1-mavzu. Pul nazarisining asosiy tushunchalari. Pulning funktsiyalari va turlari


Naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 53,56 Kb.
səhifə16/20
tarix02.06.2023
ölçüsü53,56 Kb.
#123281
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1-мавзу лат (3)

Naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish istiqbollari.
Iqtisodiy kontragentlar o'rtasidagi hisob-kitoblarning pul mablag'larini o'tkazishning naqd pulsiz tizimlari yordamida amalga oshirilishi bir qator yorqin afzalliklarga ega bo'lib, ulardan biri ushbu operatsiyani pul mablag'larini tashishga ortiqcha xarajatlar sarflamasdan ancha tez o'tkazishdan iborat. Dinamik rivojlanayotgan bozor naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish sifatini oshirishni va bunday operatsiyani o'tkazish tezligini pasaytirishni talab qiladi. Nafaqat yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatuvchi va shu tariqa bevosita tadbirkorlik bilan bog'liq bo'lgan banklar, shu bilan birga jismoniy shaxslar o'rtasida pul mablag'larining naqd pulsiz o'tkazilishini amalga oshiruvchi bank tashkilotlari ham bunday ehtiyojlarni tobora ko'proq hisobga olishi kerak bo'lmoqda.
Mamlakatimizdagi bunday ehtiyoj o'z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etmasdan yurituvchi tadbirkor sifatida ish olib borayotgan tadbirkorlar sonining o'sayotganligi va o'zining pul mablag'larini nafaqat saqlash, shu bilan birga pul mablag'larini o'tkazish jarayonlarini faollashtirayotgan aholining daromadlari darajasining oshayotganligi bilan bog'liqdir. Bundan tashqari, chegaralarning ochilishi iqtisodiy sub'ektlarning butun dunyo bo'ylab faol ko'chib yurishiga sabab bo'ladiki, bu chet ellardagi banklar bilan vakillik munosabatlarini yo'lga qo'yish zaruratini keltirib chiqaradi.
Natijada naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimida ikkita printsipial muhim vazifa shakllanadi:
1) naqd pulsiz operatsiyalarni o'tkazish muddatlari hajmining kamayishi;
2) potentsial sheriklar sonining ko'payishi.
Bunday vazifalar asosan zamonaviy texnika yutuqlarini qo'llanib hal etiladi, ixtisoslashgan va hamma foydalanishi mumkin bo'lgan elektron aloqa tizimlari ana shunday yutuqlarga kiradi.
Turli xildagi aloqa tizimlari vujudga kelmoqda va faol ishlamoqdaki, ular axborotlarni shunchaki uzatib qolmasdan, bunday axborotlarni barcha zarur himoya vositalari bilan birgalikda yetkazishga imkon beradi. 1963 yildan beri SWIFT (SWIFT-Sosiety for World-Wide Interbank Financial Telecommunications) hisob-kitob tizimi amal qiladi.
Bu tizim butunjahon banklararo tizimi bo'lib, unda banklar o'rtasidagi moliyaviy operatsiyalar nisbatan xavfsiz amalga oshirilishi mumkin.
Shuni hisobga olish kerakki, bu tizimdan tashqari hozirgi vaqtda ko'pgina bank operatsiyalari bevosita Internet tarmog'ida bajarilishi mumkin.
Internetda bitimlarni amalga oshirishdagi minus jihatlardan biri undan hammaning ham foydalanishi mumkinligi va tijoratchilik siriga rioya qilinadigan qandaydir maxfiy fayllarni o'rnatib bo'lmasligidir.
Shundan kelib chiqib, Internet global tarmog'i vositasida bitimlarning tuzilishini o'tkazishda tegishli axborotning kodlashtirilishi tijoratchilik sirini himoyalashning eng istiqbolli usuli bo'ladi.
Bunday usul aloqa kanali har qanday darajada ochiq bo'lganida ham har qanday hajmdagi axborotlarni shifrlashtirish va ularni o'z sherigiga yetkazishga imkon beradi.

Yüklə 53,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin