nusxasini ham topshirishi
lozim.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, yirik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zlarining
hohishiga ko‘ra hisoblashishi schyotini ochgandan keyin boshqa manzillarda (sub’ekt
joylashgan manzildan tashqarida) joylashgan bo‘limlari, filiallari, yirik dukonlari va
boshqa bo‘linmalari uchun joriy schyotlr ochish huquqiga egadirlar. Bo‘lim, filial va
dukonlar o‘zlarining ushbu joriy schyotlari orqali asosiy hisoblashish schyotidan mablag‘
o‘tkazib
xodimlariga mehnat haqi, mukofot va nafaqalar berish, xizmat safarlarining
sarflarini qoplash, xodimlarning omonatlariga o‘tkazish, mehnat haqidan ushlagan
summalarni soliq organlari va pensiya jamg‘armalariga o‘tkazish, ishlab chiqarish uchun
boshqa tezkor va zaruriy muomalalarni va boshqa xo‘jalik muomalalarini amalga
oshiradilar.
Bankda hisoblashish schyotini ochgandan keyin sub’ektlar doimiy ro‘yxatdan
o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma olish uchun qayd qilingan Ustav kapitalining 30% ini
bankka qo‘yilganligi to‘g‘risida tegishli bankdan tasdiqnoma (spravka) olishi lozim. Bank
ushbu Ustav kapitalini 30%ini hisoblashish schyotiga o‘tkazgandan keyingina sub’ektga
ushbu tasdiqnoma (spravka) ni berish huquqiga ega.
Hisoblashish schyotida sub’ektning vaqtincha pul mablag‘lari, mahsulotni sotish,
ishni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatishdan
olingan daromadlar, olingan uzoq va qisqa
muddatli kredit va qarzlar hisobiga olinadi va hisoblashishning asosiy qismi amalga
oshiriladi:
- Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashish;
- To‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisoblashish;
- Ijtimoiy muhofaza tashkilotlari va davlat sug‘urta idoralari bilan hisoblashish;
- Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisoblashish;
- Mehnat haqi, moddiy yordam, mukofot, nafaqa va shunga o‘xshash yo‘nalishdagi
to‘lovlar uchun naqd pullarni kassaga olish.
Bu mablag‘larni o‘tkazish yoki naqd olish sub’ekt rahbarining topshirigi va roziligi
bilangina amalga oshiriladi. Ayrim hollarda (qonunga muvofiq) bank sub’ektning
roziligisiz quyidagi majburiyatlarga tegishli mablag‘larni hisoblashishga (inkasso
tartibida) o‘tkazishi mumkin:
- To‘lov muddati kelgan byudjetga bo‘lgan qarzlar;
- Mahalliy va xo‘jalik sudlarining ijro varaqlariga asosan;
- Kreditdan foydalanish foizi, muddati o‘tgan kredit summasi va bank xizmati
summasi.
Qolgan barcha muomalalar sub’ekt rahbariyatining roziligi bilan tasdiqlangan grafik
asosida amalga oshiriladi, ya’ni bankka pul mablag‘ining kelib
tushishi va schyolarni
to‘lovga qabul qilish vaqti inobatga olinadi.
Davlat korxonalari, aksionerlik jamiyatlari, kishlok xo‘jalik uyushmalari (shirkatlar),
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, uyushmalar, birlashmalar, konsernlar, korporatsiyalar,
qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqa korxonalar tomonidan talab qilib
olgunicha depozit schyotlarini ochish uchun zikr qilingan hujjatlarga qo‘shimcha qilib
bankka yuqorida keltirilgan yo‘riqnomaga binoan yana boshqa hujjatlar topshiradilar.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng bank xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma
imzolanadi va bank boshqaruvchisining bo‘yrug‘i bilan korxonaga tegishli hisob-kitob
schyoti nomeri belgilanadi va bankning buxgalteriya apparati tomonidan pul mablag‘lari
harakatini hisobga olish uchun shaxsiy schyot ochiladi. Boshqa shahar yoki axoli
punktlarida joylashgan xo‘jalik hisobida bo‘lmagan filiallar, magazinlar, ishlab chiqarish
birligi va boshqa bo‘linmalarga mahalliy bank muassasasida cheklangan muomalalarni aks
ettirish uchun joriy schyot ochiladi. Bu cheklanish asosiy
hisob-kitob schyotini idora
qiluvchi bosh korxona (tashkilot) tomonidan belgilanadi.
Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit (hisob-kitob) schyotida yetarli
darajada pul mablag‘lari bo‘lsa, pul o‘tkazib berish uning bo‘yrug‘i yoki boshqa to‘lov
hujjatlari bilan amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit (hisob-kitob) schyotida pul
mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998
yil 12 fevralda ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank
schyotlaridan pul mablag‘larini chiqarish tartibi to‘g‘risida» gi yo‘riqnomaga binoan
birinchi navbatda byudjetga, pensiya fondiga va ish haqiga to‘lashni nazarda tutuvchi
hujjatlar bo‘yicha mutanosib to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: