1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Mavzu rejasi


 Bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘larni hisobga olish



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#167931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Mavzu rejasi

9. Bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘larni hisobga olish 
Bank kreditlari korxonalarning qarzga oladigan mablag‘larining muhim manbai 
bo‘lib hisoblanadi. Korxonalarning banklar bilan olib boriladigan kredit - hisoblashish 
munosabatlari ixtiyoriy asosda bo‘lib, ikkala tomonlarning manfaatdorligi asosida tuziladi. 
Kreditlar xo‘jalik hisobida turgan, mustaqil balansi va o‘z aylanma mablag‘lariga ega 
bo‘lgan korxonalarga, odatda, yiriklashtirilgan kredit ob’ektlari uchun beriladi. 
Bank kreditlar quyidagi tamoyillarga qat’iy amal qilib boradi: 

kreditni qaytarib berish,

muddatlilik,

maqsadlilik,

to‘lovlik

ta’minlanganlik tamoyillari.
Bank kreditlarini olish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar hisobi 6810-«Qisqa 
muddatli bank kreditlari» va 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida aks 
ettiriladi. Bu schyotlar passiv bo‘lib, ularning qoldiqlari hisobot davri boshiga 
qaytarilmagan qarzlar summasini ko‘rsatadi, debet oboroti - kreditni qaytarilishini, kredit 
oboroti esa olingan kredit summasini aks ettiradi. 
Kredit olinganda, 
Dt 5010, 5110, 5210, 5510, 6010-schyotlari,
Kt 6810 va 7810- schyotlari.
6810 va 7810-schyotlarning debetida kreditlarni qisman yoki to‘liq qaytarilishi aks 
ettirilib 5110, 5210 va 5510-schyotlar bilan korrespondentlanadi. 
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan qisqa muddatli va uzoq muddatli 
kreditdan foydalanganligi uchun to‘lanadigan foiz summasi moliyaviy faoliyat bo‘yicha 
xarajatga o‘tkaziladi.
Demak kreditdan foydalanganligi uchun hisoblangan foiz summasiga, 
Dt 9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyoti,


Kt 6920-«Hisoblangan foizlar» schyoti. 
Foiz summasi bank muassasalariga o‘tkazib berilganda
Dt 6920-«Hisoblangan foizlar» schyoti,
Kt 5110-«Hisob - kitob» schyoti. 
Bank kreditlarining analitik hisobi kredit turlari va kredit bergan banklar va alohida 
muddatida qaytarilmagan kreditlar bo‘yicha yuritiladi. Bank kreditlarining hisobi 4- jurnal 
- orderda olib boriladi. 
Korxonalarda ishchi va xizmatchilarga yakka uy - joy qurish, dalabog‘ uylarini 
qurish, ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha savdo tashkilotlari 
bilan hisob - kitob qilish uchun banklardan kredit olish keng rivojlanmoqda. Bu 
operatsiyalar bo‘yicha xodimlar bilan olib boriladigan hisob - kitoblar 4710-«Kreditga 
sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» va 4720-«Berilgan qarzlar bo‘yicha 
xodimlarning qarzi» schyotlarida yuritiladi. Bu schyotlar aktiv bo‘lib, debetida xodimlarga 
berilgan qarzlar, kreditida ushbu qarzlarning qaytarilishi aks ettiriladi. Bu operatsiyalar 
quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi: 
Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha topshiriq - majburiyatni to‘lash uchun bankdan 
kredit olindi,
Dt 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi»,
Kt 6810 yoki 7810-schyoti. 
Ishchi va xizmatchilar kreditga olingan tovarlar bo‘yicha o‘z qarzlarini qaytarganda,
Dt 5010 yoki 6710,
Kt 4710-schyoti. 
Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha banklardan olingan qarz aytarilganda,
Dt 6810 yoki 7810,
Kt 5110-«Hisob - kitob schyoti» schyoti. 
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi, dalabog‘ qurilishi uchun banklardan kredit 
olinganda,
Dt 5010 yoki 5110,
Kt 6810 yoki 7810-schyoti. 
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi va dalabog‘ uylarini qurish uchun kredit 
berilganda,
Dt 4720-«Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi»,
Kt 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» yoki 5110-«Hisob-kitob schyoti» 
schyotlari. Ushbu qarzlar qaytarilganda,
Dt 5010 yoki 6710,
Kt 4720-schyot.
Bankdan olingan qarz to‘langanda, Dt 6810 yoki 7810, Kt 5110-schyot. 
Yuqorida aytib o‘tilgan kreditlardan tashqari, ishchi va xizmatchilarga foizsiz 
kreditlar ham berilishi mumkin. Bu kreditlar qurilish, kapital ta’mirlash, uy-joylarini 
kengaytirish uy-ro‘zg‘orlari bilan ta’minlanish uchun korxonaning bo‘sh mablag‘lari 
hisobidan beriladi. Bunday kreditlar berilganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi 
rasmiylashtiriladi:
Dt 4790-«Xodimlarning boshqa qarzi»,
Kt 5010 yoki 5110-schyot. Ushbu kreditlar qaytarilganda aksincha rasmiylashtiriladi. 
Korxonalar boshqa korxona va tashkilotlardan qarz olishi mumkin. Qaytarish 
muddatiga qarab bu kreditlar qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (bir 
yildan ortiq muddatga) bo‘lishi mumkin. Korxonaning qarz beruvchilar bilan bo‘ladigan 


hisob-kitob operatsiyalari 6820-«Qisqa muddatli qarzlar» va 7820-«Uzoq muddatli 
qarzlar» schyotlarida hisobga olinadi. 
Bu schyotlar passiv bo‘lib, mamlakat ichidagi va xorijdagi qarz beruvchilardan davlat 
va xorijiy valyutalarda olingan kreditlar va boshqa jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha hisob-
kitoblar holati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
Bunday qarzlar olingan vaqtda
Dt 5110, 5210 – schyotlar, 
Kt 6820 va 7820-schyotlari. Bunday qarzlar qaytarilganda aksincha provodkalar 
beriladi. Korxona tomonidan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar, xususan 
aksiyalar, obligatsiyalar chiqarib sotish yo‘li bilan chetdan mablag‘lar jalb qilish, 
shuningdek berilgan veksellar bo‘yicha qarzlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar 6830-
«To‘lanadigan obligatsiyalar», 6840-«To‘lanadigan veksellar», 7830-«To‘lanadigan 
obligatsiyalar» va 7840- «To‘lanadigan veksellar» schyotlarida hisobga olinadi. 
Bu schyotlar passiv bo‘lib qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotilsa yoki 
veksellar berilsa,
Dt Pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar, 
Kt 6830 yoki 6840- schyotlar.
Qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar summasiga 
Dt 9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyoti, 
Kt 6920-«Hisoblangan foizlar» schyoti. 
Ushbu foizlar to‘lansa
Dt 6920- schyoti, 
Kt 5010, 5110- schyotlari. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin