Korxonaning turli kreditorlardan bo‘lgan qarzlari tarkibiga:
moliyalanadigan va operativ lizinglari bo‘yicha to‘lanadigan summalar,
to‘lanadigan foizlar,
royalti va gonorarlar bo‘yicha qarzlar,
da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar,
hisobdor shaxslardan bo‘lgan qarzlar
boshqa majburiyatlar kiradi.
Bunday operatsiyalarning hisobi 6900–«Turli kreditorlarga bo‘lgan
majburiyatlarni
hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (6910, 6920, 6930, 6940, 6950,
6960, 6970 va 6990) schyotlarda aks ettiriladi.
4000, 4100, 4300, 4610, 4800, 6100, 6300, 6500, 6600, va 6900-schyotlar bo‘yicha
analitik hisob 7-qaydnomada yuritiladi. Boshqa schyotlar bo‘yicha ham shu shaklda 7-
qaydnoma yuritiladi. Oy oxirida analitik hisob qaydnomai bo‘yicha jami chiqarilib keyingi
oy boshiga qoldiq yoziladi.
Kredit oborotlari korrespondentlanuvchi schyotlar doirasida 7-qaydnomadan 4000,
4100, 4300, 4700, 4800, 6100, 6400, 6900 va boshqa schyotlarning krediti bo‘yicha 8 –
jurnal-orderga yozib qo‘yiladi.
4100, 4700 schyotlar bo‘yicha yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda ko‘rsatiladi, 4800,
6900 – schyotlar bo‘yicha bir oyligi jamlab yoziladi. 4100, 6100, 6400 – schyotlar bo‘yicha
sintetik va analitik hisob birga ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: